Odatdagi tushunchaga ko’ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan istedodli odamlarning qismatidir


Download 479.88 Kb.
bet1/10
Sana27.12.2022
Hajmi479.88 Kb.
#1068953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
texnik ijodkorlik


­­­­­
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Qo’qon Davlat Pedagogika instituti
Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at fakulteti
Texnologik ta'li yònalishi
02/ 19 guruh talabasi
Meliqo'ziyeva Dildoraxonning
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan
O’quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini asosiy yo’nalishlarni rivojlantrish
Mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Bajardi______ Meliqo’ziyeva D.
Qabul qildi_____ _______________.
Mundarija

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari

    2. Texnik ijodkorlik mashg’ulotlarida o’quvchilarni rivojlantrish

    3. O’quvchilarning texnik va grafik savodxonligini shakillantrish

  3. Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Odatdagi tushunchaga ko’ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan istedodli odamlarning qismatidir.
Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni oylab topishi, ozgina bolsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O’quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: oziga xos usul bilan masala echish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bolishi lozim. Oquvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda korgan dalil va hodisalarga boglay olishi, ularni togri baholab, dastlabki malumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.
Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa tolaroq kirib borishdir. O’qitishdagi individual yondoshish ham talim jarayonining muhim talabidir. O’qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki oquv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni otish, mustahkamlash va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzish va darsdan tashqari qoshimcha mashgulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa oquvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari osishida yana bir eshikni ochadi.
Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol oynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uygotadi.
Manaviy-ijodiy usullar shu tariqa oquvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol oynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. oquvchilarda bilishga qiziqishni uygota bilish;

  2. oquvchilarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda

masala qoyish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) organish kerak bolgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib,
xulosa chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning ozida yashiringanligini tushunadilar. Buning uchun o’qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan istedodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, oz ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, marifatli bolish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, oqib – organish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.

Download 479.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling