3-bob. Global boz
Download 362.03 Kb.
|
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsul o t
- Bazis strategiyani tanlash
Firma strategiyasi
Firmaning xalqaro strategiyasi uning xalqaro maqsadlari majmuini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlarning kengaytirilgan tavsifi hisoblanadi. Ko‘pchilik maqsadlar ularni amalga oshirish uchun turli usullarga ruxsat beradi va bu usullar yig‘indisi muqobil strategiyalar to‘plamini tashkil qiladi. Xususan, M. Porterga ko‘ra, bozorda muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti raqobatli afzallikning mavjudligi hisoblanadi. U mahsulot ishlab chiqarish yoki differentsiyalashda xarajatlarning kamligidan iborat bo‘lishi mumkin; muayyan afzallikka nisbatan u yoki bu raqobat sohasini tanlash namunaviy marketing strategiyalaridan birini tanlashni anglatadi. Chet ellik hamkorlar bilan birgalikda yangi mahsulot ishlab chiqish qo‘shma korxona tashkil qilish yo‘li bilan yoki tomonlarning har biri bajarilgan ishlar uchun javobgarligi ko‘zda tutiladigan hamkorlik haqida shartnoma asosida bajarilishi mumkin. Xalqaro menejment nuqtayi nazaridan bozorga chiqariladigan mahsulot xarakterini belgilab beruvchi bazis strategiyani tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bazis strategiyani tanlash Strategiya A ko‘pincha xarajatlarni tejashga yo‘nalganlik bilan bog‘lanadi va u yuqorida aytib o‘tilgan raqobatli afzallikka erishishning yo‘llaridan biri sifatida foydalanilishi mumkin; V ni tanlash e’tiborni marketing masalalariga jamlaydi, S ni tanlash esa — ilmiy-tadqiqotchilik sohasiga qaratadi; nihoyat, strategiya D yuqori tahdid bilan ajralib turadi, bu uning qo‘llanish ko‘lamini chegaralaydi. Ularni aralashtirish tavsiya etilmaydigan raqobatli afzalliklar olish strategiyalaridan farqli o‘laroq, bu yerda {A > V > S}, {S > D} va h.k. 58 Ketma-ketlikda belgilangan davr davomida ochiladigan turli variantlarni birgalikda qo‘llashga ruxsat etiladi. Shuningdek, firma umumiy strategiyasi uchun istisnosiz barcha maqsadlarni amalga oshirishning muhimligini qayd etish joiz. Ulardan birontasining «osilib qolishi» qator sabablarga ko‘ra, jumladan, uni ushbu strategiya doirasida amalga oshirib bo‘lmasligi tufayli ro‘y berishi mumkin. Download 362.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling