Maqollar maqol nima?


Download 323.19 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi323.19 Kb.
#1694566
Bog'liq
1. Maqollar-5-sinf

MAQOLLAR

MAQOL NIMA?

  • Maqol ibratli so‘zdir. Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki uni ko‘p ishlatsa, o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar.

Arabcha bo`lib, «so‘z» degan ma’noni bildiradi.
Uni «otalar so‘zi» ham deydilar.

Maqolning xususiyati


1
FIKR ANIQ
XULOSA TUGAL
IFODA LO‘NDA
3
2
3

Xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, maqol­lar xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin.

  • Xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, maqol­lar xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin.

Maqollarda aks etadi:
Masalan, do‘stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo.

Maqollarning ma’nolariga namunalar:


«Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas»
Bu so‘zlar zamirida vatanidan ayrilib, musofirlikning achchiq alamilarini tortgan kishining, begona yurtlarda, notanish odamlar orasida vatansizlikdan rangi ro‘yi somon bo‘lgan kishining achchiq iztiroblari yotibdi.
Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, tepadagini endirar.
Maqol birlik, o‘zaro ittifoqlik haqida. Bir kishining olti o‘g‘li bo‘lsa-yu, ular bir-birlari bilan ahil bo‘lmasalar, og‘zilaridagini oldiradilar. Ularni istagan odam xafa qilaverishi mumkin. To‘rt aka-uka bo‘lsa-yu, ahil bo‘lsalar, ular ko‘p ish qila oladilar. Ya’ni: ahillik bo‘lsa, oz odam bilan ham katta ishlar qilish mumkin. Ahillik bo‘lmasa, ko‘p kishi bilan ham hech ish qila olmaysan.
Maqollarning ma’nolariga namunalar:

Ma’nosi o`xshash maqollar


«Qazisan, qartasan — axir aslingga tortasan»
«Olma olmadan uzoq tushmaydi»
«Olmaning tagiga olma tushadi»
«Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi»

O`zbek xalq maqollaridan namunalar

  • Aql - yoshdan, odob - boshdan.
  • Daraxtni yer ko‘kartiradi,
  • Odamni el ko‘kartiradi.

  • Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra.
  • Do‘st do‘stni kulfatda sinar,
  • Odam odamni mehnatda sinar.

  • Arslon izidan qaytmas,
  • Yigit — so‘zidan.

  • Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.

O`zingizni sinang

  • Yer haydasang, ____ hayda, kuz haydamasang _____ hayda.
  • Oltin ____da bilinar, odam — ____da.
  • Ilmi borni ____ dema, ilmi yo'qni ____ dema.
  • Ot bo'lsang, ________, it bo'lsang, ______.
  • Otasi achchiq ____ yesa, o'g'lining _____ qamashar.
  • Ko'p egilma, ______, ko'p bo'y cho'zma, _____.

MAQOLNI TO`LDIRING.

Savol va topshiriqlar

  • Maqollarning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
  • Maqollarning tuzilishi haqida so‘zlab bering.
  • Maqollarning xalq hayoti, turmushi bilan bog‘liq jihatlari haqida gapirib bering.
  • Xalq og‘zaki ijodining qaysi janrini topishmoq deb ataymiz?

?!

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!


Download 323.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling