3-bosqich 319-guruh talabasi abdullayeva gulchiroyning texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari fanidan tayyorlagan


Download 373.64 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi373.64 Kb.
#1624902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdullayeva Gulchiroy




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAXSUS SIRTQI TA’LIM VA
MASOFADAN O’QITISH BO’LIMI
MEHNAT TA’LIMI YO’NALISHI
3-BOSQICH 319-GURUH TALABASI
ABDULLAYEVA GULCHIROYNING
TEXNIK IJODKORLIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: _______________
Qa’bul qildi: _______________

Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari


Reja:
Kirish…………………………………………………………………….………3
I Bob. Ijodkorlik tushunchasi.
1.1.Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlariing mohiyati va vazifalari.…..5
1.2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati………….…..7
1.3. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. …………………………………….…8
II Bob. O‘quvchilarlarda Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari qobilyatini rivojlantirish.
2.1. O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari………………………………………………………….……………9
2.2. Ijod va ijodkorlik faoliyati……………………………………………………10
2.3. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati……………………………………………………………………….....17
Xulosa…………………………………………………………………………....22
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….……24

Kirish
Mavzuning dolzarbligi.Ta’lim va tarbiya sohasidagi chuqur islohotlami amalga oshirish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini ro‘yobga chiqarish, yuqori malakali kadr, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda barcha ta’lim muassasalari oldiga murakkab, ko‘p qirrali va mas’uliyatli vazifalar yuklangan. 0‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risida“gi qonuni hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da o‘rta maxsus, pedagog kadrlami tayyorlash va ulaming malakasini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda kasb ta’limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi va amalda dastlabki meyyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga yaqqol misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida",
"Axborotlashtirish to’g'risida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlami va Ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida",
"Aloqa to'g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalami o’zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
Mazkur maqsadga erishishda quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko'zda tutilgan:
- o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik
ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo'lish;
- texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
- kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha
tushunchalarga ega bo'lish;
- texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish
ko'nikinalarini hosil qilish;
- texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
- mustaqil ravishda texnik obyektlami va ularning modellarini loyihalay olish;
- texnik ijodkorlik bo'yicha sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun
moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
- respublikada o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to'g’risida tushunchalarga ega bo'lish;
- o'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
- texnik ijodkorlik to'garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
- to’garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;
- sinfdan va maktabdan tashqari o'quv mashg’ulotiarida texnik ijodkorlikni shakllantirishning metodik asoslarini bilish;
- ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlami tashkil qilish va o'tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.

Download 373.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling