Oila rasmi” testi. Oila bola koʻzi bilan
Download 25 Kb.
|
Oila rasmi 6-10-yosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotni oʻtkazish uchun
“Oila rasmi” testi. Oila bola koʻzi bilan Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an’ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta’sirini oʻrganishda juda koʻp ishlar qilmoqdalar. Bola ota–onaning faqatgina tarbiyaviy ta’sir etish mahsuli emas. U oʻz oilasini oʻzicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi oʻz oʻrnini oʻzaro aloqada belgilaydi va oilada oʻzini oʻzicha anglaydi. Bolalar roʻy berayotgan hodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar. Biz qachonki atrofimizdagi olamni bola koʻzi bilan koʻrishga oʻrganib olganimizdan soʻnggina, ularni toʻgʻri tushunamiz, hayajonlariga, qaygʻulariga yordam bera olamiz. Eston psixologi G.Xementaskas tomonidan ishlab chiqilgan mashxur “Oila rasmi” testi kattalarga dunyoni bola koʻzi bilan koʻrishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning oʻz oilasiga bergan shaxsiy bahosi haqida, oila a’zolari bilan boʻlgan munosabatlari, bola nimalarni idrok qila olmasligi, nimalarni kuchli xayajon bilan his qilishi haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz ravishda xavotirga solsa, xuddi shu narsalar bolalarning rasmlarida ifodalanadi. Oila rasmi bola shaxsining psixologik portretidir. Bu testni 3 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin. Psixologlar bu testdan bolaning oiladagi “Men”ini oʻrganish maqsadida foydalanadilar. Bu testni oʻtkazish pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni oʻqituvchilar, maktab psixologlari va ota – onalar oʻtkazishlari mumkin. Tadqiqotni oʻtkazish uchun: 21 x 29 sm hajmidagi oq qogʻoz, oʻchirgʻich kerak. Bolaga: “Iltimos, oʻz oilang rasmini chizib ber” - deb aytiladi. Lekin “oila” nima ekanligi haqida tushuntirilmaydi, chunki tadqiqot oʻtkazishning maqsadi oʻzgaradi. Topshiriqni oʻtkazish uchun vaqt chegaralanmaydi. Topshiriqni bola bajarayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: tarkiblarni chizish ketma – ketligi, tarkiblarni oʻchirilishi, bolaning izohlarga, his – hayajonga berilishi va xokazo. Topshiriq bajarib boʻlgandan soʻng bolaga quyidagi savollar beriladi: 1) Aytchi, sen bu rasmda kimlarni chizding? 2) Ular qaerdalar? 3) Ular nima qilyaptilar? 4) Ular xursandmilar, yoki biron narsadan zerikkanmilar? 5) Ulardan qaysi biri baxtli? Nimaga? 6) Ulardan qaysi biri juda baxtsiz? Nimaga? “Oila rasmi” testini tahlil qilish uchun: a) bolaning yoshi, b) oila a’zolarining sonini v) aka, uka, opa, yoki singillarining yoshini bilish kerak. Download 25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling