3 bayonnomasi xonqa tumani 12. 01. 2019 Yigʻilish raisi: Ibragimova Gulnora Qatnashdilar
Download 14.96 Kb.
|
Bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻzga chiqdi
- YIG`ILISH QAROR QILADI
Xonqa tumani Toʻra Rahimov nomidagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabi _9_- “A” sinf Oʻquvchilarining ota-onalari bilan oʻtkazilgan yig`ilish № 3 BAYONNOMASI Xonqa tumani 12. 01. 2019 Yigʻilish raisi: Ibragimova Gulnora Qatnashdilar: 30 nafar ota-onalar, maktab psixologi: Soliyeva Sayyora KUN TARTIBI: 1. Yarim yillik hisoboti, III-chorakdagi rejalar. 2. O`quvchilarni jamoat ishlarga, fan to`garaklariga va mehnatga qiziqishlarini uyg`otish. 3. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni ota-onalarining munosabati
1-masala yuzasidan sinf rahabri Ibragimova Gulnora so`zga chiqdi va I yarim yillikda ta`lim tarbiya bo`yicha bajarilgan ishlar haqida hisobotni o`qib berdi. I yarim yillik davomida o`quvchilarni bilim samaradorliklarini aytib o`tdi, bunga ko`ra 9-“A” sinf o`quvchilarining chorak yakuni bo`yicha 12 nafar o`quvchi “5” baholarga,13 nafar o`quvchi “4” baholarga, 5 nafari “3” baholarga yakunladilar. O`quvchilar bilan ota –onalar yordamida metallolom rejasini ham bajarishda yordam berganliklari uchun rahmat aytdi. uchun minnatdorchilik bildirdi.Bundan tashqari III-chorakda bajariladigan ishlar haqida kelishib olindi. Muzokaraga ota-onalardan Atamuratova Zebo, Bobojonov Rustam chiqib farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan ustozlarga minnatdorchiligini bildirdi. 2-masala yuzasidan maktab psixologi Soliyeva Sayyora so`zga chiqib o`quvchilarni jamoat ishlarga, fan to`garaklariga va mehnatga qiziqishlarini uyg`otish to`g`risida gapirdi. Ota-onalarga o`z tavsiyalarini berdi. Qishki ta`til vaqtida farzandlariga fan to`garaklariga, sport to`garaklariga qatnashishlariga sharoit yaratib berishlarini tushuntirdi. Sinfning jamoatchi o`quvchilarining ota-onalariga minnatdorchilik izhor qildi. Muzokaraga ota-onalar chiqdilar va o`z fikrlarini bildirdilar. 3-masala yuzasidan sinf rahbari Ibragimova Gulnora so`z olib darslarda past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni darslarga qiziqtirish va bilim samaradorliklarini ko`tarish, ota-onalarning bunga munosabati haqida gapirdi. Uyda farzandlariga dars tayyorlashga sharoit yaratib berilsa, ota-onalar kundalik daftarlarini muntazam nazorat qilib turishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi deb fikr bildirdi.Ota-onalar uyda vazifalarni birga bajarishga, dars tayyorlash uchun sharoit yaratib berish haqida haqida gapirdi. Ta`til vaqtida yong`in chiqishini oldini olish uchun elektr va gaz moslamalarini nazoratsiz ishlatishlari, pirotexnika vositalaridan foydalanish mumkin emasligi haqida uqtirildi. Soʻzga chiqdi: Ibragimova Gulnora - Avvalo hammangizni shu yerga kelganingiz uchun, farzandlaringiz kelajagiga eʼtibor bilan qarayotganizdan xursandman. Bilasiz hozir oʻquvchilarimiz 9- sinfning II choraginiyam tugatishdi. Bu chorakda ular egallashi zarur boʻlgan barcha bilimlar oʻqituvchilar tomonidan oʻrgatildi. Oʻquvchilar ham qunt bilan taʼlim olishdi. Sinfimizdagi 12 nafar o`quvchi “5” baholarga,13 nafar o`quvchi “4” baholarga, 5 nafari “3” baholarga yakunladilar. Keyingi chorakda aʼlochi oʻquvchilar qatori bundanam koʻpayishiga ishonaman. Bunda sizlar ham yordam berasizlar degan umiddaman. Atamuratova Zebo - Farzandim bu chorakni aʼlo baholarga tugatdi. Turli tanlovlarda gʻolib boʻldi. Bundan judayam xursandman. Ularga taʼlim -tarbiya berayotgan siz oʻqituvchilardan minnatdorman. Bobojonov Rustam - Avvalo farzandlarimizga taʼlim-tarbiya berayotgan barcha oʻqituvchilarga rahmat aytaman, ishlariga rivoj tilayman. Farzandlarim olayotgan taʼlim -tarbiyadan koʻnglim toʻq. Soliyeva Sayyora - Hurmatli ota-onalar! Mana oʻquvchilar II chorakni tugatishdi. Taʼtil vaqtida ularni vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun biz oʻqituvchilar jamoasi qishki taʼtil kunlari uchun bepul toʻgʻaraklar tashkillashtiryapmiz. Agar istasangiz farzandlaringizni ushbu toʻgʻaraklarga yuborishingiz mumkin.
1. 2019-2020- o`quv yilining III-choragi mobaynida ta`lim-tarbiya bo`yicha bajariladigan ishlarni davom ettirish Sinf rahbari Ibragimova Gulnora zimmasiga yuklatilsin. 2. Yuqorida bildirilgan fikrlar ma`lumot uchun qabul qilinsin. Oʻquvchilarni jamoat ishlari va darslardagi yutuqlarini yanada ko`paytirish ishlarini olib borish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. 3. Qish mavsumida o`quvchilarni darslarni qoldirmasliklariga sharoit qilib berish,texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish raisi: _____________ Ibragimova Gulnora Kotiba: _____________ Rahimboyeva Yulduz Download 14.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling