Shipshitmoq, ogohlantirmoq, eslatmoq22.
Bu fe‟llarning bildirgan ma‟nosining kuchliliga qarab darajalanish qatoriga joylashtirdik. Ularning darajalanish qatorini asoslab berish uchun ular bildirgan ma‟noni izohini izohli lug’atdan keltirdik.
Shipshitmoq-birovlarga bildirmasdan biror xabar yoki ma‟lumot bermoq, bildirib qo’ymoq.ogohlantirmoq- xabardor qilmoq, xabar bermoq. Eslatmoq- eslatib yodiga solib qo’yish.
Bu haqiga og’iz ochmasligimni shipshib qo’ydi. Umuman gapirmasligi haqida ogohlantirdi.
Nazira menga bu haqida eslatdi.
Shang’illamoq, qichqirmoq, hayqirmoq, arillamoq, chinqirmoq. Kampir bolani odobsizlikda ayblab shang’illadi.
Meni ko’rib uzoqdan hayqirdi. Bola alamidan arilladi,
Na muncha hangraysan?
Ovozi boricha axmoq deya chinqirdi. Ming’irlamoq, g’ulduramoq, to’ng’illmoq.
Bu fe’llarni darajalanish qatoriga joylashtirishda salbiy bo’yoqdorlik oshib borishiga ahamiyat qaratdik. Buni asosini quyida berilgan misollarda ham ko’rishimiz mumkin.
Ko’p hamma narsadan norozilik qilib ming’irlayverma. U gapini yo’qotib qo’yib, g’uldurabqoldi.
Mendan xafa bo’lgancha to’ng’illab ketdi.
Vaysamoq, javramoq, sayramoq. Bu fe’llar ham salbiy bo’yoqning oshishiga qarab darajalanish qatoriga joylashtirdik. Vay samoq fe’lining ma’nosi izohli lug’atda bemani gap qilmoq deganni bildiradi, javramoq fe’li hadeb gapiravermoq, zerikadigan darajada ko’p gapirmoq ma’nosini bersa, sayramoq ko’chma ma‟noda kelganda bu fe‟llardan ancha kuchli salbiy bo’yoq ifodalaydi. Shunga ko’ra bu darajalanish qatorio’rinli.
Nima buncha vaysading? Kampir o’gli orqasidan javrab qoldi.
Farrux qizlarni ko’rganda sayrab ketardi.
Valdiramoq, vaqillamoq, valaqlamoq. Bu darajalanish qatori ham salbiy bo’yoqning oshib borishiga qarab darajalanish qatoriga joylashtirdik. Bu fe’llar bildiradigan umumiy ma’no o’rinsiz gapirmoq bo’lsa, salbiy bo’yoq oshib bormoqda.
Uning ma‟ni nema‟ni valdiraydigan odati bor edi Kampirga o’xshab vaqilladingda.
Juda valaqlaydigan bo’libsanda.
Do'stlaringiz bilan baham: |