3-bosqich 8-bh-20 guruh talabasi Majidov Og’abekning Buxgalteriya hisobi fanidan
Download 1.13 Mb.
|
kurs ishi
Kurs ishining ob`yekti: Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi tomonidan tayyorlangan va bu butun mamlakat aro Korxonalar faoliyatida buxgalteriya hisobi va inventar va xo`jalik jihozlari ma`lumotlari.
Kurs ishining tarkibi: kirish, asosiy qism, xulosa va takliflardan iborat. Kirishda kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ob`yekti yoritilgan. O`zbekistonning mustaqil yuksalish mobaynida qilingan ishlarni sarhisob qiladigan bo`lsak, ulkan yutuqlar qo`lga kiritilganligining guvohi bo`lamiz.Shuningdek, “Buxgalteriya hisobi” sohasida ham keying yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi hamda O`zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi,ular bo`yicha xalqaro talablarga javob beradigan standartlar va boshqa me`yoriy hujjatlar yaratilishi va mavjudlari xalqaro standartlarga moslashtirilishi, vatanimizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida kata ahamiyat kasb etadi. Har bir xo`jalik yurituvchi subyekt o`z harakat doirasida va uning ta`sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo`lishi mumkin.Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o`z faoliyatini to`xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir.Raqobat- o`zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi.Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o`rnini boshqa shunday korxonalar band qilishadi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo`yilgan eng asosiy talab – bu, uning kam xarajatli vas sodda bo`lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishishi mumkin.Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o`ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o`rganish lozim. Hozirgi xo`jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko`tarish, ijtimoiy ishlab chiqarish, o`sib borish, xalq xo`jaligini jadal rivojlantirish yo`li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o`stirishdan iborat. Mehnat va ish haqiini hisoblash hisob ishlarining aniq va tezkor ma`lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Tovar-moddiy zaxiralar-faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saaqlab turadigan va ishlab chiqarish jarayonida bo`lgan,shuningdek,mahsulot ishlab chiqarish,ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish jarayonida yoxud ma`muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar Tovar moddiy zahiralar tashkilotlarda:Mahsulot ishlab, ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish,ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish,ma`muriy extiyojlar va maqsadlar uchun mo’ljallangan xomashyo va materiallar,xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar,yoqilg`i,tara va tarabop materiallar,ehtiyot qismlar,inventor va xo`jalik jihozlari,boshqa materiallar zaxiralari biz shundan inventor va xo`jalik jihozlari to`g`risida so`z yuritamiz. Asosiy vositalarni hisobga olishni engillashtirish maqsadida uni batafsil turkumlab olish maqsadga muvofiqdir. Asosiy vositalar bir qator belgilari bo’yicha turkumlanadi. Asosiy vositalarni turkumlanishi. Buxgalteriya hisobida hisobga olishda asosiy vositalarni turlari bo’yicha (natural buyum shakliga ko’ra) quyidagi gruhlarga ajratiladi: yer; yerni obodonlashtirish; moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar; binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar; mashina va uskunalar; mebel va ofis jihozlari; kompьyuter jihozi va hisoblash texnikasi; transport vositalari; ish hayvonlari; mahsuldor hayvonlar; ko’p yillik o’simliklar (daraxtlar); boshqa asosiy vositalar; konservatsiya qilingan asosiy vositalar. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling