3-bosqich 319-guruh talabasi abdullayeva gulchiroyning texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari fanidan tayyorlagan


Download 373.64 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi373.64 Kb.
#1624902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdullayeva Gulchiroy

Kurs ishining maqsadi: O‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari, ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqish, o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish, darsdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish, o‘quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlari batafsil yoritib berish.
Kurs ishining vazifasi: Ushbu kurs ishi Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlarini rivojlantirishga oid masalalaming bayoni bo‘lib, maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalaming, mehnat to‘garaklaming rahbariariga mo‘ljallangan

1.1.Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlariing mohiyati va vazifalari
Talabalarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi.
Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
• o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lishi;
• texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
• kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;
• texnik masalalarni echish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
• texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
• mustaqil ravishda texnik ob’ektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
• texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
• respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
• o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilishi;
• texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik ob’ektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
• to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
• sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
• o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni ilmiy asoslarini bilish kerak.
Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko’z oldimizga keltiradigan bo'Isak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon bo'luvchi xususiyati ekanligini ko'ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta'lirn tizimini ham o’z tahsir doirasiga oigan. Shunday ekan, jahonda o’zining munosib o’rniga ega bo’lib borayotgan respublikamiz ta'lirn tizimiga tatbiqan shaxs sifatlarining muhim qirralari bo’lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham shaxsni tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh subyekti va obyekti sifatida o'quvchi shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratib bergan.


Download 373.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling