3. Avtomobil yo‘llarini himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish. Avtomobil yo‘llarini me’moriy landshaft dizayni va manzarali ko‘kalamzorlashtirish
Download 1.74 Mb.
|
7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bekman mo‘ylovdori - Dokthurovia beachmatrijank
- Ildizxo‘r (kornejil) - Hilastes substriatus strohm.
Qirrali bronzali zlatka - Chrysobotris chrysostigma L. Ninabargli daraxtlarning asosiy zararkunandasi hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida Tyan-Shan qoraqarag’ayining zararkunandasidir.
Qo‘ng’izlari kuchsizlangan va qor ta’sirida qishlaydigan daraxtlar tanasida hamda yangi kesilgan to‘nkalarda ko‘proq uchraydi. Yosh lichinkalari po‘stloq ostida oziqlanadi, katta bo‘lgandan keyin yog’och ichkarisiga kirib g’umbakka aylanadi. Qo‘ng’izlar iyun - iyul oylarida paydo bo‘lib uchadi. Shu zlatkalarda qo‘ng’izlarni ayrim o‘t o‘simliklarning gullarida uchratish mumkin, ular bu erda qo‘shimcha oziqlanishadi. Bekman mo‘ylovdori - Dokthurovia beachmatrijank. Kuchsizlangan qarag’ay daraxtzorlarida uchraydi, po‘stlog’ining qalin qismini zararlaydi. Ayrim paytda Semireche yog’och qurti bilan birgalikda uchraydi. Yiqilgan va qurigan daraxtlar tanasining ostki qismida joylashadi, chunki ular namlikni yaxshi ko‘rishadi. Bekman mo‘ylovdorining generastiyasi ikki yillik. Dengiz satxidan 1200 metr balandlikgacha bo‘lgan pastki mintaqada qo‘ng’izlarni uchishi mayning ikkinchi yarmidan boshlab, butun iyul oyi buyicha davom etadi. Dengiz satxidan 2000-2500 metr balandliklarda iyulning uchinchi o‘n kunligidan boshlab sentyabrgacha davom etadi. Urg’ochi qo‘ng’izlar tuxumlarini qarag’ay po‘stlog’ining ostiga qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar pustloq ostiga kirib birinchi yilda lub bilan oziqlanib, 89 po‘stloq ostidagi yupqa yog’och qismiga teginmaydi. Lichinka davrida qishlaydi. Hayotining ikkinchi yilida lichinkalar yog’ochni chuqur kemirib, ayrim hollarda daraxt tanasining o‘zagigacha etib boradi. Daraxt tanasini kemirib, uzunligi 80 - 100 sm bo‘lgan keng yo‘llar hosil qiladi va yog’ochga putur etkazadi. Daraxt tanasi ichini kemirib bo‘lgandan keyin, lichinkalar tashqariga chiqishga harakat qiladi za po‘stloq ostidagi yupqa yog’och qismiga 2-3 sm qolganda g’umbakka aylanadi. Ildizxo‘r (kornejil) - Hilastes substriatus strohm. Ildizxo‘rning asosiy ozuqa manbai karag’ay turlari hisoblanadi. Qo‘ng’izlar asosan, daraxtlarning ostki qismlarida, to‘kilgan ninabarglar va moxlar bilan qoplangan ildiz bo‘g’inlarida, namli joylarda uchraydi. Yiqilgan yoki egilib o‘sayotgan daraxtlar tanasining ostki erga yaqin qismlariga joylashgan. Hasharotlar asosan, kuchsizlangan daraxtlarga yopiriladi va boshqa zararkunandalar bilan birgalikda hayot kechiradi. Qo‘ng’izlarining uchishi may oyidan boshlab avgustgacha davom etadi. Urg’ochi qo‘ng’izlar tuxum qo‘yish paytida daraxtlar va to‘nkalarning po‘stlog’i ostidagi yog’ochlarni kemirib o‘zlariga pastdan yuqoriga qarab yo‘l ochadi. Bu yo‘llarning uzunligi 4-6 ayrim hollarda 9 sm gacha etadi. Yo‘llarni ikki tomonida esa tuxum qo‘yadigan maxsus joylar yasaladi. Lichinkalarning yo‘llari egri-bugri bo‘lib daraxtlarning lub qismi ostida joylashgan ya’ni yog’och qismining ustki tomonida bo‘ladi. Ildizxo‘rning generastiyasi bir yillik, qo‘ng’izlari va lichinkalari qishlashadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling