3-bob. Global boz
Download 362.03 Kb.
|
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- G lobal strategiy a l a r
Ko‘pmillatli strategiya
Ko‘pmillatli strategiya firma faoliyat ko‘rsatayotgan joyda har bir mamlakat sharoitlariga strategik yondashuvga moslashishdan iborat. Bu maqsadli mamlakatlarda yuridik mustaqil kompaniyalar tashkil qilish, ushbu mamlakat sharoitlariga mos keladigan xususiy strategiyalar ishlab chiqishni anglatadi. Mazkur strategiya shuningdek, mahalliy ta’minotchilarga yo‘nalganlik va milliy talab, madaniyat va an’analarga moslashuv bilan ham tavsiflanadi. Ko‘pmillatli strategiyaning asosiy maqsadi, jahon hattoki mamlakat miqyosida raqobatli afzalliklarga erishish emas, balki mamlakatning mahalliy sharoitlariga muvofiqlikni ta’minlash hisoblanadi. KMK uchun ko‘pmilliy strategiya – bozorning o‘ziga xosliklari bilan asoslanadigan majburiy qadamdir. Global strategiyalar Global raqobatli tarmoqlarda firmaning bir mamlakatdagi pozitsiyasi uning boshqa mamlakatdagi pozitsiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Firmaning milliy bozorda egallab olgan raqobatli afzalliklari boshqa mamlakatlarda paydo bo‘ladigan afzalliklar bilan to‘ldiriladi. Tovarlar sotish-firma tovarlarini sotishning muhim bozorlari bo‘lgan mamlakatlarning ko‘pchiligida amalga oshiriladi. Bu ITTKI xarajatlarini qisqartiradigan va uning so‘nggi yutuqlaridan foydalanish imkonini beradigan darajada faoliyat ko‘lamini nazarda tutadi. Asossiy vazifaga qadriyatlar zanjirini, uning bo‘g‘inlarini aniqlash va faoliyatni jahon miqyosida amalga oshirish aylanadi. 72
Global strategiyada ikkita usuldan foydalanish ko‘zda tutiladi, ular tufayli firmalar raqobatli afzallikka erishishi yoki biron-bir mamlakatdagi faoliyat kamchiliklarini yashirishi mumkin: birinchidan, ko‘plab mamlakatlar bozorlarida eng yaxshi ishlash uchun turli mamlakatlarda eng yaxshi ishlarni joylashtirish; ikkinchidan, joylashtirilgan bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Ikkala usul ham korxona faoliyatining eng yaxshi natijalariga erishish, qimmatni maksimallashtirishga (M.Porter atamalari bo‘yicha) yo‘naltirilgan. Shu nuqtai nazardan texnologik zanjirning tovarni yakuniy iste’molchiga yetkazib berishdagi har bir qatnashchisi ma’lum bir qiymat qo‘shadi. Birinchi usulda umumiy qiymatning oshirilishiga mamlakatlar afzalliklaridan foydalanish hisobiga, ikkinchi usulda esa – KMKni yaxshiroq tashkil qilish, masalan, bo‘linmalarni ixtisoslashtirish, texnologiyalarni ko‘chirish yoki savdo markasidan foydalanish evaziga erishiladi. Xaridor bilan ishlashga yo‘naltirilgan faoliyat bevosita unga yaqinlikda joylashishi lozim (bu marketing, tovarlarni tarqatish va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish). Ishlab chiqarishning ma’lum bir turlari xaridorga imkon qadar yaqin joylashishi lozim bo‘lib, bu transport xarajatlarining yuqoriligi, shuningdek, xaridor bilan uzviy hamkorlik qilishga bog‘liq. Download 362.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling