Andijon davlat universiteti “Tabiiy fanlar” fakulteti “Biologiya” yo`nalishi 102-“B” guruh talabasi qurbonova dildoraxonning


Download 40.26 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi40.26 Kb.
#148149
Bog'liq
cho`jda tarqalgan oziq-ovqat Q.D


O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi



ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

“Tabiiy fanlar” fakulteti

“Biologiya” yo`nalishi

102-“B” guruh talabasi



QURBONOVA DILDORAXONNING

“Botanik resursshunoslik” fanidan tayyorlagan


Mavzu: Cho`l mintaqasida tarqalgan oziq-ovqat o`simliklari va ularning zahiralari.

Reja:

  1. Cho`l mintaqasi haqida umumiy ma`lumot.

  2. Cho'l o'simlarining tuproq sharoiti xususiyatlariga qarab taqsimlanishi (psammofitlar, gipsofitlar, galofitlar).

  3. Oziq-ovqat o`simliklari haqida tushuncha.

  4. Cho`l mintaqasida tarqalgan oziq-ovqat o`simliklar.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



Cho`l mintaqasi haqida umumiy ma`lumot. O`zbekiston- o`simliklarga boy o`lka. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu o`simliklar cho`l mintaqasidan tortib yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan.

Ozbekistonning yetuk botanigi, akademik Q.Z.Zokirov Zarafshon tog`ining boshlanishidan quyi etagigacha bo`lgan o`simliklarni uzoq yillar davomida o`rganish va tekshirish natijasida bu yerlarni to`rt mintaqaga- ekstraarid-cho`l, arid-adir, gumid-tog` va subnival- yuqori tog` (yaylov)ga bo`lish mumkinligini ko`rsatdi va bu atamalarni butun O`zbekiston va xatto butun O`rta Osiyo uchun ham tatbiq qilish mumkinligini aytdi.



CHo`l mintaqasi. Bu mintaqa O`zbekistonning tekisligining 400—500 m. balandlikkacha bo`lgan qismini o`z ichiga oladi va jumhuriyat yer maydonining 70% ni ishg`ol qiladi. CHo`l mintakasiga o`zbekistonning Qizilqum, Qarshi, Mirzacho`l kabi cho`llari, Markaziy Farg`ona, Ustyurt, Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon va Quyi Surhondaryo kabi regionlari kiradi.

CHo`l mintaqasining yozi quruq, jazirama, seroftob, yog`inga nisbatan

mumkin bo`lgan bug`lanish ko`p, qishi esa shu geografik kenglikda joylashgan o`rta dengiz atrofidagi mamlakatlarga nisbatan sovuq. Bu mintaqada yog`in miqdori kam bo`lb, uning g`arbiy qismida 80—100 mm, sharqida 250—300 mm, tog` oldi qismlarida esa 300—350 mm. ga yetadi. Aksincha, mumkin bo`lgan bug`lanish g`arbida 1000—2000 mm, qolgan qismlarida 1000 mm atrofida.Buning ustiga asosiy yog`in bahor, qishga to`g`ri kelib, jazirama yozda deyarli yog`in tushmaydi. SHu sababli cho`l mintaqasidagi o`simliklar uzoq davom etgan quruq va jazirama yozga moslashgan bo`lib, tanasi go`shtli, bargi sertuk, ildizi uzun. CHo`l mintaqasida namgarchilik yetarli bo`lgan bahor faslida efemer (bir yillik o`tlar) va efemeroidlar (ko`p yillik o`tlar) o`sadi. Bu davrda cho`l yashil rang tusini oladi. Bu o`simlik turlarining ildizlari qisqa (5—2o sm. chuqurlikkacha boradi) bo`lganligi tufayli yer osti suvlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. SHu sababli ular bahorda sernam bo`lgan davrda barq urib o`sib, yozgi jazirama issiq va quruq kunlar boshlanishi bilan qurib qoladi. Bunday o`simlik turlariga arpog`on, lolaqizg`aldoq, taroqbosh, qo`shoyoq, qoramoshoq, isfarak, chitir, kabi efemerlar, kovrak, iloq kabi efemeroidlar kiradi.Efemer va efemeroidlar mart, aprel oylarida o`sib, gullaydi, may oyining o`rtalaridan boshlab gullarini, so`ngra urug`larini to`kib, qurib qoladi. Natijada cho`l sarg`ish tusga kirib, so`ngra kserofit o`simliklar o`z vegetao`iya davrini davom ettiraveradi.

CHo`l mintaqasining asosiy qismini qumli, toshloq cho`llar qisman esa sho`rhok, taqir va to`qaylar tashkil etadi. Bularning tabiiy sharoiti bir -biridan farq qilganligi tufayli ularda har hil o`simliklar formao`iyalari o`sadi. Qumli cho`ldar Qizilkumning ko`p qismini, Qashqadaryoning quruq deltasini (Sonduqli qumligini), Surhondaryoiing kuyi qismidagi Kattaqumni, Horazm vohasi atroflarini, qisman va Markaziy Farg`onani o`z ichiga oladi.

Qumli cho`llarning ko`p qismi mustahkamlangan. Ko`chib yuruvchi qum-barhanlar Qizilqumda uchrab, hududining faqat 2 foizini egallaydi. Qumli cho`llarda juzg`un yoki qandim, quyonsuyak, tereskan, qizilcha, astragal, iloq (qum qiyog`i), selin, cherkaz, saksovul kabi o`simlik turlari o`sadi. Juzg`un (qandim) buta o`simligi bo`lib, ko`chib yu ruvchi qumliklarda, kichik marzasimon qumliklarda o`sadi. Juzg`unning 5o ga yaqin turi mavjud bo`lib, bo`yi 2 metrga yetib, dumaloq bo`lib o`sadi. Uning ildizi, har tomonga gorizontal holda tarqalib, uzunligi 2om. ga yetadi va qumni mustahkamlaydi.Ko`chib yuruvchi qumlari mustahkamlashda andemik o`simlik hisoblangan selinning ahamiyati katta. U ko`p yillik o`t bo`lib, dastlab barhan qumlarida vujudga keladi. Selinning bo`yi 1 metrga yetib, yon ildizlari uzun bo`lib, 1o metrdan oshadi. Ildiz poluk bo`lib, har tomonga yoyiladi va undan yangi selin tanasi paydo bo`ladi. Selin qumda o`sib uni biroz mustahkamlagandan so`ng juzg`un, bo`yi 3 metrga yetuvchi cherkaz, bo`yi 1,5—2,5 metrga yetuvchi quyonsuyak kabi o`simlikdar o`sa boshlaydi.

O`zbekiston qumli cho`llaridagi yana bir endemik o`simlik bu quyonsuyakdir. Uning ildizlari popukli bo`lib, qumni mustahkamlashga moslashgan. Quyonsuyak oralarida qumni uzun ildizlari bilan mustahkamlaydigan qum qiyog`i yoki iloq o`sadi. Do`ng qumlar mavjud bo`lgan yerlarda bo`yi 4—5 metrga yetuvchi oq saksovul, oq saksovul o`sadigan do`ng qumliklari orasidagi botiqlarda qora saksovul o`sadi. Oq saksovul o`sgan yerlarda yana darahtsimon cherkaz, chog`on, astragal kabilar, o`tlardan esa qiyoq, oq shuvoq, qora moh kabilar ham uchraydi.o`zbekistonning toshloq cho`llari Ustyurt platosida va Qizilqumdagi qoldiq tog`lar atrofida joylashgan. Toshloq cho`llarda o`simliklar siyrak o`sib, turlari ham kam. Asosiy o`simliklari burgan, qora boyalich, shuvoq, partak, singren, sag`an, keyrevuq, seta, isiriq kabilardir. Bahorda esa efemerlar qoplab oladi. Ustyurt platosida yuqorida qayd qilingan o`simliklardai tashqari saksovul va tatar rovochi ham uchraydi.

CHo`l mintaqasida yana sho`rhok va taqir yerlar uchraydi. SHo`rhoklar odatda grunt suvi yer betiga yaqin bo`lgan botiqlarda, eski daryo qayirlarida, do`ng qumlar orasidagi chuqur joylarda vujudga kelib, o`simliklar juda kam o`sadi. SHo`rhoklarda o`sadigan o`simliklar formao`iyasini galofitlar deyilib, ular go`shtdor, tanasida oppoq tuzi bo`lgan o`simliklardir. Bunday o`simliklar turkumiga boyalich, tereskan, keyrevuq, burgan, sarisazan, qorasho`ra, baliqko`z, sho`r ajriq, qora saksovul, yulg`un, itsiygak kabilar kiradi. Bu o`simliklar ichida qora saksovul uzoq yil (5o yilgacha) yashaydi va bo`yi 12 metrgacha yetadi. Qora saksovul 25 yil o`sib, rivojldnib borib, so`ngra u asta-sekin quriy boshlaydi. Qora saksovulning tanasi og`ir bo`lib, suvda cho`kadi. Undan yoqilg`i sifatida foydalaniladi. Taqirlar tarqalgan yerlarda o`simlik deyarli o`smaydi. Faqat taqir yoriqlarida va atrofida siyrak holda sho`ra o`simliklari uchraydi.

O`zbekiston cho`l mintaqasidagi daryo vodiylarida to`qay o`simliklari ham mavjud. Ularning elg muhimlari qizilmiya (solodko), chuchukmiya, ajriq, yantoq, qamish, savag`ich, ko`g`a, kendir, turong`il, tol, jiyda, yulg`in, jinvil, daraht va butalarga chirmashib o`suvchi ilonpechak, qo`ypechaklardir. To`qaylarda yana chakanda (oblepiha) ham uchrashi mumkin. CHo`l mintaqasining lyossli jinslar tarqalgan qismida va tog` oldi tekisliklarida efemer, efemeroid va boshqa o`t o`simliklari hamda chala butasimon shuvoq kabilar o`sadi. Bu joylarda seryomg`ir bahor faslida avval efemerlar va efemeroidlar zich o`sib, cho`lga chiroyli manzara beradi. Bu faslda qorabosh (rang), qo`ng`irbosh, boychechak, binafsha, lolaqizg`aldoq, chuchmoma kabilar barq urib o`sib, cho`l yashilqizg`ish tusga kiradi. Bulardan tashqari yana sassiqquvray, lola, gulsapsar, piyoz ildizlilar, ayiqtovoi, mingboshi, chalov, shuvoq, astragal, darmana, ba`zan isiriq, (garmala) kabilar ham uchraydi.


Cho'l o'simlarining tuproq sharoiti xususiyatlariga qarab taqsimlanishi (psammofitlar, gipsofitlar, galofitlar).Ma'lumki, o'simliklar va tuproqlar orasida o'zviy bog'liqlik mavjud. Shu boisdan ayrirn o'simliklar turlari yoki guruhi tuproqlar uchun indikatorlik vazifasini ham o'tashi mumkin. jumladan. o'simliklarga tuproqlarning kimyoviy xususiyatlari (gumus, tuz rejimi). fizik xususiyatlari (mexanik tarkibi, strukturasi. nam sig'imi. zichligi. h.k) va ular bilan bog'liq mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug'lar. suv o'tlari tarkibi va h.k) ma`lum ta'sir ko`rsatadi. Tuproqqa va u orqali o'sirnliklarga shuningdek tog' jinslari ham ta'sir ko'rsatadi.

Tuproqlarning ozuqa moddalari miqdori, kislolalik darajasi, tuz rejimi va mexanik tarkibiga rnunosabatiga qarab, odatda o'simliklar bir necha guruhlarga ajratiladi. O'simliklar tuproqdagi ozuqa moddalari miqdoriga munosabatiga qarab 3 guruhga a,jratiladi: I) unumli luproqlar o'simliklari; 2) o'rta unumdor tuproqlar o'simliklari; 3) kambag'al tuproqlar o'simliklari.

Birinchi guruhga-shuvoqlar, efemeroidlar vakillarini kiritish mumkin.

lkkinchi guruhga - talaygina g'alladoshlar, dukkakdoshlarga oid turlar kiradi. Masalan, sebargalar ularga misol bo'laoladi. Albatta, o'simliklari bunday guruhlarga ajratish shart1i hisoblanadi; ular orasida aniq chegara ajratib bo'lmaydi, albatta. Bu masalaga aniqlik kiritish uchun o'g'itlash vositasida sinash orqali amalga oshirilishi rnumkin. Hosildorlik o'rta unumdor tuproqlar sharoitida o'g'itlash o'simliklaming hosildorligini keskin oshiradi. Chunonchi, g'alladoshlar azot, fosfor, kaliy bilan taminlangan tuproqdarda eng yuqori xosil to'plasa, dukkakdoshlar fosfor, kaliy va mikroelementlar bilan boy luproqlarda eng yuqori hosil to'plashi aniqlangan.

O'simliklarning tuproq sho'rlanishiga qarab bo'linishi masalasini ko'rib chiqaylik. Sho'r1angan tuproqlarda o'sib, rivojlanishga va urug' hosil qilishga moslashgan o'simliklarga galofitlar deyiladi: "galos" - sho'r, tuz; "fiton" - o'simlik, ya'ni sho'rsevar o'simliklar degani. Galotillar qaysi belgilari va moslashishlari vositasida sho'r1angan tuproqlar sharoitida o'saoladi?

• tarkibida juda ko'p miqdorda (30% gacha) kul moddalari saqlaydi;

• to'qima suyuqligining kontsentratsiyasi juda yuqori va to'qimalaming osmotik bosimi ham juda baland bo'lib 100-150 atmosfei'aga ctadi;

• aksariyat galofitlar sershira va seretli turlar hisoblanadi.

Galotitlaming sho'rlangan tuproqlarda o'sishiga moslashganligining yana bir belgisi ulaming bir necha turlari (oq sho'ra, yulgun. sho'ra ijriq) o'z to'qimalarida to'planadigan tuzlaming bir qismi tashqariga chiqarib to'qima tarkibida ma`lum kontsentratsiyasinigina saqlayolishga moslashgan; boshqa birlari esa o'z to'qima tarkibiga ortiqcha tuz miqdorini o'tkazmaydi va h.k.

Galofitlar sho'r1angan muhitda o'sishga moslashish yo'llariga qarab 4 guruhga ajratiladi;

1) tuz to'plovchi galofitlar (evgalofitlar). Bu guruhga sho'r1anishga o'ta chidamli turlar-soleros Salicornia herbacea kiradi. Ular kuchli sho'r1angan va nam tuproqlarda o'sadi, o'z to'qimalarida ko'p miqdorda tuz to'playdi va saqlayoladi (10.1% MaSI, NalS04), osmotik bosimi juda yuqori (100-200 atm). ildizining so'rish kuchi ham juda yuqori.

2) Sho'r ajratuvchi (krinogalofitlar) galofitlar kuchli va kam sho'r1angan tuproqlarda ham o'sadi. Ularga kermek (oq sho'ra) misol bo'ladi. Uning ho'jayra protoplazmasi tuzlami yaxshi o'tkazadi va ortiqcha tuzlar maxsus tuz ajratuvchi bezlar vositasida tashhariga chihariladi; o'simlikda tuz miqdori ko'payaverishi bilan bunday bezlar miqdori ortaboradi. Bezlardan tashhari bu guruh o'simliklar bir qism tuzga to'ygan barglari, ildizlarini to'kish vositasida ham ortiqcha tuz miqdoridan ozod bo'lishi mumkin.

3) Sho'r o'tkazmaydigan galofitlar (glikogalofitlar). Bu guruh odatda kamroq sho'r1angan tuproqlarda tarqalgan. Ulaming vakillari Artemesia maritima. Hujayra plazmasi tuzlami deyarli o'tkazmaydi, osmotik bosim esa assimilyatsiya mahsulotlari hisobidan sodir bo'ladi.

4) Tuzlarni alohida ajratuvchi galofitlar. Unga misol oq sho'ra Atrifllex tatarica hisoblanadi. Bu tur galofitlarda protoplazma orqali o'tuvchi tuzlar maxsus bezlar vositasida tuzlami protoplazmaga o'tishiga to'sqinlik qiladi va shu asosda tuzlarning ziyonidan saqlana oladi.

Galofitlar morfologik belgilari jihatidan odatda 2 guruhga ajratiladi:

a) shirali galofitlar - ularga baliqko'z, quyonjun. haridandon. donasho'r, anabazis. qora saksovul misol bo'ladi.

b) quruq galofitlarga-seta, girginzoniya, qumarehiqlar kiradi.

O'zbekistonning cho'l xududlari sharoitida galofitlar sho'rxoklar va taqirlarda. sho'r maydonlar atroflarida tarqalgan.

O'simliklaming tuproqlarga nisbatan munosabati haqida gap borar ekan yana 2 tushuncha-gipsotitlar va psammotitlar ustida to'xtalmoq o'rinli.

Gipsofitlar tushunchasi gipsli cho'llar tushunchasi bilan bevosita bog'liq. Gipsli cho'llar deganda uchlamchi bur tekisliklar, qadimiy allyuvial tekisliklar va qoldiq past tog'lardan tashkil topgan va o'ta kontinental iqlimli maydonlar tushunilishini yuqorida ta'kidlagan edik.

O'zbekistonda gipsli cho'l maydonlari salmoqli o'rin egallaydi; Respublikamiz cho'l xududida eng yirik gipsli eho'l tipi bo'lib Ustyurt platosi hisoblanadi. Gipsli cho'llarga xos harakterli xususiyat-tuproq qatlamining yuza qismida (20-80sm chuqurlikda) gips (SaS04+6N20) tuzining joylashganligidir. Odatda, bu gips kristall yoki amorf shaklida bo'lib, uning joylashish chuqurligi va qatlami turli-tuman. Gipsning o'zi o'simlik qoplamiga bevosita salbiy tasir ko'rsatmaydi, biroq mexanik to'siq sifatida yog'ingarehilik hisobidan to'planadigan nam zahiralarga va ildiz sistemasining tuproqqa chuqurroq rivojlanishida malum darajada salbiy tasir ko'rsatadi.

Gipsli cho'llarda mazkur muhitda o'sishga moslashabilgan o'simliklar -gipsofit (gips va fiton-o'simlik)lar o'sadi.

Tipik gipsofit turlar jumlasiga buyurgun Anabasis salsa, tasbuyurqun Nanapbyton erinaceum, quyrovuq Salsola orientalis, tetir Salsola gemascens, singren Astragalus villosissimus, partek Sonvolvulus hamadae va boshqalar kiradi.

O'zbekistonning eng yirik ekologik eho'l tiplaridan biri qumli eho'llar hisoblanadi; uning umumiy maydoni 9 min. gektar dan ortiq, yoki barcha tabiiy o'simliklar maydoning haryib 27% ni egallaydi. Respublikamizning eng yirik qumli el;o'l xududi Qizilqum hisoblanadi. Qumli cho'llarga Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida joylashgan Sunduqli; Surxandaryoning quyi oqimi, uning o'ng qirg'og'ida joylashgan Kattaqum, Markaziy Farg'onaning qumli maydonlari va Xorazm viloyatining anchagina qismi ham mazkur ekologik tipni tashkil etadi.

Qumli cho'llarda o'suvchi jami 320 turning 174 tasi qumni sevuvchi (psammotit: "psammos" - qumni yoqtiruvchi, "titon" -o'simlik) tur hisoblanadi. Qumli cho'llarda tarqalgan tipik psammofitlarga qandimlar, oq saksovul, cherkez, quyon suyak, iloq, selinlar, qumarchiqlami misol qilib keltirish lozim. Psammofitiarning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar: eildiz tizimi juda kuchli, ayniqsa, yonboshga qarab kuchli rivojlallgan. Masalan. qandimlar yoki cherkezning ildizi chuqurlikka qarab 4-5 metrga va yonboshga 10-20 m gacha rivojlanadi. Selin1ar, qiyoqning ildizi sementlashgan tuproq qobig'i bilan qoplangan bo'lib, ular ochilib qolgan taqdirda ham uni ko'rib qolishdan asrab qoladi. Boshqa ekologik tiplarga nisbatan o'simlik turlari nisbatan boy va turli hayotiy shakllar - butalar, yarim butalar va o'tchil turlar dan tashkil topgan. o'simliklarning zichligi nisbatan siyrakroq (ayniqsa butalar va yarim butalar). O'simliklaming vegetatsiya davri ancha davomli.



Oziq-ovqat o`simliklari haqida tushuncha. Yer yuzida tarqalgan barcha o`simlik resurslarining 2000 ga yaqini insonning maqsadlari uchun eng ko`p ishlatiladi. O`zbekiston florasidagi 4500 ga yaqin yuksak o`simliklarning 40 %i foydali o`simliklar hisoblanadi. Ulardan 1700 tasi yem-xashak, 350 dan ortig`i oziq-ovqat, 580 tasi dorivor, 650 tasi efir-moyli, 400 dan ortig`i bo`yoqbop, 270 dan ortig`i oshlovchi, 670 tasi asal-shirali o`simliklar hisoblanadi.

Oziq-ovqat o`simliklari yer sharida va O`zbekistonda juda keng tarqalgan va keng qo`llaniladi. Ularning orasida noyob vakillari ham ko`plab uchraydi va ular O`zbekiston va qo`shni davlatlar Qizil kitoblariga ham kiritilgan. Oziq-ovqat o`simliklarining hozirgi tasnifi 1952-yilda Gross Geym tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, 9 ta kichik guruhni o`z ichiga oladi. Bu guruhlar quyidagilardan iborat:



  1. Nonli-yormali osimliklar (Bug`doydoshlardan: bug`doy, apa, tariq, perlovka);

  2. Savzavot –poliz o`simliklari;

  3. Oqsil beruvchi o`simliklar. Bu guruhga burchoqdoshlar oilasi vakillaridan noxat, mosh kabilar kiradi;

  4. Krahmalli o`simliklar (qo`g`a, qamish, qatron);

  5. Shakar beruvchi o`simliklar (shakarqamish, andiz, lavlagi);

  6. Ho`l mevali o`simliklar;

  7. Quruq mevali o`simliklar;

  8. Ichimlik tayyorlaydigan o`simliklar;

  9. Ziravor va o`tkir ta`mli o`simliklar;

Ozbekiston florasida yovvoyi holda o`suvchi oziq-ovqat o`simliklari muhim o`rinni egallaydi. Ular qatoriga gazanda (chayono`t, qichitqi o`t), otquloq, oq sho`ra, machin, semiz o`t, gulbeorkabilar kiradi.

O‘zbekistonda eng ko‘p ekiladigan madaniy o‘simliklar sirasiga paxta, makkajo‘xori, bug‘doy, sholi, mosh, loviya, no‘xat, zig‘ir, kunjut, arpa, javdar, tariq, qovun, tarvuz, qovoq, oshkadi, kartoshka, pomidor, piyoz, shirin va achchiq qalampir, turp, bodring, sholg‘om, sarimsoq va boshqalar kiradi. O‘zbekistonlik bog‘bonlar har yili olma, nok, o‘rik, shaftoli, anor, behi, olcha, gilos, yong‘oq, olxo‘ri, shotut, xurma, jiyda, chilonjiyda, uzum, anjir, pista, bodom, ko‘ksulton kabi mevali daraxtlarning o‘nlab navlaridan yuqori hosil yig‘ishtirib oladilar. Bularning hammasi oziq-ovqat o`simliklari hisoblanadi.

Oziq-ovqat o`simliklariga eng boy oilalardan biri bu bug`doydoshlar oilasidir. Bu oilaga Yer sharidagi quruqlikning deyarli hamma qismida tarqalgan 600 turkum va 10 000 ga yaqin turga mansub bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tlar, qisman daraxtsimon o’simliklar kiradi. O’zbekistonda bug’doydoshlarga mansub 91 turkumga kiruvchi 271 tur o’simlik o’sadi.

Bug’doydoshlarning ildizi qo’shimcha ildizlar yig’indisidan tashkil topgan popukildiz tizimli. Poyasi silindrsimon, tik o’sadi, bo’g’imlarga bo’lingan. 100 -(150-200). Bug’doydoshlarga mansub o’simliklar poyasi poxol yoki somon poya deb ataladi. Barglari oddiy, .

ikki qator bo’lib bo’g’imlarda o’rnashgan. Barg ikki qismdan: poyani o’rab olgan pastki qismdan — bargqinidan va qayrilgan qayishsimon, nashtarsimon, tuxumsimon yoki bigizsimon shaklli barg yaprog’idan iborat. Barg yaprog’ining tagida yoki uning qindan ajralgan yerida kichkina, yupqa, pardasimon o’simta bo’ladi. U tilcha deb ataladi. Tilcha yomg’ir paytida, barg qinining ichiga suv kirishidan saqlaydi.

Gullari mayda, rangsiz, ko’kimtir, boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar esa 1 – 10 yoki undan ko’p gulli bo’lib, o’z navbatida murakkab boshoq, so’ta, ro’vak sulton kabi to’pgulga yig’ilgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Har bir boshoqcha ostidan ikkita (ostki va ustki) boshoqcha qipig’i bilan o’ralgan. Uning ichida ikki gul qipig’i bilan o’ralgan gulning asosiy qismi — changchilar va urug’chi o’rnashgan. Gul qipig’ining boshoqcha o’qidan chiqqan etli va kattarog’i ostki gul qipig’i, uning qarshisidagi gulbanddan chiqqan, kichikroq, nozik va mayini ustki gul qipig’i deyiladi. Changchilari ko’pchiligida 3 ta, ba’zan 2 ta yoki 6 ta. Urug’chisi bitta, tumshuqchasi 2 – 3 ta bo’lib, patsimon shoxlangan. Mevasi quruq, bir urug’li dondir. Oziq-ovqatning asosiy manbalaridan biri va qadim zamonlardan beri ekilib kelinadigan o’simliklar – bug’doy, sholi, tariq, makkajo’xori va oqjo’xorilar bug’doydoshlar oila-siga mansubdir.



Cho`l mintaqasida tarqalgan oziq-ovqat o`simliklar. HALOXYLON APHYLLUM saksovul (o'zb), seksovul (qoz). Botanik tavsifi: sho'radoshlar oilasiga mansub daraxtsimon buta, bo'yi 3-4 m, qulay sharoitlarda 5-6 metrgacha etadi. Tanasi sershox, to'g' kulrang, bir yillik novlari to'g' yashil. silindrsimon. Barglari vazifasini aynan bir yillik assimiyatsion novdalar bajaradi. IIdiz tizimi kuchli rivojlangan bo'lib tuproqning nam qatlamlarigacha yetib boradi. Ekologiyasi va areali: cho'l xududlarida tarqalgan tur. Tabiiy holda vohasimon past tekisliklar, eski daryo o'zanlari, zichlashgan, qisman ko'chuvchan qumlar sharoitida o'ziga xos siyrak "cho'l o'rmonlari" hosil qiladi. Qum, sho'rxok tuproqlar, qo'ng'ir-bo'z va bo'z tuproqlarda tarqalgan. Markaziy Osiyo (Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'izistoll) cho'llaridan tortib Eron, Afg'oniston, Mo'g'iliston, Xitoy cho'llarigacha bo'igan maydonda tarqalgan.

Fenologiyasi: martning oxiri-aprelning boshlarida ko'karaboshlaydi, aprelning o'rtalarida gul\aydi, sentyabrda urug' hosil qiladi: urug'lari noyabrning boshlarida pishgach, sovuq va shamollar ta'siridan to'kilaboshlaydi. Generativ fazasi 5-6 yoshligidan boshlanadi. Tabiiy saksovulzorlaming hosildorlik ko'rsatgichlari turlicha bo'lib o'sish sharoitlari va tup soni zichligi bilan belgilanadi.

To'yimliligi: saksovul ozuqasining to'yimliligi quyidagi ko'rsatgichlar bilan tavsitlanadi: protein miqdori 10-12% (urug'ida 20%gacha), yog' -2,2-2,7%, kul-21-38,6, AEM 38-39,3%. 100 kg xashagida bahorda 20, kuzda-46, qish mavsumida 37 oziqa birligi mavjud. Vegetatsiya davrida 116 mg/kg karotin, 2293 mglkg S vitamini saqlaydi. Aminokislotalardan asparagin (4,0-10,2), glutamin (6,3-12,6 g/kg) mavjud. Makroelementlar tarkibi: kaliy -23,0-46,4, natriy -4,5-28,4, kaltsiy-6,4-23,5 glkg.

Hosildorligi: Tabiiy sharoitda 3-4, madaniy sharoitda 8-12 s/ga.



KOVRAK Asosan qumliklar, cho'llar, adirlar va tog'oldi hududlarida o'suvchi sassiq kovrak o'simligining bo'yi 1.0-1.5 metrgacha yetadi, uning yo'g'on ildizi, tuproqning 1.5 metr chuqurligigacha kirib boradi. Shakli silindrsimon, bochkasimon yoki tuxumsimon bo'lishi mumkin. Bu o'simlikning poyasi tik o'suvchi, ichi biroz g'ovak, yuqori qismid an shoxlangan, asosan bir genertiv novda hosil qilib 7-9 yilda bir marotaba gullab, urug'lab keyin nobud bo'ladi. Barglari, yumshoq, tez so'liydigan, ustki tomoni tuksiz, pastki qismi esa biroz tukli, ildiz bo'g'zidagilari qisqa, yo'g'on bandli, poyadagila ri maydaroq bo'lib, uchki qismdagilari faqat barg novini hosil qiladi. Ildiz bo'g'zidagi barglarning shakli piramidasimon, barg plastinkasi ikkilamchi qirqilgan, barg bo'laklari lansetsimon, chekkalari tekis bo'lib, uzunligi 14-18, eni 5-7 santimetrga yetadi. Poyadagi barglar yuqoriga qarab maydalashib boradi, eng uchdagilari faqat bargqinidan (novdan) iborat. Kovrak vegetatsiyasini fevral oyining oxiridan boshlaydi. Mart, aprel oyida gullab, mayning oxirida urug'laydi. Mevasi may oyining oxiri va iyun oyining birinchi yarmida pishib yetiladi. Urug'lar yetilgach, hasharotlar, qushlar va shamol yordamida tarqaladi. Kovrak tarkibida efir moylari, smola (elim), uglevodlar va boshqa biologik faol moddalar mavjud. Tibbiyotda ishlatiladigan yelim-smola tarkibi efir moylari, unga qo'lansa hid beruvchi organik sulfidlar, pinen va terpenoidlar, kumarin va boshqa birikmalardan iborat. Kovrak ildizidan qirqish yo'li bilan ajratib olingan yelim-smola kina, asafetida, sapagen, al`banum, sumbul, ammoniakum kabi turli nomlar bilan qadimdan tibbiyotda keng qo'llanilib kelingan.

CAREX P ACHYSTYLlS GAY Rang, qorabosh (o'zb), qora ilak. Xiloldoshlar oilasiga mansuh efemeroid, bo 'yi 15-40 sm. Poyasi silliq. I1dizpoyasi ingichka, alohida-alohida tutam holida; chimchalari yumshoq.

Ekologiyasi: rang soz. qumoq mexanik tarkibli bo'z tuproqlarda. ayniqsa adirlarda keng tarqalgan o'simlik. Boshqa o'simliklardan ham oldinroq el1a bahordan ko'karaboshlaydi, ba'zan kuzdan bosh lab ham ko'karadi. Rang juda yaxshi rivojlangan ildiz sistemasiga ega bo'lib, tuproqlarning yuqori qismini (25 sm gacha) butunlay hamrab oladi. Eng ko'p ozuqa zahiralarini martning oxiri - aprelning boshlanishida to`playdi. Ob-havo qulay bo'lgan yillari gektaridan 3-4 sentner hosil to'playdi, odatda xosildorligi gektaridan 1 sentnerdan oshmaydi.

Cho'l ozuqabop o'simliklari orasida rang o'sish davrida yuqori ozuqabop xususiyatga ega tur hisoblanadi.

To`yimliligi: Gullash fazasida tarkibida 19% protein va 20,5% kletchatka mavjud.

100 kg quruq hashagi tarkibida bahorda (gullash fazasi) 100 ozuqa birligi va 3,5 kg engil hazm bo'luvchan oqsil; yozda (quruq holda) 51.7 ozuqa birligi va 2,6 kg oqsil mavjud. Gullash fazasida 100 g rang pichani tarkibida 28.5 mg karotin (provitamin A). urug' berish fazasida esa 23,3 mg karotin mavjud. Rangni barcha turdagi hayvonlar butun mavsumlar bo'ylab yaxshi eydi; ko'klamda esa semirtiruvchi ozuqa hisoblanadi. O'z vegetatsiyasini tugatgach, qurisa ham rang i1dizida yaxshi saqlanib qoladi.

Ko'payish usuli: Aksariyat vegetativ usul bilan ildizpoyalari yordamida ko'payadi.



ANISANTHA TECTORUM (L) NEVSKI. (Bmomus tcctorum) qono'rbas (qozoq), yaltirbosh (o'zb), kostyor krovclno'y (rus.)

Botanik tavsifi: g'alladoshlar oilasiga mansub ko'klamgi efemer, bo'yi 15-40 (60) sm Yaltirbosh yaylovlarda yaxlit o'suvchi maydonlar barpo qilmasada. bal'cha ko'klamgi turlar bilan birgalikda qo'y -qo'zilarning bahorgi ratsioni hisobiga kiradi.

Yaltil'bosh ustivorlik qiladigan yaylovlaming yillik o'rtacha hosildorligi gektaridan 3-5 sentner atrofida; ayrim o'ta qulay bo'lgan yillari undan ham yuqori bo'lishi mumkin.

Fenologiyasi. Vegetatsiyasi anchagina erta (fcvral-mart) boshlanadi, aprel-mayda gullaydi, boshoq chiqargach qurib qoladi. erta bahorning vitaminlarga boy muhim ko'kat. Ko'kat holida barcha uy hayvonlari yaltirboshni juda yaxshi eydi. Ayniqsa yirik shoxli mollar, yilqilar uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. I1diz tizimi-popuksimon; tuproq yuzasidan bosh lab semovdali. Barglari lineysimon, enli (2-5 sm). Ro'vagi uzun (6-15 sm) egiluvchan, biryoqli.

Ekologiyasi va areali. Cho'l xududlarida keng tarqalgan tur. Markaziy Osiyoning barcha xudud-Iarida (gipsli, qumli, kam sho'rxok) larda o'sadi. Umuman, tuproq tanlamaydi. Boshoq chiharib pishgach eyiluvchanligi va to'yimliligi keskin pasayadi-o'tkir uchli qurigan boshoqlari qo'y-qo'zilarning og`iz bo'shligiga tiqilishi ziyon keltirishi mumkin.

To'yimliligi: Xashagining kimyoviy tarkibi jihatidan urug' berish pallasigacha yuqori to'yimli oziqalar jumlasiga kiradi. oziqaning kimyoviy ko'rsatgichlari: protein-10, yoqlar-5.7, kletchatka-31,7, kul-8,4, AEM-44%. Rivojlanishining butonizatsiya pallasida 100 kg xashagining to'yimliligi 73,S oziqa birligi va 6,7 kg yengil hazm bo'luvchan proteindan iborat. Urug'lari pishgach o'simlik ancha dag'allashganligi tufayli yeyiluvchanligi va to'yimliligi sezilarli pasayadi.



EREMOPYRUM ORIENTALE (L) arpaxon (o'zb.), arpagan (turkman). Botanik tavsifi. B05hoqdoshlar oilasiga mansub efemer, bo'yi 30sm gacha. Boshoqlari keng (1.5-3,0 sm), boshoqining eni 1-1,8 sm. Boshoq qiltiqlari uzun (4-8 mm) qiltiqli. IIdiz sistemasi chuqur rivojlanmagan. Cho'l zonasida keng tarqalgan bo'lib efemerli, shuvoqli, sho'ra o'tli yaylovlarda boshqa efemerlar bilan birga o'sadi. Biroq yakka holda katta maydonlar tashkil qilmasdan boshqa turlar bilan aralash holda tarqalgan.

Fenologiyasi. Martdan aprelning oxirigacha o'sadi, aprelda gullab urug' beradi. Pichani tarkibida vitaminlar (100 g hashagida 69,7 Il1g karotin) va boshqa to'yill1li moddalaming mavjudligidan qorako'l zotli qo'ylar uchun scmirtiruvchi ozuqa hisoblanadi.

To'yimliligi: gullash fazasida arpaxon 15,5% protein, quruq hoi ida esa 9,3% protein saqlaydi. Boshqa tur ozuqa ll10ddalarining miqdori qo'yidagicha: yoqlar - 2,7, kletchatka - 32. I, AEM - 46,0, kul moddasi -8,7%. 1 kg quruq hashagi tarkibida bahorda 120, yozda 60, kuzda 30 mg yengil hazm bo'luvchan protein bor.

PAPAVER PAVONIUM SCHRENK. Lola qizqaldoq (o'zb)., mak pavliniy (rus). Botanik tavsifi: ko'knordoshlar oilasiga mansub bir yillik o'simlik; bo'yi o'sish sharoiti va yilning qulayligiga qarab 5-10 smdan 40-45 smgacha yetadi Poyasi oddiy, yakka; ba'zan tuproq yuzasidan bosh lab shoxlangan; odatda qalin tukchalar bilan qoplangan. Barglarining cheti kemrtilgan, barglari bandsiz, uch marta kesilgan. Gullari yirik, qizqish rangli, manzarali Qunchasi tuxumsimon, 8-15 mm uzunJikda. Gulkosasi, juft, tez to'kiluvchan; gultoji qizil rangli, biroq ostki qismi qora dog'li. Changchisi ko'p sonli, ehangdoni ueh xonali. Gul toji qisqa muddat (2-3 kun)da to'kilib ketadi.

Ekologiyasi: cho'l va adir mintaqalarida tarqalgan tur. Bahoming gidrotermik sharoiti qulay (iliq ko'klam, yog'ineharchilik serob) kelgan yillari yaylov va lalmi dehqonchilik maydonlarda chiroyli manzara hosil qiladi. Fenologiyasi: mart oyidan boshlab unib chiqadi. Aprelning oxiri mayning dastlabki dekadasida gullaydi. Gullash fazasi tugagach tezda qurib o'simlik qoplamida ko'rinmay qoladi. Asosan boshqa turlar bilan aralash holda tarqalganligi tufayli va qisqa muddatli vegetatsiya davriga ega bo'iganligi sababli ozuqa zahiralari to'plash ko'rsatgichlari yuqori emas.



Kovar- Capparis sipinosa. Kovardoshlar oilasiga oid, yotib o`suvchi, bo`yi 2.5mga yetadigan, poyasi yumaloq, chiziqli, tuksiz yoki siyrak oq tukchalar bilan qoplangan ko`p yillik o`simlkdir.bargchalarining kattaligi 4-7 mm,sariq rangli, u biroz egilgan tikanlidir. Guli barg qo`ltig`ida joylashgan, oq rangli 5-3 sm kattalikda. Mevasi teskari tuxumsimon yoki uzunchoq tuxumsimon, bo`yi 2.5-4 sm, eni 1.5-3 sm keladi. Urug`I buyraksimon, qo`ng`ir rangli bo`lib, 3-3.5 mmdir. Kovar may- iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Uning eng ko`p tarqalgan rayonlari Zomin va Jizzaxning cho`llari hisoblanadi.

Kovar mevasi glukozid, rutin, 12% qand moddasi, pectin kislotasi, achchiq modda, mineral tuzlar hamda ko`p miqdorda, ya`ni 56.6 mg % C vitamin, P provitamini, danagida esa 36% yog` bo`ladi. Ildizida alkoloidlar bo`ladi.



AELUROPUS LlTORALlS (YOUN) PARL. sho'rajriq (o'zb.), ajriq (qozoq.), chair (turkman). G'alladoshlar oilasiga mansub ko'p yillik ildiz poyali o'simlik, bo'yi 20-60sm, Barglari yassi, ikki qatorlab joylashgan, llstki qismi g'adir-budir. Novdalari va barglari yuzasida, odatda tuz kristallari to'playdi, Q'zidan tuz ajratuvchi galafitlar guruhiga kiradi. To 'pguli boshoqsimon ro'vak, boshoqchalari 5-10 gulli. Mevasi ochilmaydigan bir urug'li doncha, oval-nashtarsimon shaklli uch qirrali: oq-qo'ng'ir rangli pardali meva o'rami gul va boshoq qobiqlari bilan o'ralgan. Urug'larining laboratoriya sharoitida unib ehiquvehanligi 38-52%. ulaming unuvehanligi 8-9 yil davomida saqlanadi.

Ekologiyasi. Sho'r ajriqning eng tipik tarqalish sharoitlari -sho'rlangan cho'l maydonlari hisoblanadi: tuproqning sho'rlanishiga o'ta chidamli, boshqa turlar o'smaydigan sharoitda ham bu tur bemalo1 o`sa oladi. Ajriqzorlar yerosti suvlarining tuproq yuzasiga yaqin joylashganlik belgisi sifatida ham xizmat qiladi. Ajriq erosti suvlari yaqin joylashgan maydonlarda yulg'un bilan birgalikda tarqalgan. Kuchli sho'rlangan tuproqlarda sho'rlanishga o'ta ehidamligi tutayli monodominant o'simlik qoplami hosil qiladi; ajriqzorlar mavjud maydonlarda qisman sarsazan va boshqa sho'rlanishga moslashabilgan bir yillik sho'ralar paydo bo'lsada, ajriqzorlarning botanik tarkibi juda kambag'al hisoblanib, 3-4 turdan oshmaydi. Sho'rajriq tarqalgan maydonlarda u bilan birgalikda yantoq, shirinmiya, yulg'un va boshqa sho'r1anishga chidamli turlar ham o'sadi.

Fenologiyasi: Martdan iyungacha maysalaydi, may-iyunda gullaydi, iyulda urug'i pishadi. Shamol yordamida chetdan changlanuvchi o'simlik. Changdonlari uzunchoq enli shaklda. Chang donachalari uch hujayrali, aylana-ovalli.

Ozuqabopligi. Gullash pallasida uning ozuqaviy qiymati quyidagicha baholanadi (% hisobida): protein-I 7 ,4, kullar-13,2, kletchatka-18, 7,yog' -2, 9, AEM-46, 3. 100 kg quruq xashagida 30, 8 ozuqa birlig1 va 1,7 kg engil hazm

bo'luvchan oqsil mavjud. Ko'payishi: vegetativ (ildiz poyali) usulda va urug'lari vositasida ko'payadi.

Yovvoyi arpa—Hordeum spantanium. Boshoqdoshlar oilasidan, bo`yi 30-100sm keladigan, bir yillik o`simlikdir. Poyasi tik o`suvchi, silliq va tuksiz. Barg novi tuksiz hamda silliq, bargi yassi, ingichka, uzunligi 4,5-6cm, eni 6-9mm biro z egiluvchan. Boshoqlari yashil 3tadan joylashgan. Boshoqchadagi tangachalar qalami bigizsimon, sertuk, qiltiqli, qiltig’i bilan birgalikda 1,5 – 1,7 smga teng. Yon boshoqchalari qiltiqsiz, uch qismi buralib ketgan bo’ladi. Yovvoyi arpa may oyida gullaydi va urug’i iyun oyida pishadi. U cho’l poyasidan tortib, to tog’oldi qismigacha bo’lgan tekis, quruq joylarda, yon bag’irliklarda o’sadi. Yovvoyi arpaning pishgan donidan un tayyorlab, undan turli taomlar pishirsa bo’ladi. Shuningdek bu o’simlik xayvonlar uchun yem xashak xam bo’ladi. Yovvoyi arpa donining tarkibida ko’p miqdorda kraxmal, qand moddasi, kletchatka, protein, oqsil va azotsiz ekstrakt moddalari mavjuddir.

X U L O S A .

O`zbekistonning o`simliklar dunyosi juda turli-tumandir. Ular cho`l poyasidan tortib, tog` cho`qqilarigacha tarqalgan. Lekin hozirgacha shu o`simliklarning juda oz qismigina xalq xo`jaligida foydalaniladi. Hali hayoti to`liq o`rganilmagan, aniqlanmagan giyohlar juda ko`p.



CHo`l mintaqasi. Bu mintaqa O`zbekistonning tekisligining 400—500 m. balandlikkacha bo`lgan qismini o`z ichiga oladi va jumhuriyat yer maydonining 70% ni ishg`ol qiladi. CHo`l mintakasiga o`zbekistonning Qizilqum, Qarshi, Mirzacho`l kabi cho`llari, Markaziy Farg`ona, Ustyurt, Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon va Quyi Surhondaryo kabi regionlari kiradi.

CHo`l mintaqasining yozi quruq, jazirama, seroftob, yog`inga nisbatan mumkin bo`lgan bug`lanish ko`p, qishi esa shu geografik kenglikda joylashgan o`rta dengiz atrofidagi mamlakatlarga nisbatan sovuq. Bu mintaqada yog`in miqdori kam bo`lb, uning g`arbiy qismida 80—100 mm, sharqida 250—300 mm, tog` oldi qismlarida esa 300—350 mm. ga yetadi. Aksincha, mumkin bo`lgan bug`lanish g`arbida 1000—2000 mm, qolgan qismlarida 1000 mm atrofida.Buning ustiga asosiy yog`in bahor, qishga to`g`ri kelib, jazirama yozda deyarli yog`in tushmaydi.

Qumli cho`llarning ko`p qismi mustahkamlangan. Ko`chib yuruvchi qum-barhanlar Qizilqumda uchrab, hududining faqat 2 foizini egallaydi. Qumli cho`llarda juzg`un yoki qandim, quyonsuyak, tereskan, qizilcha, astragal, iloq (qum qiyog`i), selin, cherkaz, saksovul kabi o`simlik turlari o`sadi.

Cho`l mintaqasida yana sho`rxok va taqir yerlar uchraydi. SHo`rhoklar odatda grunt suvi yer betiga yaqin bo`lgan botiqlarda, eski daryo qayirlarida, do`ng qumlar orasidagi chuqur joylarda vujudga kelib, o`simliklar juda kam o`sadi. SHo`rhoklarda o`sadigan o`simliklar formao`iyasini galofitlar deyilib, ular go`shtdor, tanasida oppoq tuzi bo`lgan o`simliklardir. Bunday o`simliklar turkumiga boyalich, tereskan, keyrevuq, burgan, sarisazan, qorasho`ra, baliqko`z, sho`r ajriq, qora saksovul, yulg`un, itsiygak kabilar kiradi. Bu o`simliklar ichida qora saksovul uzoq yil (5o yilgacha) yashaydi va bo`yi 12 metrgacha yetadi.



O‘simliklar insonni to‘ydiradi, kiyinti radi, havoni tozalaydi, xo‘jalik va qurilish materiali bo‘ladi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, namlikni ushlab turadi, tuproqni oziqlantiradi, qumloq va toshloq yerlarni serunum tuproqli ekin maydonlariga aylantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. “O`zbekiston o`simliklari” Q.Xaydarov, Q.Xojimatov. Toshkent “O`qituvchi” 1992

  2. “O`zbekiston o`simliklar qoplami” G`.H.Hamidov, R.S.Mahsudova, M.Yo`ldasheva. Farg`ona 2010.

  3. “O`simliklar aniqlagichi” S.Holiqov, O`.Pratov, A.Fayziyev. Toshkent “O`qituvchi” 1995.

  4. S.M.Mustafayev “Botanika” (anatomiya, morfologiya, sistematika) Toshkent “O`zbekiston” 2002

Download 40.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling