I bob. Katta va tayyorlov guruhlarida jismoniy faoliyat mashg'ulotlarini loyihalashtirish


Download 51.57 Kb.
bet1/6
Sana23.06.2023
Hajmi51.57 Kb.
#1652063
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA JISMONIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH

MUNDARIJA:


KIRISH

I BOB. KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA JISMONIY FAOLIYAT MASHG'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH


    1. Katta va tayyorlov guruhlarida tirmashish va emaklash mashqlarini o’tkazish metodlari

    2. Katta va tayyorlov guruhi bolalari uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarni tanlash va ularni o’tkazish

II BOB. KATTA VA MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHLARIDA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODLARI


    1. Katta va tayyorlov guruhlarda o’zbek xalq o’yinlarinio’tkazish metodlari

    2. Katta va maktabgacha tayyorlov yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish metodi

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o’rgatishning asosiy shaklidir. Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi bolalarning jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, ular sog’lig’ining mustahkamlanishi, to’g’ri harakat ko’nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqishni uyg’otib, shaxsni har tomonlama rivojlantirilishini ta‘minlaydi.
Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo’li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.
Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o’tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg’ulotlar (yomg’irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o’tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o’zaro aloqadadir: ular barcha sog’lomlashtirish va ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta‘minlaydilar. Mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti ularning ba‘zi o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog’lomlashtirish-gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o’tkaziladigan (derazalar ochiq holda, yengil kiyim va poyabzalda) mashg’ulotlar harakatlarning to’g’ri, go’zal va aniq bo’lishini ta‘minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jo’rligida o’tkazilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’zaro bog’liq uch qismdan: kirish yoki tashkiliy, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta‘limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta‘sir etishni ta‘minlaydi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo’yilgan vazifalar va uning
asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin.
Mashg’ulotning bu qismidagi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko’nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan bir muncha intensiv faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda bolalarga to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda mo’ljal olish bilan bog’liq, bajarilishi ko’p vaqtni talab qilmaydigan mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida bir, jismoniy tarbiya mashg’ulotida asosiy harakatlardan iborat ikkitadan uchtagacha mashqni rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri yetakchi bo’lib tarbiyachining asosiy e‘tiborini talab qiladi, qolganlari esa bolalarga avvaldan tanish takrorlash va takomillashtirish maqsadidagi mashqlardan tanlanadi (masalan, uloqtirish va emaklash ishtirokidagi sakrashlar yoki yugurish ishtirokidagi uloqtirish va hokazo). Bu harakatlarni qo’shib olib borishda ularning intensivlik darajasi hisobga olinadi. Yuqori darajadagi intensiv mashqlar bilan past darajadagi intensiv mashqlar yoki turli o’rta intensiv mashqlar bilan qo’shib olib borish juda maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, bolalar faoliyatining rangbarangligiga va harakat darajasining variatsiyalashga erishiladi, bu bola ish qobiliyatining darajasini ta‘minlaydi.
Mashg’ulotning o’yindan so’nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o’z ichiga oladi. U umumiy qo’zg’aluvchanlikning pasayishiga va pulsning normallashishiga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba‘zi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o’yin bilan almashtirilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida bolalarda harakat ko’nikmalarining rivojlanishi bilan bir vaqtda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.

Download 51.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling