4–MAVZU: BILISH NAZARIYASI YUNALISHLARI ASOSIY MUOMMOLARI
Gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati
Gnoseologiya sub’ektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta’minlaydigan talablar va mezonlarni o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jaraѐnining oddiy, kundalik darajasini ham, bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi.
Skeptiklar bilishning mumkinligiga e’tiroz bildirmaganlar, lekin bizning bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunѐ hodisalariga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yganlar.
Agnostitsizm – bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunѐ haqida haqiqiy, ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning faoliyati deb biladi.
Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunѐning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir.
Bilishning asosiy turlari va shakllari. Hissiy, empirik, nazariy. mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi
Hissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet ѐki hodisani bilish fikr hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jaraѐndir. Sezgi hissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u ѐki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog‘lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir.
Idrok – bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. Tasavvur – bu hissiy idrok bilan tushuncha o‘rtasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o‘laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan ob’ektning bevosita o‘zaro ta’siri bo‘lib chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |