Firmalarning chet elda raqobati
O‘ziga xos tabiiy resurslar, arzon yoki malakali ishchi kuchining mavjudligi u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiradi va firmaga past xarajatlar tufayli raqobat qilish imkonini beradi. Xalqaro amaliyotda ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishni ishchi kuchi arzon bo‘lgan mamlakatlarga ko‘chirish keng tarqalgan (masalan, televizorlar ishlab chiqarish — AQShdan Meksikaga, chiplar ishlab chiqarish — Yaponiyadan Janubiy Koreyaga va h.k.). Qulay ishlab chiqarish omillariga ega mintaqada bir nechta raqobatchi firmalarning paydo bo‘lishi ular o‘rtasida raqobatning kuchayishi va natijada ularning tarmoqagi yetakchilik pozitsiyalari mustahkamlanishiga olib keladi. Nou-xaularni bir korxonadan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazuvchi va yangiliklar kiritishni
13 М. Портер. Международная конкуренция. М.: Международные отношения, 1993. С. 149.
69
tezroq joriy qilishga xizmat qiluvchi malakali ishchi kuchi mahalliy bozori vujudga keladi. Mintaqaviy hukumatlarning o‘lka farovonligining asosini tashkil etuvchi muhim soliq to‘lovchilarga e’tiborning kuchliligi bu vaziyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Mahalliy iste’molchi haddan ortiq talabchan bo‘lib qoladi va shu tariqa sifatni oshirish va narxni pasaytirishni rag‘batlantirib, chet ellik raqobatchilardan o‘zib ketishga yordam beradi.
Firmalar strategiyasi, ularning strukturasi va raqobat
Imkoniyatlar
Talab sharoitlari
Ishlab chiqarish omillari
Yo’ldosh va qo’llab Hukumat quvvatlovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |