3-bosqich 8-bh-20 guruh talabasi Majidov Og’abekning Buxgalteriya hisobi fanidan


Asosiy vositalarni baholash tartibi


Download 1.13 Mb.
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1164889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

Asosiy vositalarni baholash tartibi.
Asosiy vositalarni to’g’ri hisobga olish faqat ularni baholashning yagona tamoyili bo’lgan sharoitdagina amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy hiso-botning xalqaro standartlari (MHХS)ga muvofiq qiymatning quyidagi tushun-chalari mavjud:

boshlang’ich qiymati;

joriy qiymati;

qoldiq qiymati;

tugatish qiymati;


Asosiy vositalarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni, jumladan, undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich qiymat — bu asosiy vositalarni yaratish (qurish va qayta qurish) yoki sotib olish bo’yicha xaqiqiy amalga oshirilgan xarajatlar qiymati bo’lib, jumladan to’langan va qayta qoplanmaydigan soliqlar va yig’imlar, shuningdek, tashib keltirish va montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bo’yicha xarajatlar va aktivni tayyorlanishi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich qiymat ob’ektni korxonada ishga tushirish paytida shakllanadi. Asosiy vositani korxonada bo’lib turgan davri mobaynida faqat uning boshlang’ich qiymatida hisobga olinadi.
Mehnat vositalari turli davrlarda, turli mehnat unumdorligi darajasida, xom ashyo materiallarining baholari turlicha bo’lganda va turlicha ish haqi darajasi sharoitlarida ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham, turli davrlarda ishlab chiqarilgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati solishtirib bo’lmaydigan mehnat xarajatlarini aks ettiradi. Bir turdagi asosiy vositalarni yagona baholanishini amalga oshirish maqsadida vaqti-vaqti bilan ularni qayta tiklash qiymatlarida qayta baholanib boriladi.
Qayta tiklash qiymati - bu asosiy vositalarni hozirgi vaqt sharoitida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda ma’lum davrda qayta baholanadi. Qayta baholash O’zbekiston Respublikasida hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta baholash natijasidan keyingi asosiy vositalar qiymati qayta tiklash qiymati deb ataladi. Bunday qayta baholashlar bizni mamlakatimizda 1925, 1945, 1960, 1972, 1992, 1995, 1997 va 2001, 2003 yillarda o’tkazilgan. Qayta baholash amalga oshirilgan fursatdan boshlab ob’ektning qayta tiklash bahosi uning bosh-lang’ich qiymati hisoblanadi.
Joriy qiymat - bu ma’lum sanada amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki o’zaro manfaatdor tomonlar o’rtasida aktivlar-ni almashtirish mumkin bo’lgan summadir.
Asosiy vositalar ishlatilishi jarayonida eskiradi va buning oqibatida esa uning boshlang’ich qiymati kamayib boradi. Asosiy vositalarni o’z texnik-iqtisodiy sifatlarini sekin-asta yo’qotib borishini pul ko’rinishida ifodalanishi ularni eskirishi deb aytiladi.
Qoldik qiymat - asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yoki joriy qiymatidan to’plangan eskirish summasini ayirmasidan keyingi hisobotda aks ettiriladigan qiymatdir.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling