Odatdagi tushunchaga ko’ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan istedodli odamlarning qismatidir


Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari


Download 479.88 Kb.
bet9/10
Sana27.12.2022
Hajmi479.88 Kb.
#1068953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
texnik ijodkorlik

4. Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari.
Ixtirochilarda quyidagi shaxsiy xislatlar shakllangan bo‘lishi lozim:
- ijtimoiy xislatlar turkumi - dunyoqarashi, ma’naviy, mehnat va estetik fazilatlar;
- tajriba xislatlar turkumi - anglanganligi, ilmiyligi, mahorati va hajmi;
- aqliy xislatlar turkumi - tasavvur bir butunligi, diqqati jamlanganligi, fikrlash kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotira mustahkamligi;
- irsiy xislatlar turkumi - topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, sog‘lom fikrlilik.

5. Oliy o‘quv yurti talabalarida ixtirochilikni shakllantirish.
Ixtirochilar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, fan–texnika taraqqiyoti hozirgi darajaga erishguncha turli el–elatlarda behisob olimlar zahmat chekishganligi va butun hayotlarini ilmga baxshida etganliklarining guvohi bo‘lamiz.
Ma’lumki, hech bir tuzumda alohida ixtirochi degan kasb yoki mutaxassislik mavjud bo‘lmagan, aksincha ixtirochilik hech kimning xizmat vazifasiga kirmasligi, avvalo u ichki tug‘yon, chaqiriq (da’vat), burch ekanligining guvohi bo‘lamiz.
Ixtirochilar tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan tasodif, nuqson va kamchiliklarni tezda ilg‘ab oladigan, uni bartaraf etishga o‘zini bag‘ishlagan sinchkov, tinib tinchimas, jonkuyar kishilardir.
Ixtirochi bo‘lishning birinchi sharti, atrof-muhitimizda mavjud nuqson va kamchiliklarga sinchkovlik bilan nazar tashlash va nega shunday? Nima qilish kerak? – degan savollarga javob izlashdir. Hayotimizda, atrof-muhitdagi muammolarga loqayd kishilar hech qachon ixtirochi bo‘la olmaydi.
Quyidagi holatni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Respublikamizda paxta terish mashinasiga 1936 yilda asos solingan deb hisoblansa, hozirgacha uning shpindellarini yuvish jarayoni takomillashtirilmaganligi sababli har yili necha millionlab ortiqcha harajat mehnat sarflanayotganini ko‘rish mumkin. Taxminiy hisob kitoblarga qaraganda shu ishni to‘liq mexanizatsiyalashtirib, kabinadan tushmasdan yuvadigan qilinsa, mexanik haydovchining mashinani bir marta yuvish uchun o‘rindiqdan olti marta tushib chiqishi, og‘ir qo‘l mehnati va ortiqcha vaqt sarflashiga mutlaqo chek qo‘yiladigan birgina o‘sha samarasiz ketgan vaqtda sarflangan yonilg‘ining o‘zidan bir mavsumda respublikamiz bo‘yicha millionlab mablag‘ tejaladi.
Ixtirochi bo‘lishning ikkinchi sharti, mazkur kuzatilgan kamchiliklarning sababini aniqlash va bartaraf qilish bilan bog‘liq, kishida chuqur bilim, fikr ustunligi, yuqori malaka va ko‘plab boshqa sifatlarning bo‘lishi zarurligidir.
Xo‘sh, bizda respublikamiz jamoasi miqyosida ana shunday sifatlar yetarlimi? Yo‘q albatta! Nega shunday? Nega shundayligining bosh sababi maktabdan tortib oliy ilm maskanlarigacha ixtirochilik faoliyatini o‘rgatish tizimining qoniqarsiz ahvolda ekanligidadir. O‘quvchi va talabalarning aksariyat qismi ixtiro haqidagi to‘g‘ri tushunchaga ega emaslar, ixtironi rasmiylashtirish va uni qanday manzilga jo‘natish to‘g‘risidagi savolga bo‘lsa oliy ma’lumotli mutaxassislarning ham ko‘pchiligi javob bera olmaydi. Shuningdek talaba va o‘quvchilar ixtironing davlatimiz ravnaqi va fan–texnika riaojida tutgan o‘rni haqida yetarli tushunchaga ega emaslar.
Davrning xolisona tahlili ham rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o‘z mavqeiga faqatgina ilm–fan nufuzi, ixtiro va kashfiyotlar ahamiyatini yuksaltirish yo‘li bilan erishganligini ko‘rsatadi. Buni hozirgi dunyoda eng nufuzli Nobel mukofotining 186 tadan ko‘prog‘i AQShga, 87 tasi Angliyaga, 67 tasi Olmoniyaga, 43 tasi Fransiyaga to‘g‘ri kelayotganligi bilan izohlash mumkin. Insoniyat tarixida eng ko‘p 1098 ta ixtiro qilgan Edison ham Amerika fuqarosi.
Mazkur mamlakatlarda ixtirochilik bilimlari ma’lum dasturda va hajmda asosiy fanlar qatori maktablardan boshlab o‘qitiladi. Hozirgi bizning yoshlarimizning va umuman fuqarolarimizning ixtirochilik sirlaridan bexabarligi sababini ham bunday tizimning bizda yo‘lga qo‘yilmaganligi bilan izohlanadi. Mustaqil davlatimiz ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda o‘quv yurtlarida ixtirochilik bilimlarini shakllantirish maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, shu asosda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, bu ishga malakali o‘qituvchilarni yetkazib berish maqsadida oliy o‘quv yurtlarida sohani chuqurroq o‘rganadigan bo‘limlar ochish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi respublikamizning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, uni xorijiy davlatlarga sotish imkoniyatini ham yaratgan bo‘lar edi.
Ixtirochi bo‘lishning uchinchi sharti, tegishli axborotlarning yetarli bo‘lishidir. Tarixda allaqachon amalga oshirilgan ixtirolardan bexabar bo‘lgan insonlarning zahmat chekib, yana o‘sha narsani ixtiro qilganliklarini ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, mashhur Amerika yozuvchisi Edgar Po «Havo sharidan fantastik maktublar» fantastik asarida okeandan telegraf simini o‘tkazish g‘oyasini 2848 yilga keyinga suradi, ammo shu asar yozilishidan yetti yil oldin Yevropada dastlabki suv osti kabeli bor edi. Ming yillik kelajakni qurishga uringan Edgar Po aksincha yetti yil orqada qolib ketdi.
Biron sohada ixtiro qilishdan oldin ixtirochi takrorlash bo‘lmasligi uchun, avvalo olg‘a surayotgan g‘oyasiga taaluqli jahondagi barcha ishlarni tahlil qilib chiqishi lozim bo‘ladi. Chunki, g‘oya ixtiro sifatida e’tirof etilishi uchun uning jahon miqyosidagi yangi yechimga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirishning shartlari asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga erishish uchun biz quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif etamiz:
1. Umumiy o‘rta maktablarida texnologik ta’lim mazmunida, o‘rta maxsus va oliy ta’limda patentshunoslik va ixtirochilikka oid maxsus o‘quv dasturlari asosida ixtirochilikka oid bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga erishish.
2. Viloyatlarda ixtirochilik uylari va ularning qoshida patent fondlari tashkil qilinishi lozim.
3. Respublikamizda ixtirochilik g‘oyalarini targ‘ib qilish va ommalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus gazeta va jurnallar ishini yo‘lga qo‘yish, chop etilayotgan nashrlar mazmunida sohaga oid bilimlar berib borish.
4. Ma’lum sanani «Ixtirochilar kuni» sifatida belgilash. Ushbu sanada ixtirochilik, soha olimlari hamda novator ishchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, boshqa ommaviy tadbirlar tashkillashtirish, yangi g‘oya va texnik yechimlar mualliflarini rag‘batlantirishni tashkil etish kerak.
Ta’kidlanganidek, barcha rivojlangan davlatlar o‘z taraqqiyoti pog‘onalariga erishish uchun avvalo yangi texnologiyalar, ilg‘or g‘oyalarni ishlab chiqarishga, amaliyotga tatbiq etish maqsadida ta’lim sohasiga o‘z e’tiborlarini qaratganlar. Biz ham o‘z davlatimizning buyuk kelajagini yaratishda ushbu davlatlar tajribasidan ijodiy foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Jumladan, respublikamizda yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishi, INTERNET tarmog‘ining rivojlanib borishi yoshlarimizning butun jahon miqyosida to‘plangan axborotlar jamg‘armasidan keng foydalanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Yuqori saviyadagi texnik-texnologik bilimlarni egallagan, barcha zaruriy axborot tezkor topish va qayta ishlash imkoniga ega bo‘lgan yosh mutaxassilarimiz orasida olamshumul ixtirolarni amalga oshiruvchi ko‘plab olimlar yetishib chiqishi uchun yetarli asoslar mavjud.

    1. Texnik ijodkorlik mashg’ulotlarida o’quvchilarni rivojlantrish

  1. Texnologiya fanining o`ziga xos xususiyatlaridan biri, bu umumtalim maktablaridagi o`quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantirish imkoniga ega bo`lgan kam sonli fanlardan biridir. Maktab o`quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantrish talim jarayonining ajralmas qismlaridan hisoblanadi. Bu jarayon faqatgina sinflardagi mashg`ulotlari bilan chegaralanib qolmasdan, o`quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlarini ham qamrab oladi.

  2. Sinfdan tashqari faoliyat – bu darsdan tashqari vaqtda pedagog tomonidan o`quvchilarning ijtimoiy hayotga moslashishlariga zarur sharoit yaratish maqsadida har xil shakldagi faoliyatni tashkil etishidan iborat.

  3. Sinfdan tashqari ishlarning o`quvchilarga tarbiyaviy ta‘siri juda keng: birinchidan, sinfdan tashqari faoliyatning turli-tumanligi o`quvchilarning har doim ham darsda aniqlash iloji bo`lmagan har xil individual qobiliyatlarining yanada kengroq namoyon bo`lishiga ko`maklashadi; ikkinchidan, o`quvchilarni sinfdan tashqari faoliyatning turli ko`rinishlariga jalb qilinishi ularning shaxsiy tajribalarini, kishilarning har xil faoliyatlari haqidagi bilimlarini boyitib, amaliy ko`nikma va malakalarni egallashlariga ko`maklashadi; uchinchidan, sinfdan tashqari faoliyatning har xil turlari o`quvchilarda shu faoliyat turlariga qiziqishlarini rivojlantirib, jamiyat uchun zarur bo`lgan sohalarda faol ishtirok qilishga undaydi; to`rtinchidan, sinfdan tashqari faoliyatning har xil shakllarida o`quvchilar faqat o`zlarining individual xususiyatlarini namoyon qilib qolmasdan, jamoa bilan birgalikda faoliyat ko`rsatishni, o`zaro hamkorlik qilishni, o`rtoqlarilariga yordamlashish kabilarni o`rganadilar. Xususan, sinfdan tashqari faoliyat turlari – ijodkorlik, bilim olishga yo`naltirilgan, sport musobaqalari, mehnat ta‘limi bo`yicha, o`yin faoliyatlari kabilarning barchasi o`quvchilarning ma‘lum ma‘nodagi jamoaviy hamkorlik tajribalarini boyitadi va katta tarbiyaviy samaraga ega hisoblanadi. Ijodkorlikka o`rgatishning asosiy shakllari quyidagicha bo`ladi. Fan to`garaklari. To`garak mashg`ulotlarining mazmuni: fan dasturidagi o`quvchilarni qiziqtiradigan alohida mavzularni chuqurlashtirib o`rganish; buyuk olimlar, fan va madaniyat arboblari, rassom va muhandislarning hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishish; fan va texnikaning oxirgi yangiliklarini o`rganib borish; olimlar yoki ilmiy kashfiyotlarga bag`ishlangan kechalar o`tkazish; texnik modellashtirish yoki tajriba ishlarini tashkil qilish; taniqli insonlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish kabilardan iborat bo`lishi mumkin. Ilmiy jamiyatlar. Keyingi yillarda ta‘lim muassasalarida o`quvchilar ilmiy jamiyatlarini tuzish ommalashib bormoqda. Ilmiy jamiyatlar to`garak faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, fan va texnikaga bag`ishlangan ommaviy tadbirlarni o`tkazadi, bilimlarning turli sohalari bo`yicha tanlovlar va olimpiadalarni o`tkazadi.

    1. O’quvchilarning texnik va grafik savodxonligini shakillantrish

Didaktikada o`quvchilarning individual qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish har bir o`quvchining ijodiy faolligi bilan bog`liq. Ayniqsa ustalik bilan tuzilgan topshiriqlar ijodiy mustaqillikning namoyon bo`lishiga yuqori darajada ko`maklashadi. Bunda o`quvchilar topshiriqni tayyor namunalar bo`yicha bajarmasdan, balki bu jarayonga qandaydir yangilik qo`shib, qo`yilgan masalani yechishda zamonaviy metodikadan foydalanib, o`z mulohazalarini bildirib, o`rganilayotgan hodisadagi o`zlari uchun yangi qirralarni ochadilar. Bunday sharoitda o`quvchi bilish faoliyatining yangi metodlarini egallaydi. Ijodiy bilish o`rganilayotgan hodisaning yangi qirralarini ochishni, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishni, o`quv materialini o`rganishning yanada mukammal metodlaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Shu bilan bir qatorda ijodkorlik ko`nikmasi taqlid orqali shakllanishini ham alohida qayd qilib o`tish lozim. O`quvchilarning takrorlash, taqlid qilish kabi faoliyatlari ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishiga ko`maklashadi. O`quvchining ijodkorligi uning taqlid qilish uchun egallagan bilim va ko`nikmalariga tayanadi va uning masalalar yyechish, topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligida namoyon bo`ladi.
Mustaqil individual ishlarning mustaqillik va ijodiy faollikni oshirishdagi o`rni nimalardan iborat?
Talimning sinf-dars shaklini jamoaviy ko`rinishi va o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishning individual xususiyati o`rtasida qarama-qarshiliklar mavjud. Bu qarama-qarshiliklarni yechishga ko`maklashuvchi shartlardan biri – o`quvchilarning individual mustaqil ishlarini tashkil qilishdir.
Individual mustaqil ishlardan maqsad ―o`quvchilar bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirish, hamda o`zlari tanlagan muammo va masalalar yuzasidan ijodiy ishga yo`naltirishdan iborat.
Texnologiya fani mashgulotlari faqat mahsulot yaratishdan iborat emas. O`quvchi buyumlar ―yaratish, narsalar muhitini ―tashkil qilish orqali o`zicha ularga malum funktsional va estetik hususiyatlar beradi, unda buyumlarga nisbatan malum bir munosabat shakllanadi va natijada kishilarga, jamiyatga va mehnatga munosabati shakllanadi.
O`quvchilarning individual qobiliyatlari, layoqatlari turlicha bo`lganligi sababli ularning topshiriqni bajarishga sarflaydigan vaqt miqdori ham har xil bo`ladi. Bu ayniqsa ijodiy topshiriqlar bajarishda yaqqol namoyon bo`ladi. Shunday hollarda topshiriqning modulli bo`lishi ―ilgarilab ketadigan o`quvchiga shu sohadan chuqurroq bilim beradigan, kengroq hajmli topshiriq berishga, ―orqada qoladigan o`quvchiga esa, yengilroq topshiriq berishga imkoniyat yaratiladi. Har ikkala holda ham ish jarayonida o`quvchi o`zi uchun yangi xususiyatlar kashf etib, estetik zavq oladi.
Bu masalaga o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib yondashilsa, yaxshi natijalarga erishilishi mumkin.
O`qitishni individuallashtirishdan asosiy maqsad - o`quvchilar bilimida yuzakilik bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularning har birining iloji boricha sermahsul mehnatini tashkil qilish, qobiliyatlarini kengroq namoyon bo`lishiga erishish kabilardan iborat.
Talimning hamma bosqichlarida o`quvchilarga individual yondashish, ayniqsa bilimlarni nazorat va tahlil qilish jarayonida bunga ko`proq sharoit yaratiladi.
Shu sababli talim jarayonining amaliy ahamiyatiga ega bo`lishi, o`qituvchilar har bir o`quvchining individual xususiyatlarini iloji boricha kengroq etiborga olishi kerak. Bu, talim jarayonida o`quvchi o`qituvchining tasir ko`rsatish obekti sifatida emas, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisi bo`lishi zarur, demakdir.
Har bir o`quvchining individual xususiyatlarini namoyon qilishga ko`maklashadigan mustaqil ishlarni to`g`ri tashkil qilish o`qituvchining mahoratiga bevosita bog`liq. Mustaqil ishlarda o`quvchilarning individual xususiyatlari yorqin namoyon bo`ladi, o`qish jarayonida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni to`g`rilash imkoniyati ham katta.
O`quvchilarda o`qishga qiziqishni orttirish, ularning tabiiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ijodkorligini rivojlantirish uchun texnologiya fanining asosiy bo`limlari bo`yicha yangicha shakldagi topshiriqlar tuzish muammosi vujudga keladi. O`quvchilarda grafik savodxonlikni, ijodkorlik va loyihalash (konstruktsiyalash) qobiliyatlarini shakllantirish uchun fan bo`yicha tuzilgan topshiriqlar quyidagi zamonaviy talablarga javob berishi lozim:

  1. Topshiriqlar mazmuni o`quvchilarda ijodkorlik va loyihalash bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga qaratilib asosan amaliy mashg`ulotlar shaklida tashkil qilinishi kerak.

  2. Amaliy mashg`ulotlardagi topshiriqlar o`quvchilarning individual qiziqishlari, qobiliyatlari, ijodkorlik va konstruktsiyalash elementlarini kiritish imkoniyatlarini hisobga olib, ularga ruhiy (o`yin elementlari mavjudligi, fazoviy tasavvurlarini o`stiradigan, topshiriqning originalligi, chiroyliligi va hakozo) tasir ko`rsatishi kerak.

  3. Topshiriq estetik, gumanitar va politexnik yo`naltirilgan bo`lishi kerak.

  4. Topshiriq tuzilishi modulli bo`lishi kerak.

  5. O`quvchiga topshiriqni bajarish foydaliligi va uni bajarishda egallagan bilim va ko`nikmalardan kelgusi ish faoliyatida, turmushda foydalanish ishkoniyatlari ayon bo`lishi kerak.

  6. Topshiriq maktabda o`qitiladigan boshqa fanlar bilan bog`liq bo`lishi kerak.

  7. Topshiriqni bajarishda milliy xalq amaliy sanati va grafik elementlaridan keng foydalanish imkoniyati yaratilishi kerak.

Quyida o`quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz:

Download 479.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling