Xoja muhammad orif revgariy (mohitobon)


Download 61.59 Kb.
bet1/3
Sana14.03.2023
Hajmi61.59 Kb.
#1267088
  1   2   3
Bog'liq
shah 2


XOJA MUHAMMAD ORIF REVGARIY (MOHITOBON)



Xoja Orif Revgariy, Mohitobon hijriy 560/ milodiy 1166-yilda Buxorodagi Shofirkon tumani Revgar qishlogʻida tugʻilgan. Xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi,buxorolik yetti pirning ikkinchisi. Revgariy oʻrta boʻyli, oy yuzli, koʻzlari katta-katta, qoshlari ingichka va hiloldek, qizgʻish rangli kishi edi. Vujudidan xushboʻy hid taralardi. Ulugʻ valiylardan boʻlib, ilm, hilm, zuhd, taqvo, riyozat va ibodat ahlidan edi Orif Revgariy uzoq yillar Abdulxoliq Gʻijduvoniydan tasavvuf taʼlimotini oʻrgangan. Ular Gʻijduvon bilan Shofirkon oʻrtasidagi Roʻyibinon qishlogʻida uchrashib, suhbatlashib turganlar. Gʻijduvoniyning toʻrtinchi xalifasi (oʻrinbosari) sifatida ustoz vafotidan soʻng xojagon silsilasini boshqargan.» Silsilai sharif»da “oʻn birinchi halqaning piri” sifatida zikr etiladi.
Orifi Revgariy “Mohitobon”, “peshvoyi orifon” sifatlari bilan taʼriflangan, “Qutbul avliyo”, “Valiylar yoʻlboshchisi” unvonlariga sazovor boʻlgan.
Xoja Mahmud Anjirfagʻnaviyga ustozlik qilgan. U esa Revgariyning ishlarini davom ettirgan.
Maqomati Abdulholiq Gʻijduvoniy va Orifi Revgariy” asarida rivoyat qilinishicha, Revgariy bolaligidayoq Abdulxoliq Gʻijduvoniy xizmatini qila boshlagan. U tinimasiz riyozat chekar, hatto gʻaflat uyqusiga qolmaslik uchun koʻziga tuz separ ekan.
Xoja Orif Abdulxoliq Gʻijduvoniy hazratlarining xizmatida boʻlgan eng fazilatli shogirlaridan va buyuk xalifalaridan edi. Sayru sulukda ustozi joriy qilgan tariqatning asos va qoidalariga birma-bir amal qilib fayzga erishdi. Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlariga ergashishda juda talabchanligi bois yuksak darajaga erishgan edi.
Revgariyning bizgacha maʼlum boʻlgan yagona asari “Orifnoma”dir. Hijriy 622 (milodiy 1225) yil yozilgan bu asarda ilk soʻfiylarning fikr-qarashlari bilan birga, uztoz Abdulxoliq Gʻijduvoniy bilan bogʻliq manoqiblar ham oʻrin olgan.
Xoja Orif Revgariy yuz yildan ortiq umr koʻrib, 1259-yil vafot etganlar. Qabrlari Shofirkon markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” asarida Xoja Orifning “Tadbirga bogʻliq, taqdirga munkir kishi doʻzaxiy, ilohiy taqdirga taslim boʻlgan kishi esa jannatiydir” degan soʻzlari qayd etilgan.
Xoja Muhammad Orif ar Revgariy Mohitobon ziyoratgohi Shofirkon tumanida joylashgan boʻlib, istiqloldan soʻng 1991-yilda namozxonlarning takliflari bilan masjid qurilish ishlari boshlandi. Qurilish ishlarida Oʻzbekiston Qishloq Qurilish Vaziri Nazir Rajabov, Shofirkon tumanidagi bir qator korxonalar va jamoa xoʻjaliklari hamda viloyat hokimlari, tuman hokimi boshchiliklarida 1997-yilda qurilib, namozxon va ziyoratchilar ixtiyoriga topshirildi. Bir vaqtning oʻzida masjidda 450 kishi namoz oʻqishi mumkin. Ziyoratgohning umumiy yer maydoni 2,5 gektarni tashkil etadi.
Xoja Orif ar Revgariy Mohitobon” jomeʼ masjidi 1998-yil 10-avgustida davlat roʻyxatidan oʻtib, diniy tashkilot maqomini oldi. Hozirda, masjidda “Mohitobon bogʻi” barpo etilib, yangidan zamonaviy tahoratxona, maʼmuriy bino qurildi.

Download 61.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling