3. buxoroda 500 dan ortiq diniy ziyorat qadamjolari bor
Xoja Abdulhakim al-G‘ijduvoniy maqbarasi
Download 57.01 Kb.
|
BUXORO VOHASIDAGI QADAMJOLAR XO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoja Muhammad Obid al-Revgariy
- Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi
- Xoja Ali Romitoniy yodgorlik majmuasi
- Xoja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi
Xoja Abdulhakim al-G‘ijduvoniy maqbarasi
Xoja Abdulxoliq al-G‘ijduvoniy murshid (ma’naviy ustoz) bo‘lib, Naqshbandiya ta’limotigatamal toshi qo‘ygan. Uning hayoti davomida maqbara chillaxona bo‘lib, odamlar qirq kunlik issiqda namoz o‘qish uchun kelishgan. Keyin namozgoh tabarruk ziyorat joyiga aylanadi. Ziyoratchilarning ko‘pchiligi muborak safarlarini shu maqbarani ziyorat qilishdan boshlashadi. Yaqin o‘tmishda ziyoratgoh kimsasiz bo‘lib qolgandi. Hozir esa maqbara Qadimgi Sharqning bir qismi sifatida, zamin va osmon o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida mujassam qiladi. Xoja Muhammad Obid al-Revgariy Xoja Orif Revgariy ibn Ismoil (1165–1262) Revgar qishlog‘ida tug‘ilgan. U buyuk Abdulxoliq G‘ijduvoniyning shogirdi edi. Buyuk ustoz vafotidan so‘ng, u ruhiy ustoz bo‘lishga ruxsat oladi. U umrining oxirigacha diniy faoliyat bilan shug‘ullangan. Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi Buyuk so‘fiy, ruhiy ustoz qabristoni. U Vobkent shahri yaqinida tug‘ilgan. O‘z faoliyat boshida ustachilik va duradgorlik bilan shug‘ullangan. Talabalik yo‘lini bosib o‘tib, murshid darajasiga yetadi. Mahmud Anjir Fag‘naviy "uxlab yotganlar uyg‘onishi kerak" deya hisoblab, zikrni birinchi bo‘lib baland ovozda aytishni boshlab bergan. Xoja Ali Romitoniy yodgorlik majmuasi Xo‘jagan so‘fiylik maktabining mashhur ma’naviy ustozi dafn etilgan joy. Odamlar so‘fiyni "Azizxon" (hurmatli shayx) deb atashgan. XII asr oxirida Romiton shahrida tug‘ilgan.U to‘quvchilik bilan shug‘ullangan va Mahmud Fag‘naviyning shogirdi bo‘lgan. U imkonsiz narsaga ya’ni mo‘g‘ullarni islomiy e'tiqodga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi. Romitaniy tarqoq yerlarni tiklashga yordam beradi, tabiblik bilan shug‘ullanadi. O‘zining uzoq va taqvodor hayoti davomida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, ularning orasida o‘g‘illari ham bor edi. U kenja o‘g‘li Xo‘ja Ibrohim o‘zining ta’limotini davom ettirishini vasiyat qiladi. Xoja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi Xoja Ali Romitoniyning izdoshi, mashhur so‘fiyning dafn qilingan joyi. Xoja Samosiy (1259–1354) tasavvuf taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi, buyuk shaxs Bahouddin Muhammad Naqshbandiy tug‘ilishini va uning tasavvuf taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini bashorat qildi. U tasavvuf va ma'rifatning eng buyuk farzandi tug‘ilishini va uning tug‘ilgan joyini "Ma'rifatchilar qishlog‘i" deb nomlanishini aytdi. Ustoz 95 yoshida vafot etdi. U dafn qilingan muqaddas joyda bu buyuk inson o‘z ta'limoti bilan mujassam eta olgan maqbara, masjid, quduq va go‘zal bog‘ bar po etilgan. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling