3. Bank hisobvaraqlarini bo’yicha shartnoma va uning mazmuni xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bank hisobvaraqalarining umumiy qoidalari va turlari Bank hisobvarag‘i


Download 134.43 Kb.
bet6/14
Sana19.06.2023
Hajmi134.43 Kb.
#1625870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Банкларда очиладиган ғисобвараклар турлари ва уларнинг юритилиши

BANK HISOBVARAGʻI SHARTNOMASI 

Shartnoma tuzilgan
sana

Shartnoma
raqami

Shartnoma tuzilgan joy

Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli tomonidan Bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sana kuni berilgan Bank boshqaruvchisiga berilgan ishonchnoma raqami-son ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda - “Bank”) bir tomondan va Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi Mijoz tashkilot nomidan ish olib boruvchi vakilning F.I.O.si (keyinchalik matnda - “Mijoz”), birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar Bank hisobvaragʻi shartnomasini (keyinchalik matnda – Shartnoma) quyidagilar haqida tuzdilar:

SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur Shartnoma Mijozning arizasiga koʻra bank hisobvaragʻini (keyinchalik matnda “hisobvaraq”) ochish, hisobvaraqqa tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, Mijozning toʻlov hujjatlariga asosan hisobvaraqdan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish va toʻlash, masofaviy xizmatlar dasturiy majmualari orqali elektron bank xizmatlarini koʻrsatish, kassa xizmatlarini koʻrsatish hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa amaliyotlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
1.2. Bankning masofaviy bank xizmat koʻrsatish tizimlari mijozga oʻz hisobvaraqlarining xolati va pul aylanmasi xaqida maʼlumot olish, elektron toʻlov topshiriqnomalarini oʻtkazish, dastur imkoniyati doirasida bank xizmatlari xaqida maʼlumotlarni olish imkoniyatini beradi.
1.3. Bank tomonidan koʻrsatiladigan kreditlash, faktoring, moliyaviy lizing, qimmatli qogʻozlarni xarid qilish-sotish, qimmatli qogʻozlar hisobini yuritish va saqlash, qimmatli qogʻozlarni boshqarish, bankda qimmatbaho buyumlarni (hujjatlar, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar va h.k.) saqlash, maxsus xonalarni yoki ulardagi poʻlat seyflarni hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun ijaraga berish, anderrayting, konsalting, kafolat berish, Mijozning pul mablagʻlarini jamgʻarma va muddatli depozitlarga joylashtirish, Mijozdan erkin valyuta mablagʻlarini xarid qilish xizmatlari uchun hamda Bank tomonidan bank amaliyoti doirasida boshqa xizmatlarni taqdim etganlik uchun haq miqdori alohida shartnomalar bilan tartibga solinadi.


Download 134.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling