3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi
Download 433.02 Kb. Pdf ko'rish
|
3 Moliyaviy hisob va hisobot
Quyidagi jism oniy shaxslar soliq solishdan ozod qilingan
(Soliq kodeksi 180-modda): 0 xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ulaming o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari; 0 xorijiy davlatlar diplom atik vakolatxonalari va konsul lik muassasalarining m a’muriy-texnik xodimlari hamda ulaming o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari; 0 xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar; 0 xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar; 0 xalqaro nohukumat tashkilotlaming mansabdor shaxslari; 0 yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar - yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan meh nat shartnomasiga ko‘ra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari bo‘yicha. Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to ‘rt baravari miq- doridagi daromadlar bo ‘yicha) ozod qilinadi: 1) 0 ‘zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, M eh nat Qahramoni unvonlariga sazovor b o ‘lgan shaxslar, uchala darajadagi «Shuhrat» ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Maz- kur imtiyoz tegishincha 0 ‘zbekiston Qahramoni unvoni berilgan- ligi to ‘g ‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘ limning ma’lumotnomasi asosida beriladi; 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxs lar; 3) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek, I va II guruh nogironlari. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-meh- nat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 4) sobiq SSSRni, 0 ‘zbekiston Respublikasining konstitu- tsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya b o ‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda b o iis h bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari); 5) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar. Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalo- latnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan taqdim etiladi- gan ma’lumotnoma asosida beriladi; 6) ikki va undan ortiq o ‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor va boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar; 7) bolaligidan nogiron bo ‘lgan, doim iy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota- onadan biri. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi, birgalikda yashashga taalluqli qismida - fuqaro larning o ‘zini o ‘zi boshqarish organining m a’lumotnomasi asosida beriladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan tegishli davming har bir oyi uchun eng kam ish haqlari- ning summasi) hisobga olinadi. Bunda jismoniy shaxslardan olina digan daromad solig‘i summasini, shuningdek, eng kam ish haqi ning karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlami hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi miqdorining joriy yilning 1-yan- varidagi holati inobatga olinadi. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga 0 ‘zbe- kiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi: • mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbayida soliq solinmagan bo‘lsa; • fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar; • asosiy bo‘Imagan ish joyidan olingan moddiy n af tarzidagi daromadlar; • ikki yoki undan ko ‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar; • 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalar- dan olingan daromadlar; • soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar. Agar soliq toiovchining asosiy boim agan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uning arizasiga ko‘ra belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to ‘g ‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi. 3.3-jadval Download 433.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling