3. Byudjet bilan hisob-kitoblar auditi. Tayanch iboralar
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
Download 310.84 Kb. Pdf ko'rish
|
13-MAVZU. MAJBURIYATLAR AUDITI
13.2. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar
auditi Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan asosiy maqsad – mol yetkazib beruvchi va pudratchilar hamda korxona o‘rtasida korxona xarid qilgan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida BHMSga mos hisobga olinganligini va moliyaviy hisobotlarida to‘g’ri aks ettirilganini tekshirishdan iborat. Audit tekshiruvini yuqori sifatli o‘tkazish maqsadida audit tavakkalchiligini belgilash va mol yetkazib beruvchi / pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditining dasturini tayyorlash uchun auditor ushbu hisob bo‘limiga nisbatan ichki nazorat tizimi mavjudligini tekshirishi va ushbu tizimni sifat nuqtai nazaridan baholashi lozim. Buning uchun auditor tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Mol yetkazib beruvchi pudratchilar bilan hisob-kitob opreatsiyalariga nisbatan mavjud ichki nazorat tizimi bilan tanishish. Hisob-kitoblar auditining umumiy rejasi va dasturini tayyorlash uchun, 3-sonli "Auditni rejalashtirish" Auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS)ning 19-bandiga muvofiq, auditorlik tashkiloti mijozning ichki nazorat tizimi samaradorligini baholaydi. Agar ichki nazorat tizimi ishonchsiz bo‘lgan ma’lumotlar vujudga kelishi to‘g’risida dalolat bersa yoki ishonchsiz ma’lumot mavjudligini aniqlasa, u samarali deb hisoblanadi.Bu maqsadda auditor savolnoma to‘ldiradi. Qo‘shimcha nazorat testlarini qo‘llash. Bu vazifani amalga oshirish orqali auditor mijoz korxona ichki nazorat tizimi amalda talab darajasida ishlayotganiga ishonch hosil qilishdan iborat. Bu maqsadda mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan amalga oshirilgan bir necha operatsiyalar tanlab olinadi va tahlil qilinadi. Nazorat tavakkalchiligi (riski)ni qayta baholash va asoslovchi testlarni ishlab chiqish. Yuqoridagi vazifani o‘z nihoyasiga yetkazgach auditor ichki nazorat tizimiga nisbatan nazorat tavakkalchiligi (riski)ni aniqlaydi va moliyaviy hisobotlarga nisbatan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan audit tekshiruvining ko‘lamini belgilaydi. Belgilangan ko‘lamga mos ravishda moliyaviy hisobot elementlariga nisbatan asoslovchi testlarni ishlab chiqiladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditor, avvalambor, tovar-moddiy boyliklar (TMB) sotib olinishi uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlar mavjudligi va to‘g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Masalan, mol yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi talablariga muvofiq amalga oshirilganligi tekshiriladi. So‘ngra mol yetkazib beruvchilar o‘z majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarganliklari, mol yetkazib beruvchilarga yoki ular korxona oldida qarzi vujudga kelgan sanasi tekshiriladi. Sub’ektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi talablariga to‘liq hajmda va belgilangan muddatlariga atayin rioya etmagan holda amalga oshirgan kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bundan keyin auditor va uning yordamchilari 6-sonli jurnal-order, 6010-sonli “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar” schet mashinogrammalari va hisob hujjatlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha bevosita har bir mol yetkazib beruvchi bilan (yoki tanlab olib) amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalarini tekshiradilar. Amalga oshirilgan operatsiya sanasi va tavsifi, olingan TMB bo‘yicha narx-navolar to‘g’ri qo‘llanilganligi va ular to‘liq kirim qilinganligi, mol yetkazib beruvchilarning schet-fakturalarida QQS asosli ravishda ko‘rsatilganligi aniqlanadi. Auditor olinayotgan TMB, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar sifati va miqdori bo‘yicha da’volar o‘z vaqtida taqdim etilishiga, shuningdek, narx-navolar va tariflarga rioya qilmaslik, hisob-kitob hujjatlarida arifmetik xatolar aniqlanishi, tortish va o‘lchash natijasida kelib chiqadigan kamchiliklarni tekshiruviga alohida e’tiborini qaratishi lozim. Da’volar nafaqat mol yetkazib beruvchilarga, shuningdek, transport tashkilotlariga – yuk yo‘lda yo‘qotilganligi uchun, banklarga - hisob-kitob va valyuta schetlaridan noto‘g’ri kchiqarilgan yoki kiritilgan summalar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. Da’volar yozma ravishda, da’vo summasi va kerakli isbotlar ko‘rsatilgan holda, faks yordamida yoki buyurtmali xat bilan yo‘llaniladi. Da’voga javob yozma ravishda 30 kun muddatda olinishi shart Auditor hisobdan chiqarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan TMB lar kamomadlari yoki yo‘qotishlari, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj summalari da’volar bo‘yicha hisob-kitob ko‘rinishida berkitilmayotganligini aniqlashi lozim. Download 310.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling