I bob. Katta va tayyorlov guruhlarida jismoniy faoliyat mashg'ulotlarini loyihalashtirish


I BOB. KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA JISMONIY FAOLIYAT MASHG'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH


Download 51.57 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2023
Hajmi51.57 Kb.
#1652063
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA JISMONIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH

I BOB. KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA JISMONIY FAOLIYAT MASHG'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH


    1. Katta va tayyorlov guruhlarida tirmashish va emaklash mashqlarini o‘tkazish metodlari

Katta va tayyorlov guruh bolalari tizimli ravishda o’rgatib borilganda, tirmashib chiqish mashqlarini tez bajara oladilar. Masalan: bu yoshdagi bolalar bilan arqonga tirmashish mashqlarini o’tkazganda, bola arqonga yaqin turib, ko’tarilgan qo’llari bilan arqonni ushlaydi, so’ngra qo’llariga osilib, tizzalaridan bukilgan oyoql arini yuqoriga tortadi va oyoq kaftlari bilan arqonga tayanadi. Oyoqlarini rostlab, gavda yuqoriga ko’tariladi, tirsaklar bukiladi. Faqat shundan keyingina qo’llarni navbati bilan bosh uzra harakatlantirilgan arqondan yuqoriga ko’tariladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga uzoq muddat osilib turish tafsiya etilmaydi: bu muskullarning uzoq vaqt zo’riqishiga, bo’g’im va bo’g’imlarning juda erta cho’zilishiga olib keladi, asab tizimini toliqtiradi. Shunday bo’lsa-da, 3 yoshdan boshlab turli balandlikdagi turnik, gimnastika devorida 1–1,5 sekund osilishdan foydalanish mumkin. Tirmashib chiqish jarayonida topqirlik, botirlik, chaqqonlik kabi irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. 97 Tayyorlov guruhida gimnastika devorchasining yuqori qismigacha chiqib, uning narigi tomoniga oshib o’tishni ham o’rganadilar. Emaklash va tirmashib chiqish malakasi harakatli o’yinl arda takomillashtiriladi. Har kungi tirmashib chiqish mashqlari bolada zarur hayotiy ko’nikma hosil qiladi va harakatlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi.
Tirmashish ko’p martalab takrorlashlar jarayonida hosil qilinadigan murakkab shartli refleksdir. U muskullarning katta qismini ishga jalb qiladi va shu asnoda bolaning butun organizmi funksional faoliyatini kuchaytirishda, shuningdek, to’g’ri qaddiqomatning shakllanishiga yordam beradi. Tirmashib chiqish muskullarning navbatma-navbat qisqarishi va bo’shashishi bilan xarakterlanadi. Bu harakat davomida sarflangan quvvatni tiklashga va jismoniy kuchni uzoqroq muddat namoyon qilishga imkon beradi. Tirmashish mashqlari
harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi, nafas olish va qon aylanish
funksiyasini takomillashtiradi, modda almashinuvini oshiradi. Tirmashish siklli harakatlar tipiga mansubdir. Tirmashib chiqish va tushish yugurishdagiga o’xshash harakat elementlarining qisqa muddatli takroriga egadir: narvon zinapoyasiga har bir oyoqda tayanish va unda ikkala oyoqqa tayanib turishda qo’l va oyoq navbatma-navbat harakatlantiriladi. Tirmashishda sikllarning to’xtovsiz takrorlanib turishi gimnastika devorining balandligi bilan belgilanadi: 1–1,5–2 metr.

    1. Download 51.57 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling