3-bosqich 319-guruh talabasi abdullayeva gulchiroyning texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari fanidan tayyorlagan


Ijodkorlik tushunchasining mohiyati


Download 373.64 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi373.64 Kb.
#1624902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdullayeva Gulchiroy

1.3. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati.
Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin, ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining ijodkorligi avval uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala echish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashda namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi – uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishdir.
Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir. O‘qitishdagi individual yondoshish ham ta’lim jarayonining muhim talabidir. O‘qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o‘tishda, mustahkamlashda va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzishda va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o‘quvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi.
SHaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rolь o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rolь o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib xulosa olishga erishish.
YUqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Faqatgina buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.

Download 373.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling