3. Auditorlik standartlari tarkibi
Download 35.76 Kb.
|
Audit standartlari
AUDIT STANDARTLARI Reja: 1. Auditning professional standartlari tavsifi 2. Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar 3. Auditorlik standartlari tarkibiAuditning professional standartlari tavsifi Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi (IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida mijozning moliyaviy hisobotlari bo`yicha ichki nazoratini baholaydi. Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki (barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha sub`ektlarga ham qo`llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini aniqlashtirib olishi shart. 2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi: - Standartning kirish izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi. - Mavzuga doir talablardan maqsad belgilanadi. - Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning ta'riflari - Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun talablarni aniqlasitirish. Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi. - Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi. ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi. IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir. IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. Shunga ko'ra, 2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. Xalqaro standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi: Kirish auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Maqsad - auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi. Amaldagi jumlalar ta`riflari kiritilgan. Har bir maqsad uchun talablar taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi . Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi. PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas. Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan. 1-jadval AQSH va xalqaro Auditorlik standartlarini solishtirish IAASB PCAOB AICPA Nufuzli manba Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi va ushbu standartlar amal qiluvchi mamlakatlar tomonidan AQSh Kongressining 2002 yil Sarbanes- Oxley qonuni Tarixiy, o'z-o'zini tartibga soladigan kasb sifatida Muhim atamalar Auditning xalqaro standartlari (ISA) Audit standartlari (AS) va muvaqqat standartlari (AU) Audit standartlari bo`yicha Hisobot (AU-C) Standartlarning qo`llanilish doirasi Auditning xalqaro standartlari talab qilinadigan mamlakatlarda va jumladan Evropa va rivojlanayotgan mamlakatlarda AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari auditida AQSH aktsiyanerlik bo’lmagan kompaniyalari auditida Audit standartlarning uyg’unlashuvi Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi Joriy vaqtda xalqaro uyg’unlashuvga talab yo’q Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi Download 35.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling