Mavzu: O’quvchlarni manaviy axloqiy tarbiyalash
Download 0.9 Mb.
|
Majidova Dilobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komil insonning ma’naviy sifatlari
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
MAVZU: O’quvchlarni manaviy axloqiy tarbiyalashBAJARDI: Majidova DilobarTEKSHIRDI: Nematova MohinurREJA: 1. Axloq v axloqiy haqida tushuncha. Axloqiy tarbiya mazmuni 2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda ta’lim metodlaridan foydalanish 3. Komil insonning ma’naviy sifatlari.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibi sifatida ma’naviy-axloqiy bilimlarning shakllanishi natijasida talaba-yoshlarda baxt, vijdon, burch, adolat, or-nomus, muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e’tiqod, sadoqat kabi bir qancha axloqiy kategoriyalar shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy bilimlarni o‘zlashtirgan talaba-yoshlarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega yoshlar axloqiy me’yorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sanalmish ma’naviy meros, urf-odat va an’analarga nisbatan hurmatda bo‘ladi. Ammo ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib toptirish hali yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydiTa’lim metodlaridan foydalanish. O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildiYoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur . Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash.Komil insonning ma’naviy sifatlariMustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama etuk etib tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan etuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. SHuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir. O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta’kidlansa, islom ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra etuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lishdir. SHarq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo‘nalishi ekanligiga urg‘u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa’yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishi, shuningdek, o‘quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so‘z yuritilayotgan bosqichda o‘qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling