I bob. Katta va tayyorlov guruhlarida jismoniy faoliyat mashg'ulotlarini loyihalashtirish
II BOB. KATTA VA MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHLARIDA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODLARI
Download 51.57 Kb.
|
KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA JISMONIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH
II BOB. KATTA VA MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHLARIDA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODLARIKatta va tayyorlov guruhlarda o‘zbek xalq o‘yinlarini o‘tkazish metodlariXalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos, ijtimoiy voqealar aks etadi. O’zbek xalq o’yinlari qadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo’lgan davrda vujudga kelgan. Buni arxeologik qazilmalar 143 va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik hujjatlari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda o’yin-musobaqalar juda keng tarqalganligi va ular xalqning sevimli odati bo’lgani haqida ma‘lumotlar bor. Yunon tarixchisi Pomney Trog (eramizning I asri) yozuvlarida bir vaqtlar hozirgi O’zbekiston hududida yashagan qabilalar mohir jangchilar, chavandoz, mergan, nayzaboz va kamonchi, ya‘ni harbiy ishlarga usta kishilar bo’lgani qayd qilinadi. Qadimda hozirgi O’zbekiston hududida asosan ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi va o’troq qabilalar yashagan. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. O’troq qabilalar esa dehqonchilik bilan shug’ullanib, chorva mollaridan keng foydalanganlar. Dehqonlar yer haydashda, bug’doy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda mollardan foydalanganlar. Shuningdek, chorva mollaridan hunarmandlar va savdogarlar ham foydalanganlar. ―Oqsoq bo’ri va qo’ylar‖, ―Echkilar va cho’ponlar‖, ―Oq tuya‖, ―Bo’ri keldi‖ singari qator xalq o’yinlarining kelib chiqish tarixi shu manbalarga asoslanadi. O’yinlarni tashkil etish va qiziqarli ravishda o’tkazish ko’p jihatdan tarbiyachiga bog’liq. Kichik va o’rta guruhlarda asosan sodda qoidali syujetli o’yinlar o’tkaziladi. Masalan, ―Oq terakmi-ko’k terak‖, ―Chitti gul‖, ―Qoch bolam qush keldi‖. Bu guruhlarda tarbiyachi asosiy rolni o’zi bajaradi. Katta va tayyorlov guruhlarda tarbiyachi o’yindagi asosiy rolni bolalarga bajarishni taklif etadi. Bolalar o’yinni boshlanishi- ni chorlamalar bilan boshlashadi. Chorlamalar harakatli o’yinni tashkil etishning eng qulay metodi bo’lib, bunda bolalar bir-biri ni qo’shiq aytib o’yinga chaqiradilar. 148 Ular bolalarning o’yinga chorlovchi kechinmalarni konkret vaziyatga bog’liq holda ifodalaydi va hamisha o’yinga da‘vat etish, chaqirish vazifasini bajaradi: Bola bo’lsang, kelaver, O’ynab-o’ynab ketaver, Kelho, kel Kelho, kel. O’yinning ikki qarama- qarshi tarafga bo’lish asosida tashkil etishmoqchi bo’lishsa, masalan, ―Oq terakmi, ko’k terak‖ kabi o’yinlarda cheklashmachoq aytiladi. Cheklashmachoq odatda, ikki bolaning o’zaro yashirincha kelishib, til bitiktirib o’zlariga yasama ―ot qo’yish‖lari asosida yuzaga keladi. Bu hol ularning onaboshi bilan qiladigan savol-javoblarning sirliligini ta‘minlaydi. Cheklashmachoqlar aksariyat hollarda onaboshiga murojaat qilish bilan boshlanadi: —Mati, mati, —kimning navbati? —Meniki, onaboshlaridan biri. —Toji tillo xo’rozni olasanmi? Yo —Chala mullo tovuqni? —Toji tillo xo’roz! —O’t men tomonga! Bunday cheklashmachoqlar murojaat va savoldan iborat bo’lsada, savol hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolalar onaboshiga murojaatida uning tashqi ko’rinishini ta‘riflashni ham unutmaydilar. Onaboshi, onaboshi, Yigitlarning qalam qoshi, Nima yeysan? Ne olasan? Atalami? Palov oshmi? Bolalar o’yinini tashkil eitshda navbatda turuvchi aniqlashga ehtiyoj sezsalar, sanama aytib, galda qoluvchini belgilaydilar. Sanamalar keng tarqalgan o’yinboshi turlaridan biri bo’lib o’yin boshlanishini oldindan, navbatda turuvchini aniqlash, galda qoluvchini belgilash vazifasini bajaradi. Sanamalardagi sanash ohangi qo’l yoki oyoq harakatlari bilan to’ldirilib, tasdiqlab turiladi. Onaboshi har bir so’zni yoki 149 iborani sanoq ritmiga muvofiq shovqin bilan ayta turib, har bir ritmik taktda qo’lini navbatma-navbat o’yin ishtirokchilarining ko’ksiga tekkiza boradi, shu asosda sanoq ritmini bo’rttirib ta‘kidlaydi va qo’li tekkan bola davradan chiqib ketadi. Eng so’nggi so’z kimni chekiga tushsa, o’sha navbatda qoladi. Sanamalarda raqamlar shunchaki tilga olinmaydi, balki ritmik asosni tashkil qilish niyatida vaznga solinadi. Bir, ikki, O’n olti, O’n olti deb kim aytdi? O’n olti deb men aytdim. Ishonmasang sanab boq: Birov, Ikkov, Uchov, Qoch...ov! Ko’pgina o’yinlar sanama aytishdan boshlangan bo’lib, sanama bolalar orasida navbatni aniqlash metodi sifatida qo’llaniladi. Turli yosh guruhlarda, ayniqsa, katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachi bolalarga o’yinlarni mustaqil tashkil etishga o’rgatib boradi. Tarbiyachi o’yin qoidalarining buzulmasligini, barcha bolalarning unga to’liq amal qilishlarini kuzatib boradi. O’yindagi so’zlarni qofiya ritmlarining bajarilishini va ritmga monand harakatlarning bajarilishini o’rgatadi. Masalan: ―Chittigul‖ o’yinida ―Chittigulo chitti gul‖ so’zlarini aytayotganda qarama-qarshi turgan bolalar chapak chalib qo’llarini bir-birlariga tekkizadilar, Hayu chittigul, ha-yu chittigul so’zlarini aytish bilan bolalar baravariga aylanadilar. Oq terakmi – ko’k terak, ―Tapur-tupur qayrag’och‖ kabi o’yinlarida ham, so’z ritm harakatlar ham ohang holda qo’llaniladi. O’yinlarni variantlashtirishga ham tarbiyachi alohida e‘tibor bermog’i zarur, chunki o’yinlar variantlashtirilganda, bolalar o’z kuchlarini tejashga ortiqcha harakatlarni bajarmay, maqsadga erishishga harakat qiladilar: qiyin vaziyatlardan chiqish metodlarini o’zlashtiradilar. O’yinlarni bolalarga variantlashtirib berishning yana bir qimmatli tomoni shundaki, o’zlari uchun mush- 150 kulroq bo’lgan vazifalarni bajarish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladilar. O’yin davomida bolalar murakkab vazifalarga ham duch keladilar. Ularni hal etishga tarbiyachi bolalarning jismoniy rivojlanganliklarini, harakat malakalarini qay darajada egallaganliklarini hisobga olgan holda, kuchi yetadigan bolalarni jalb etmog’i lozim. O’yin jarayonida tarbiyachi bolalarga ortiqcha yuk tushmasligini nazorat qilib borishi, charchagan, hansirab qolgan bolalar vazifalarini yengillashtirishga, tez harakatni tinch holat bilan almashtirib, turish maqsadga muvofiq sanaladi. Milliy harakatli o’yinlarni tashkil etish va ularga rahbarlik qilish davomida tarbiyachi ta‘limning turli xil metodlaridan – tushuntirish, ko’rsatish, tavsiya berish, bolalar harakatini ma‘qullash, o’yinga baho berish kabilardan foydalanadi. O’yin davomida tarbiyachi bolalarda emotsional-ko’tarinki kayfiyatni yaratish va uni o’yin oxirigacha saqlashga erishmog’i lozim. Download 51.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling