3. Bank hisobvaraqlarini bo’yicha shartnoma va uning mazmuni xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bank hisobvaraqalarining umumiy qoidalari va turlari Bank hisobvarag‘i


Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish va bank hisobvaraqlarni yopish tartibi


Download 134.43 Kb.
bet5/14
Sana19.06.2023
Hajmi134.43 Kb.
#1625870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Банкларда очиладиган ғисобвараклар турлари ва уларнинг юритилиши

Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish va bank hisobvaraqlarni yopish tartibi
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankda ochish uchun mijoz tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 2-bobida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank mijozga 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ochadi.
Mijoz tomonidan bankka chek daftarchalari va to‘lov terminallari (mavjud bo‘lsa) qaytariladi, asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish uchun ariza taqdim etiladi hamda asosiy hisobvaraqdagi qoldiq mablag‘ni asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazayotgan bank qoldiq mablag‘larni 29801 - “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha mijozning to‘lov topshiriqnomasini ijro etgandan keyin BDMABga asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish bo‘yicha so‘rov shakllantiradi. Mazkur so‘rov uch ish kuni davomida faol bo‘ladi. Ushbu muddat ichida asosiy hisobvaraq ochilmagan taqdirda, asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank tomonidan so‘rov takroran shakllantiriladi.
Asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi 29801-“Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga mablag‘lar kirim qilingandan so‘ng yangi asosiy hisobvaraq ochiladi. Bunda, 29801-“Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar asosiy hisobvaraqqa bank tomonidan memorial order bilan o‘tkazilib, 29801- “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Mijozning asosiy hisobvarag‘i boshqa bankka ko‘chirilganda, uning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi va asosiy hisobvaraqning nazorat kalitidan tashqari barcha ma’lumotlar o‘zgarmagan holda saqlanadi.
O‘tkazilgan asosiy hisobvaraq bo‘yicha kelib tushgan to‘lov va ijro hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgach, ular yangi asosiy hisobvaraq ochilgan bank (filial) nomi ko‘rsatilgan holda qaytarib yuboriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ochiladigan qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari ushbu qarorlarda belgilangan vaqtincha foydalanish muddati tugagan sanadan keyingi ish kuni yopiladi. Ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lar qoldig‘i bank tomonidan memorial order bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Bunda, ushbu hisobvaraqni yopish uchun ariza olish talab etilmaydi.
Shartnoma mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda yoki unda ko‘rsatilgan holatlar yuz berganda bekor qilinadi. Shartnomaning bekor qilinishi mijozning bank hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi. Shartnoma sud orqali bekor qilinganda ham bank hisobvaraqlari yopilishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan harakatsiz holatga o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari davlat reyestridan chiqarilgan kundan e’tiboran shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
Ixtiyoriy tugatilayotgan va (yoki) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tugatilayotganda, ularning bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu Yo‘riqnomaning 43 va 44-bandlarida ko‘zda tutilmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tugatilayotganda, yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatilayotganda, ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka ariza bilan murojaat qilinadi hamda foydalanilmagan cheklar va to‘lov terminallari (mavjud bo‘lsa) qaytariladi. Ushbu subyektlarning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin ularga ochilgan barcha ikkilamchi hisobvaraqlar ularning arizasi asosida yopiladi.
Mazkur subyektlarning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin ularning soliq qarzi mavjudligi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiriladi. Soliq qarzi mavjud bo‘lganda, asosiy hisobvaraqni yopishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan kontraktlari bo‘yicha qarzdorliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu qarzdorliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgandan so‘ng asosiy hisobvaraq belgilangan tartibda yopiladi.
Bank hisobvaraqlari yopilayotganda, bankning vakolatli xodimi yopilayotgan bank hisobvarag‘idan mijozga oxirgi marta ko‘chirma berilgan kundan boshlab ushbu bank hisobvarag‘iga kiritilgan barcha yozuvlarni hujjatlar bo‘yicha sinchiklab tekshirishi, ssuda va bank xizmatlari uchun hisoblangan hamda to‘langan foizlarni inobatga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi va yopilayotgan bank hisobvarag‘iga tegishli yozuvlarni kiritib, imzo chekishi shart. Bank hisobvarag‘i yopilgandan so‘ng, bank mijozga (mijoz tugatilganda ta’sischilarga) barcha taqdim qilingan talablardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larning qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Banklarning vakillik hisobvaraqlari bankning vakillik munosabatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra yoki banklarni tugatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari asosida yopiladi.


Download 134.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling