"3" ball -a’lo


Download 1.56 Mb.
Sana24.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1115916
Bog'liq
hisobot


Samarqand viloyati Paxtachi tumani 39 son DMTT o’z ish faoliyatini 2. 11. 2020 yildan boshladi. Shu o’quv yilidan maktabga tayyorlov guruhlari 3 tani tashkil etdi. Bular: “Uycha”, “Binafsha” va “Giloscha” guruhlari. Har bir tayyorlov guruhlarida o’quv yili rejasiga asosan test va mashg’ulotlar tashkil etildi. DMTT da “Ilk qadam” o’quv dasturiva “Davlat talablari” asosida ish olib boriladi.
Reja asosida sentyabr oyida tayyorlov guruhlaridan “Oila” rasmi testi olinishi lozim edi , biroq pandemiya sababli DMTT noyabr oyidan ish faoliyatini boshladi va “Oila” rasmi testi tayyorlov guruhlaridan olindi.

Bolalar chizgan rasmlarga asoslanib, ularning oilaviy sharoitlari o’rganildi. Tahlili qoniqarsiz bolajonlarning onalari bilan suhbatlashildi va tavsiyalar berildi.


Bu testni maqsadi: bolaning oilaviy muhiti, oila a’zolarining o’zaro munosabati, bola ruhiyatiga ta’sirini aniqlash.
Bundan tashqari psixologning yillik rejasiga asosan 06-04 Bolalarning psixologik rivojlanish darajalari ko’rsatkichlari aniqlandi. Unga asosan har bir bolalardan belgilangan metodikalar asosida yakka tartibda sinov o’tkazildi va natijalar tahlil qilindi.
“3” ball –a’lo
“2” ball –o’rta
“1” ball –past etib belgilandi.

Natijalardan kelib chiqib 10 balldan pastini 06 -05 bolalar bilan korreksion ishlash jurnaliga bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish uchun olindi va ro’yxat shakllantirildi.




Korreksion ro’yxatdagi tarbiyalanuvchilar bilan haftaning Dushanba va Seshanba kunlari mashg’ulot olib boriladi. Bolalar guruhlarga bo’linib, bilish jarayonlarini korreksiyalashda yaxshi samara beradigan turli xil o’yinlar, rasmli testlar va aqlni charxlovchi o’yinlar tashkil etiladi.

Korreksion faoliyatdan fotolavhalar





Bundan tashqari haftaning har Juma kunlari maktabga tayyorlov guruhlarida guruhli mashg’ulotlar olib boriladi. Guruhli mashg’ulotlarni tashkil etishdan maqsad har bir bolani maktabga psixologik jihatdan tayyorlashdir.
Har oyda psixologning yillik ish rejasida berilgan testlar tayyorlov guruhlaridan olib borildi.
10 noyabr –“Giloscha” “Binafsha”, “Uycha” maktabga tayyorlov guruhidan “Odam” rasmi testi
21 dekabr -“Giloscha” “Binafsha”, “Uycha” maktabga tayyorlov guruhidan “Qora uy, qizil uy” sotsiometrik metodikasi
10 fevral - “Giloscha” “Binafsha”, “Uycha” maktabga tayyorlov guruhidan “Grafik diktant”
11 fevral - “Giloscha” “Uycha” maktabga tayyorlov guruhidan “UDO” testlari olindi va tahlil qilinib ma’lumotnoma bilan tikib qo’yildi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumani MTB tasarrufidagi 39- son DMTT psixologi
Normurodova Marjonaning maktabga tayyorlov guruhlarida
olib borilgan ishlari yuzasidan


HISOBOT
Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling