3. buxoroda 500 dan ortiq diniy ziyorat qadamjolari bor
Download 57.01 Kb.
|
BUXORO VOHASIDAGI QADAMJOLAR XO
BUXORO VOHASIDAGI QADAMJOLAR XO'JA ISMATULLO BUXORIY. Reja: BUXORO VOHASIDAGI QADAMJOLAR. XO'JA ISMATULLO BUXORIY. 3.BUXORODA 500 DAN ORTIQ DINIY ZIYORAT QADAMJOLARI BORIsmat Buxoriy (taxallusi; asli ismi Ismatullo) (1365, Buxoro— 1436) — shoir. Buxoroda tahsil koʻrgan. Xalil Sulton va Mirzo Ulugʻbek zamonida (1404—09; 1409—49) Samarqandda yashagan. 15-asr 30-y.larida saroydan ketib, Buxoroda istiqomat qilgan. Navoiy "Majolis unnafois"da yozishicha, "Xuja Ismatullo Movarounnahr buzurgzodalaridandir. Zohir ilmini takmil qilgʻondur. Gʻoyat xush-taʼbligidin oʻzin sheʼrgʻa mansub qilib, devoni mashhur boʻldi". I. B. turk, fors va arab tillarida ijod etgan, Buxoro adabiy muhitida zullisonayn anʼanasini boshlab bergan shoirlardan. Uning 8 ming baytli bir devoni va turkiy tilda yozilgan "Ibrohim Adham" nomli 1035 baytli asari bizgacha yetib kelgan. I. B. koʻproq sheʼriyatning gʻazal, qasida, masnaviy, ruboiy janrlarida asarlar yaratgan. Hofiz Sheroziyga ergashib gʻazallar yozgan. Ijodining asosini hayot, inson, ishq-muhabbat, yoshlik, mehnat va poklik toʻgʻrisida bahs yuritadigan gʻazallar tashkil etadi. Hajviy sheʼrlarida mubolagʻa, igʻroq, gʻuluv kabi sanʼatlardan foydalanib, oʻz davridagi mavjud salbiy hodisalarni krralaydi. Uning "nobud" radifli gʻazalida azobuqubatda yashayotgan mehnatkash xalq hayoti ot timsolida realistik tasvirlangan. I. B. sheʼrlari ravonligi, taʼsirchanligi, falsafiy fikrlarga va original tasviriy vositalarga boyligi bilan Movaraunnahrda shuhrat qozongan. I. B. adolatparvarlik va xalqparvarlik ruhida qasidalar yozgan. I. B.ning devoni 19 qoʻlyozma nusxada Toshkent, Buxoro, Dushanba, Sankt-Peterburg , Filadelfiya (AQSH), London va Kalkutta (Xindiston) kutubxonalarida saklanadi. Xoja Faxriddin Ismatillo binni Mas’ud Ismat Buxoriy XU asrning mashhur shoirlaridan. Ma’lumotlarga qaraganda 1365 yilda tug’ilib, 1436 yilda vafot etgan. Asosan qasida, g’azal, masnaviy va ruboiylar yozgan. Amir Temur o’limidan keyin Samarqand taxtini egallagan Xalil Sulton (Temurning nabirasi, Mironshohning o’g’li. 1405—1409 yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan.) saroyida — Samarqandda yashagan. Keyinchalik yana taxt uchun kurashlar boshlangach, shoir sargardonlikka uchraydi. Ulug’bek hukmron bo’lgach, Ismat Buxoriyni saroy xizmatiga taklif etadi. Lekin shoir uzlatni, darveshlar orasida bo’lishni afzal ko’rib taklifni qabul qilmaydi. Shoirning sakkiz ming baytdan iborat she’rlar devoni, «Ibrohim Adham» nomli masnaviysi ma’lum. Uning tasavvufiy ta’surotlar, sufiyona hissiyotlar bilan yo’g’rilgan she’rlari xalq orasida mashhur bo’lgan. Hazrat Navoiy «Majolis un-nafois»da yozishicha: «Xoja Ismatullo Movarounnahr buzurgzodalaridandur. Zohir ilmin takmil qilg’ondur. G’oyat xushtab’lig’idan o’zin she’rg’a mansub qilib devoni mashhur bo’ldi. Va Xalil Sulton otig’a yaxshi qasidalari bor. Bu matla’ Xojaningdurkim: Dil kabobest k-az u sho’r barangextaand, Vaz namakdoni Xalilash namake rextaand. Mazmuni: Yurak kabobdir undan sho’r [g’avg’o] qo’zg’atganlar, chunki u yurakka Xalil (chin do’st, demakdir) tuzdonidan tuz sepganlar. Va Xalil Sulton ash’orining devoni ta’rifida rangin qasidasi bor. Matlai budurkim: In bahri begaronki, jahonest dar barash, G’avvosi aqli kull nabarad pay ba gavharash. Mazmuni: Bu bepoyon dengiz jahonlarni o’z ichiga olgandir. Ilohiy aql g’avvosi undan gavharni payqay olmaydi. … Va Xojaning qabri Buxoroda o’z hujrasidadur». Xoja Ismat Buxoriy Buxoroda zullisonayn an’anasini boshlab berdi. U o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan. Devoni va o’zbek tilida yozilgan «Ibrohim Adham» nomli asari bizgacha yetib kelgan. Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-me'moriy obidalarga boy go'zal shaharlaridan biri bo'lib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo'lgan. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko'plab tarixchilar, tilshunoslar fikricha, Buxoro so'zi qadimgi hind – sanskrit tilidagi “vixara” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, “qal'a” ma'nosini anglatadi. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb ham atalgan. Bu shaharning har bir go'shasida – boy tarixga ega minoralari, osori- atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o'tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. SHuningdek, u SHarqu G'arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko'zgusi” nomini olgan. VIII asrda mintaqaga islom dini kirib kelishi ortidan Buxoro asta-sekin eng muhim diniy markazga aylanib, islom olamida sharif sanaladigan to'rtta shahardan biriga aylangan. Buxoroi sharifdan butun jahon tan olgan buyuk olimlar, mutafakkir va donishmandlar etishib chiqqan. Ushbu zamin Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Naqshbandiy, G'ijduvoniy kabi buyuk allomalarning dunyoga tanilishida muhim rol` o'ynadi. Ular yozgan asarlar jahon ma'naviy mulkining durdonalariga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” to'plami va boshqa asarlari, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonuni” kitobi islom olami va jahon ilmi javohirlari, deb e'tirof etiladi. Buxoro hududida ulkan tarixiy ahamiyatga ega muqaddas qadamjolar, masjidu maqbaralar, minoralar va madrasalar joylashgan. Islom ta'limi tizimida universitet maqomida bo'lgan nizomiya madrasalari, ya'ni oliy madrasalar aynan Buxoroda faoliyat yuritgan. Ularning eng mashhurlari Mir Arab va Ulug'bek madrasai oliyalaridir. Islom madaniyati va san'atining ajralmas qismlari – xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, me'morlik, gilamdo'zlik, misgarlik, yog'och o'ymakorligi sohalarida ham buxorolik ustalar va hunarmandlar hamisha peshqadam bo'lganlar. Buxoro ahli qadim zamonlardan bag'rikenglik namunasi bo'lgan. Qadimda mutaassiblar tomonidan quvg'in ostiga olingan nasorolar va yahudiylar aynan Buxoro zaminida panoh topganlar. Buyuk Ipak yo'lida joylashgan ushbu shaharda ko'plab millat vakillari istiqomat qilganlar va doimo ahil bo'lganlar. XV asrda Buxoro sarroflari 20 dan ortiq davlatning pullarini almashib berish bilan shug'ullanganlar. Mustaqillik yillarida shahar yanada chiroy ochdi. Mir Arab madrasasi yana oliy diniy ta'lim maskaniga aylantirildi. Ushbu madrasada o'z davrining olimu fuzalolari ta'lim olganlar. Buxorodagi islomiy me'moriy yodgorliklar – Ark qal'asi, Mir Arab madrasasi, Poyi Kalon majmuasi, eski shahar ansambli, mashhur Buxoro hovuzlari asriy ko'rkamligi va jilosini yo'qotmasligi uchun zarur konservatsiya va restavratsiya ishlari bajarildi. O'zbekiston — ulug' avliyolar Vatani. Bu erda buyuk so'fiy darg'alar yashagan va sof islomiy ta'limot hamda uning ma'rifatini tarqatgan. Buxorodagi etti pir — Abduxoliq G'ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me'moriy majmualari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanadi. Manbalarda etti piri komil payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e'tirof etilgan. Ular ko'ngilni nafsu hirsdan poklash, halol mehnat qilib umr kechirish, Allohni jon-dildan sevish g'oyalarini targ'ib qilgan. Ushbu aziz-avliyolarning asarlari, qilgan ishlari zamonlar osha odamlarni tarbiyalab, ularga dinu diyonat, odob-axloq, ezgu so'z va amaldan saboq berib kelmoqda. Ta'kidlash kerakki, Buxoro ahli ota-bobolarining madaniyati va san'atini saqlash, an'analarini boyitishda ham peshqadamlik qilmoqda. Ming yil avval Toqi zargaron yoki Toqi telpakfurushonda qanday savdo qilingan bo'lsa, bugun ham sayyohlar va mehmonlar o'zlariga yoqqan narsalarni timlar tagida joylashgan bozordan xarid qiladilar. Zargarlar, zardo'zi ustalari, gilamdo'zlar, kulollar ham ming yil ilgari ishlab chiqarilgan nafis ashyolarni hamon didingizga mos qilib ishlab chiqarmoqdalar. Buxoro 2020 yilni Islom olami madaniyati poytaxti maqomida kutib oldi. Buxoro - Islom madaniyati poytaxti Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan. Bilingki, Buxoroda bo‘lmaganlar ko‘p narsani yo‘qotdilar. Eng mashhur diqqatga sazovor joylar Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling: ✔️Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik, (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tomonidan "sakkizinchi mo''jiza" sifatida tan olingan); ✔️Ark qalʼasi; ✔️ Somoniylar maqbarasi; ✔️ Chashmai Ayub maqbarasi; ✔️ Magaki-Attari masjidi. ✔️ Mirzo Ulug‘bek madrasasi, ✔️ Miri-Arab madrasasi, ✔️ Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar. Bola Hovuz majmuasi - Registon maydonidagi yagona saqlanib qolgan yodgorlikdir. U amir qal’asi Arkning to‘g‘risida joylashgan. Majmua hovuz, juma machiti va minoratdan iborat. Majmuaning eng qadimiy qismi Bolo-hovuz (ma’nosi "bolalar hovuzi") hisoblanadi. U Buxoroda saqlanib qolgan hovuzlardan bittasi hisoblanadi. Bolohovuz masjidining katta gumbazli masjidi 1712 yil, hovli va hujralari XIX-asrda, ayvoni va masjid yonidagi alohida turgan minora 1915-1917- yillarda, usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan qurilgan. Masjidda juma nomozi oʻqilgan. Bolohovuz masjidi tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino bo’lib, qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan. Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari naqshinkor jilolangan. Jozibador ustunlarga tirangan ayvonning yog‘ochli shifti yog‘och o‘ymakorligi va gulli hamda geometrik naqshlar tushirilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoklari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Bolohovuz masjidi ham qayta ta’mirdan chiqarilgan. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risi”dagi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonun me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. Ushbu tarixiy foto surat Buxoro viloyat davlat arxividagi fond-802, ro‘yxat-1, 53-raqamli yigʻmajildda saqlanmoqda. Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda ushbu viloyatda diniy ziyorat turizmni rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda, viloyat hududidagi ko‘plab aziz avliyolar, piru murshidlarning qabrlariga yondosh hududlarda infratuzilmalari rivojlantiriladi, mehmonxonalar barpo etiladi. O‘ktam Barnoyev Xalqaro Press-klubning Buxoro viloyatidagi sayyor sessiyasi chog‘ida viloyatda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritar ekan, shu haqda ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda, Buxoroda Bahouddin Naqshband, Mir Kulol, G‘ijduvoniy kabi avliyolar, 7 pir majmuasidan tashqari yana 500 dan ortiq qadamjolar bor. Sayyohlik iqtisodiyot tarmoqlarining etakchi bo’g’inlaridan biriga aylanayapti. Viloyatimiz esa bu borada benihoya katta salohiyatga ega. 660 ta moddiy madaniy meros ob’ekti ro’yxatga olinganining o’ziyoq juda ko’p narsani anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlari shu imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish sari tashlangan muhim qadam bo’ldi. Mazkur qarorlarga muvofiq, viloyatga tashrif buyurayotgan chet ellik turistlar va mamlakatimiz sayyohlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga ko’rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mintaqamizda sayyohlik sohasini izchil rivojlantirish, turizm industriyasi va infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Yurtboshimiz tomonidan tasdiqlangan dastur asosida jami 21 ta (shundan 17 tasi Buxoro shahrida) yangi mehmonxona foydalanishga topshirildi, 7 ta yangi zamonaviy turistik klassdagi avtobuslar xarid qilindi. Qisqa davrda aviaqatnovlar va “Afrosiyob” tezyurar poezdining harakatlanish jadvallari optimallashtirildi. Buxoro shahrida yangi mehmonxonalar, madaniy-ko’ngilochar maskanlar va 500 kishiga mo’ljallangan zamonaviy amfiteatr kabi ob’ektlarni o’z ichiga oluvchi “Qadimiy Buxoro” turistik hududini barpo etish uchun 10 gektar er maydoni ajratilib, xorijiy me’morlar bilan birgalikda loyihalash ishlari olib borilmoqda. Buxoro shahridagi sobiq “Shahriston” bozori hududida hunarmandlar markazini qurish, muqaddas qadamjolar — Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband va Chorbakr majmualarida keng ko’lamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayapti. Hududning turistik salohiyatini yanada kengroq targ’ib qilish maqsadida “Ipak va ziravorlar”, “Buxoro shahri kuni”, “Qovun sayli” va “Buxoro hunarmandlari” festivallari tashkil etildi. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda. Jumladan, Xitoyning Loyan va Rossiyaning Vladimir shaharlari bilan Buxoro shahri o’rtasida birodarlik aloqalarini o’rnatish memorandumlari imzolandi. Ispaniya, Yaponiya, Singapur, Indoneziya, Malayziya, Rossiya, Latviya va Turkiya kabi davlatlar bilan shu yo’nalishda muzokaralar olib borildi. 2017 yilda xorijiy turistlarga xizmatlar eksporti qiymati 76,3 million AQSh dollariga etkazilib, o’sish sur’ati 110 foizni tashkil etdi. Ichki turizm bo’yicha individual tartibdagi ziyoratchilarni hisobga olganda mahalliy sayo-hatchilar soni qariyb 2 million nafarni tashkil etdi. Bu 2016 yildagiga nisbatan 15 foizga ko’p. Ayni paytda “Buxoro bo’ylab sayohat qil” dasturi asosida mahalladoshlar, Yoshlar ittifoqi a’zolari, mehnat va fermerlar jamoalaridan tarkib topgan 1200 nafardan ortiq aholi sayohatga chiqmoqda. Ularga Buxoro davlat universitetining turizm va tarix fakulteti 4-bosqich iqtidorli talabalari hamroh-volontor sifatida zamonaviy turistik avtobuslarda sifatli xizmat ko’rsatishmoqda. 2018 yilda ham bu yo’nalishdagi ishlar Abu Ali ibn Sino hayoti va ilmiy merosiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya, “Nasriddin Afandi” va “Sharq taomlari” kabi festivallar hamda Abdulxoliq G’ijduvoniy tavalludining 915 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 700 yillik yubileylariga uyg’un tarzda amalga oshiriladi. 2017 yilning 7-10 dekabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida o’tkazilgan xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida viloyatimiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. To’rt kunlik xalqaro ko’rgazmada turistik kompaniyalarimiz tomonidan vohamizning turizm salohiyati, boy tarixi, madaniy meros ob’ektlari, muqaddas qadamjolari, tabiati, xalqning madaniyati va urf-odatlari haqida tayyorlangan taqdimot, reklama va targ’ibot materiallari ko’rgazma tashkilotchilari va mehmonlarga manzur bo’ldi. Uchrashuvlar davomida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, sayyohlik sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatish, Turkiyadan Buxoroga sayyohlar oqimini ko’paytirish va viloyat aholisining ushbu shaharlarga tashrifini tashkillashtirish bo’yicha kelgusida o’zaro hamkorlikni samarali yo’lga qo’yish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, “Travel Turkey Izmir 2017” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida Buxoro viloyatining turizm imkoniyatlari va salohiyatini alohida yo’nalishlar bo’yicha namoyish etgan “Bukhara Eco Tour” va “East Line Tour” turistik kompaniyalari ko’plab xorijiy hamkorlar bilan kelishuv va bitimlar tuzishga erishdi. Jumladan, “Bukhara Eco Tour” turistik kompaniyasi Turkiyaning “Ginger Travels”, “Kemer Travel”, “Sefir Tour”, “Golden Tours”, “Movvlana Istanbul”, “Betatur”, “OBT Travel”, “Sinaia Tours”, “Folo Travel” va boshqa 100 dan ortiq turistik kompaniyalar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzdi. Muzokaralar natijalari bo’yicha “Bukhara Eco Tour” turistik kompaniyasi 2018 yilda Turkiyadan 3000 ga yaqin sayyohlar uchun O’zbekiston bo’ylab sayohatlarni tashkillashtirib berishi kutilmoqda. “East Line Tour” turistik kompaniyasi esa 120 dan ortiq xorijiy turistik kompaniyalar bilan hamkorlik bitimlarini tuzdi. Kompaniya vakillari tomonidan erishilgan kelishuvlar asosida kelgusi yili Turkiyadan 4000 ga yaqin sayyohlarni yurtimizga qabul qilish bo’yicha ish olib boriladi. Bundan tashqari, “Travel Turkey Izmir 2017” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida ishtirok etgan buxorolik arxitektorlar Zuhriddin Muhiddinov va Farrux Rajabovlar Turkiyaning Izmir va Istanbul shaharlaridagi diqqatga sazovor joylar, bino va inshootlar, istirohat bog’lari, tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda yo’l bo’yi infratuzilma ob’ektlari qurilishi va arxitekturasi bilan tanishdilar. Ular qurilish, jihozlash va binolar dizayni hamda arxitekturasi bo’yicha katta tajribaga ega yirik kompaniyalardan biri “Chimstone”, zamonaviy mehmonxonalarni qurish va jihozlash ishlari bilan shug’ullanadigan “Brasko” kompaniyasi hamda istirohat bog’larini qurish bo’yicha etakchi kompaniyalar “Kemer” va “Makera Atolyesi”, shuningdek, bir nechta xorijiy davlatlarda mehmonxonalar qurish va ularni to’liq jihozlash ishlarini olib borgan Istanbul shahridagi “Otem Dekorason” kompaniyasi vakillari bilan tajriba almashib qaytishdi. Shuningdek, arxitektorlar tomonidan Istanbul shahrining Eski shahar hududidagi tor ko’chalarning yo’l qoplamalari muhandislik texnologiyalari, avtoturargohlar echimi, transportlar harakatlarini tartibga soluvchi barerlarni o’rnatish, chiqindilarni yig’ish usullari o’rganildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2017 yil 2 oktyabrda turizmni rivojlantirish bo’yicha istiqbolli davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan o’tkazilgan yig’ilishda belgilangan vazifalarni bajarish, viloyatda ichki turizmni yanada rivojlantirish bo’yicha yangi loyiha va sayyohlik dasturlari ishlab chiqilmoqda. 2017 yilgi qishloq xo’jaligi mavsumini muvaffaqiyatli yakunlagan fermer xo’jaliklari rahbarlari va a’zolarini rag’batlantirish, ularning maroqli dam olishlari uchun qiziqarli tadbirlarni tashkillashtirish, madaniy meros obidalari bilan tanishtirish hamda muqaddas qadamjolarga ziyorat qilishlarini tizimli amalga oshirish maqsadida “Buxoro fermerlari sayohati” dasturining amalga oshirilayotgani ham ana shunday yangiliklardan biridir. Ayni damda viloyatda 124 ta mehmonxona faoliyat ko’rsatmoqda. Buxoroning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida 2018 yilda 30 dan ortiq mehmonxona, 50 ga yaqin restoran va 10 dan ziyod istirohat bog’larini qurish mo’ljallanmoqda. Bu boradagi keng qamrovli ishlar sayyohlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshiradi. Yangi ish o’rinlari yaratilishiga olib keladi. Xorijliklarning boy ma’naviy-madaniy merosimizdan bahramand bo’lishlariga imkoniyat yaratadi. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan muqaddas shahar Buxoroga qadim zamonlarda tamal toshi qo‘yilgan, o‘t qo‘yilgan va yana qaytadan qad rostlagan. Qadimiy va boqiy Buxoro o‘zining go‘zalligi va hashamatini hech qachon yo‘qotmagan. Ularning barchasi shaharning diqqatga sazovor joylarida aks etadi. Paykent eramizdan avvalgi IV-II asrlarda shakllangan. U "savdogarlar shahri" deb nomlangan. Uning na hukmdori, na egasi bo‘lgan. Keyinchalik shimoli-sharqiy burchakda to‘rtburchak qal’a quriladi. 706-yilda shahar arablar tomonidan bosib olingan. Bosqinchilar umumiy og‘irligi 150 ming oltin misqol bo‘lgan ko‘plab oltin va kumush idishlar, og‘irligi 4 ming dirham bo‘lgan kumush butdan iborat boy o‘ljani qo‘lga kiritishadi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida qal’a devorlari tashqarisida hunarmandchilik maskanlari va dini uchun kurashuvchilarning harbiy lagerlari (rabotlar) paydo bo‘ladi. IX asrdan boshlab, Paykent islom markazlaridan biriga aylanadi. Somoniylar sulolasi hukmronligi davrida bu yerda muhim qurilish ishlari olib borilgan. Paykentda katta jome masjidi qurilgan. XI asr boshlarida shahar hayoti to‘xtab qoladi, bunga suv yetishmasligi sabab bo‘lgan degan taxminmavjud. XII asrda Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Zarafshondan alohida kanal tashkil etishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘radi. Katta kuch va mablag‘ sarflanadi, ko‘p odamlar qurbon bo‘ladi, lekin loyiha muvaffaqiyat qozonmaydi. XV asrgacha bu hududda hali ham aholi qisman istiqomat qilgan, biroq oxir-oqibat shahar tark etilgan. Qariyb 20 metr balandlikdagi va 4 gektar maydonni egallagan mahobatli qal'a. Bu Buxorodagi eng qadimiy me'moriy va arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Afsonaga ko‘ra, yosh yigit Siyovush Afrosiyob hukmdorining qiziga uylanmoqchi bo‘lgan. Bu taklifga shoh, agar yigit buqaning terisi ustida qal’a qurishga qodir bo‘lsa, suyukli qizimni unga beraman deb javob qiladi. Yigit rozi bo‘ladi. U teridan gilam yasaydi, uning ustiga hayratlanarli darajada ajoyib qal'a quradi. Ark qal'asi qurilishining aniq sanasi noma'lum. I-ming yillikda u yerda shaharning e’tiborli zotlari yashagan. Qal'a har doim Buxoro hukmdorlarini ishonchli himoya qilib kelgan. Shohlardan tashqari, bu yerda Osiyoning ilm-fan va madaniyat arboblaridan Abu Ali ibn Sino va Umar Xayyomning uyi ham bor edi. Endi bu muzey-qo‘riqxona hisoblanadi. Unda 70 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Bizning kunlargacha taxt xonasi, hammom, 2 ta masjid, bosh vazir va qabullar saroyi, otxona va xonaqoh saqlanib qolgan. Buxoro-Naqshbandiya birodarligi yettita buyuk so‘fiylarining vatani. Bu yerda tasavvufning buyuk vakillari yashab, diniy va ijtimoiy hayot kechirgan, Buxoroi sharifning shakllanishi va gullab-yashnashiga, ma’naviyatning tarbiyalanishiga, hissiy ruhning ko‘tarilishiga hissa qo‘shgan. Bu yerda so‘fiylarning avliyolari-pirlar dafn etilgan musulmonlar uchun muqaddas joylar saqlanib qolgan. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling