3-bosqich 319-guruh talabasi abdullayeva gulchiroyning texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari fanidan tayyorlagan
Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati
Download 373.64 Kb.
|
Abdullayeva Gulchiroy
1.2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligi bilan umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. SHuningdek ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘laroq javob berishi kerak. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. O'quvchilar mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi noan'anaviy ta’lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelayotgan ta’lim printsiplari: ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, o’quvchilarning ongligi va faolligi, ko’rgazmalilik, o’quvchilarni puxta bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o’quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari printsipi, o’quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv printsipi, o’quv ishlarini insonparvarlashtirish printsiplaridan foydalanishni taqozo etadi. Umumiy o'rta ta'limda yuqori sinf o'quvchilarining ijtimoiy hodisalarni mustaqil va ijodiy tahlil qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim va ko'nikmalarini o'rganishda anhanaviy metodlar bilan birgalikda interfaol metodlar ham katta yordam berishi mumkin. Bir tomonlama muloqotni ko'zda tutuvchi savol-javob usulidan farqli ravishda faol ta'lim metodlari yoshlarning o'zlashtiriladigan bilimlarga munosabati to’g’risida ham xulosa chiqarishiga imkon beradi. Download 373.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling