3. Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq, yopilgan, va gazakli taomlar


Download 350.57 Kb.
bet13/14
Sana25.06.2023
Hajmi350.57 Kb.
#1654909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Baliqli taomlar

Qovurilgan baliq marinad ostida. Bu taomni tayyorlash uchun turU baUqlar ishlatiladi. Ular turiga qarab terili, suyaksiz lahmga yoki terili, qovurg'a suyakli bo'lakka ajratiladi. Ba'zi hollarda baliqlar butun holda (navaga, muz baliq, qalqon-baliq va boshqalar) ishlatiladi.
Baliq porsiyalanib tuz, murch sepib, unga belab o'simlik yog'ida 2 yoqlama qovuriladi va qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Qovurilgan baliq sovitiladi va likobcha yoki salat idishiga solib, ustidan marinad quyiladi va may da to'g'ralgan ko'k piyoz sepib yoki ko'kat bilan bezab beriladi. Taom danaksiz zaytun mevasi bilan ham bezalishi mumkin.
Baliq (terili suyaksiz lahm) 90 g, bug'doy uni 5 g, yasimlik yog'i 5 g, marinad 75 g, ko'k piyoz 10 g, ziravor. Sof og'irligi 160 g.
Sovuq taomlarni tayyorlashda dengiz mahsulotlari (krab, krivetka, qisqichbaqa, kalmar, dengiz toji, ustritsa «Okean» pastasi) ishlatiladi. Ularga ishlov berish «Dengiz mahsulotlariga ishlov berish» matnida ta'kidlanganidek amalga oshiriladi.
Marinad ostidagi krab. Konservalangan krab bankasidan olinib, ustidagi qog'ozga o'xshash plastinkalaridan tozalanib, likobcha yoki salat idishiga uyib solinadi, ustidan sabzavot marinadi quyilib, to'g'ralgan ko'k piyoz va ko'kat bilan bezab beriladi. Bezash uchun zaytun mevasi ham ishlatilishi mumkin.
Krab, kalmar yoki dengiz toji qo'shib tayyorlangan kartoshka salati. Kalmar, dengiz toji filesi tuzli suvda 5—7 minut qaynatilib, o'z suvida sovitiladi, krablar qog'ozga o'xshash plastinkalaridan tozalanadi va tilim-tilim shaklida kesiladi. Mahsulotning 1/4 qismi taomni bezash uchun qoldiriladi. Kartoshka salati mahsuloti tayyorlanib, mayda to'g'ralgan dengiz mahsuloti smetana, mayonez yoki salat sardagi qo'shib aralashtiriladi va likobcha — tarelka yoki salat idishiga uyub solinib, dengiz mahsuloti bo'lakchalari, ko'kat bilan bezab beriladi.
Kartoshka salatini «Okean» pastasi bilan tayyorlash ham mumkin. Buning uchun «Okean» pastasi elakdan o'tkazilib, kartoshka salati, yanchilgan murch qo'shib aralashtirilib likobcha yoki salat idishiga qo'yib bezab beriladi.




Download 350.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling