3-bob. Global boz
Download 362.03 Kb.
|
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish
Imkoniyatlar va sharoitlar tahlil predmetlarining nisbati
Firma imkoniyatlari tahlilining predmeti qaysi mamlakatda (1 va 2 maydon) joylashganidan qat’iy nazar, uning tasarrufidagi resurslari, uning faoliyati va rivojlanishi (4 va 5) tashqi omillari hisoblanadi. Firma o‘zlashtirmagan mamlakatlar uning imkoniyatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va shu sababli xalqaro sohadagi maqsadlarni shakllantirishda hisobga olinmaydi. Boshqa tomondan, strategik muqobil variantlarni tanlashdan oldin, mahalliy sharoitlar tahlili firma biron-bir operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan barcha mamlakatlarni (4, 5 va 6) qamrab oladi; o‘zlashtirib bo‘lingan mamlakatlar bu erda boshqa mamlakatlar bilan teng ko‘rib chiqiladi , faqat shu shartdagina biznes zaruriy moslashuvchanlikni, firma esa jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni saqlab qoladi. Shunday qilib, firma kelgan mamlakat va u faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlardagi tashqi muhit strategik rejalashtirish jarayoni doirasida ko‘rib chiqish predmetiga ikki marta aylanadi, bunda tahlil qilianyotgan ko‘rsatkichlar qisman mos keladi (shu bilan bir paytda, 3-maydon umuman ko‘rib chiqilmaydi, chunki unga mos keladigan ma’noga ega emas). Moliyaviy sharoitlar ichida birinchi navbatda soliqqa tortish tizimi va bojxona qonunchiligini ko‘rib chiqamiz. Mamlakatda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash darajasi korxonani joylashtirish uchun – ishlab chiqarish turiga qarab, u yoki bu darajada muhim shart hisoblanadi. Shuni hisobga olish kerakki, firma faoliyati ishlab chiqarish quvvatlari va mos keluvchi infratuzilmani rivojlantirishga katta miqdorda mablag‘lar kiritish (o‘z tashabbusi bilan ham, ko‘chmas mulkni xarid qilishning majburiy sharti sifatida investitsiya kiritish talabini qo‘yuvchi mahalliy hokimiyatlar talabi bilan ham) zarurati, shuningdek, u yoki bu joriy xarajatlarni (reklama, yetkazib berish va h.k.) amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gap 65 katta miqdordagi mablag‘lar kiritish haqida borishi sababli kapitalning ochiqligini, ya’ni investitsiyalar yoki kredit shartlarida zarur mablag‘arni olish imkoniyatini tadqiq etish zarur. Shuningdek, mablag‘larni chegara orqali olib o‘tish imkoniyati ham baholanadi (agar gap o‘zlashtirilgan mamlakat haqida borsa, bu tavsifnomalar ichki imkoniyatlarni tahlil qlish jarayonidayoq olingan bo‘ladi). Faoliyatning marketing omillari tahlili mahalliy bozorlarda raqobat xarakterini o‘rganish, bozorni davlat tomonidan tartibga solish (jumladan, narx shakllanishi, reklama faoliyati, tovarlarni ekspe-ditsiyalash va h.k.); geografik va boshqa holatlarin hisobga olib, xomashyoni etkazib berish va mahsulotni taqsimlash xarajatlari, mahsulotni mahalliy sharoitlarga moslashtirish zaruratini qamrab oladi. Qo‘llanayotgan texnologiyalarni moslashtirish zaruratini baholash lozim bo‘lib, u masalan, ekologiya talablarining yuqoriligi bilan asoslanishi mumkin (teskari variant ham bo‘lishi mumkin — ekologiya talablarining pasayishi tufayli texnologik jarayonlarni soddalashtirish). Mahalliy aholi orasidan xodimlarni jalb qilish imkoniyati mamlakatni o‘zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Nihoyat, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni: biznesga, xususan, chet el korxonalariga munosabat, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ko‘rib chiqish zarur. Bu guruhdagi sharoitlar firmaning tarmoq yoki boshqa o‘ziga xosliklaridan qat’iy nazar, ayrim qo‘shimcha omillar bilan uyg‘unlikda mamlakatning investitsion jalb etuvchanligini tashkil etadi. Investitsiyalar xalqaro faoliyatning yagona mumkin bo‘lgan turi hisoblanmasligi sababli bu guruh hal qiluvchi rol o‘ynamaydi, lekin uning ahamiyati katta. Download 362.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling