3-Dars. Fonetik Qoidalar
Download 13.79 Kb.
|
Pronouncial rules in English
3-Dars. Fonetik Qoidalar Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harfturlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib, 1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi. (o’rmon so’zidagi o’ kabi) Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all [o’:l] 2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan: make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple [eppl] 3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:] 4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good [gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:] 5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti] Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap], coffee [koffi] 6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv] degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit [kvit], question [kvestshn] New words: call – chaqirmoq small – kichkina make – tayyorlamoq, yasamoq cake – tort see – ko’rmoq cook – pishirmoq good – yaxshi door – eshik floor – qavat cinema – sinema city – shahar cat – mushuk cup – finjon, piyola coffee – kofe queen – qirolicha quit – chiqmoq question – savol Download 13.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling