3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc


 Tajribada qo’llanilgan kuzgi arpa yetishtirish texnologiyasi


Download 410.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/49
Sana08.01.2022
Hajmi410.25 Kb.
#249240
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri

2.5. Tajribada qo’llanilgan kuzgi arpa yetishtirish texnologiyasi 

 

Kuzda paxta hosili bir marta terib olingandan keyin g’o’za qator oralari 700 



m

3

/ga  me’yorida  sug’orildi.  Yer  yetilishi  bilan  KRN-4,2  kultivatori  bilan  g’o’za 



qator  oralari  14-16  sm  chuqurlikda  ishlandi.  Paxta  hosilini  terishdan  oldin  g’o’za 

barglarini  to’kish  uchun  gektariga 10 kg  me’yorida  xlorit  magniy pereparati 300  l 

suvga aralashtirilib OVX-28 agregati yordamida purkaldi. 

G’o’za  qator  oralarini  kultivasiya  qilishdan  oldin  gektariga  ta’sir  qiluvchi 

modda  hosobida  92  kg  fosfor  60  kg  kaliyli  o’g’itlar  NRU-0,5  o’g’itlagichlari 

yordamida  sepildi.  Azotli  o’g’itlarni  22  kg  ammofos  bilan  birgalikda  ekishdan 

tuproqni  ishlashdan  oldin  berildi.  Azotli  o’g’itlarning  qolgan  qismi  erta  bahorda 

tuplanish  fazasida  80  kg/ga,  naychalash  fazasining  boshlanishida  78  kg/ga 

oziqlantirishlar sifatida berildi. 

Ekish  qayta  jihozlangan,  ekishga  moslashtirilgan  KRN-4,2  kultivatorlarida 

o’tkazildi. 

Ekish  uchun  Panoktin  preparati  bilan  2  kg/t  hisobida  zamburug’  va  boshqa 

kasalliklarga  qarshi  ishlangan  1-  avlod  urug’lardan  foydalanildi.  Urug’lar 

ekilgandan  keyin  g’o’za  qator  oralari  yana  kultivasiya  qilinib  bir  yo’la  jo’yaklar 

olindi, urug’larni tuproqqa ko’milishi ta’minlandi. Ekishdan keyin darhol gektariga 

750 m


3

/ga me’yorda sug’orish o’tkazildi. 

Erta  bahorda  mart  oyining  ikkinchi  o’n  kunligida  begona  o’tlarga  qarshi 

Granstar  gerbisidi  gektariga  15  g/ga  me’yorida,  OVX-28  agregati  yordamida 

purkaldi. 

Tajriba o’tkazilgan paykallarda tuproqdagi namlik kuzgi arpa o’suv davrida 

cheklangan dala nam sig’imining (ChDNS) 70 % kam bo’lmagan holda ushlandi. 

Bahorda  tuplanish  fazasida  kuzgi  arpa  gektariga  0,5  kg/ga  me’yorda 

Follikyur  fungisidi  bilan  un  shudring  va  boshqa  zamburug’  kasalliklarini  oldini 

olish maqsadida qo’llanildi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

40


Download 410.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling