3. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik, diniy, falsafiy, ilmiy dunyoqarash, ularning o‘ziga xosligi va o‘zaro aloqadorligi
Download 27.79 Kb.
|
3. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik, diniy, falsafiy, ilmiy dunyoqarash, ularning o‘ziga xosligi va o‘zaro aloqadorligi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantig‘i bilan chambarchas bog‘liqdir. Dunyoqarash olamga va unda insonning o‘rni, kishilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga nisbatan qarashlari tizimi bo‘lib, unda bilimlar, e’tiqodlar, kayfiyatlar, intilishlar, orzular, qadriyatlar, me’yorlar, ideallar, maslaklar va boshqalar uyg‘un tarzda ishtirok etadi. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o‘z aksini topadi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bolib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga bolgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og'zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega bolganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Mifologiya (yunoncha “mifos” - afsona, “logos” - so‘z, tushuncha va ta’limot) - ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki bosqichlariga xos bo‘lgan ijtimoiy ong shakli, dunyoni anglash usuli. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan. Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan. Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan. Qadimgi kishilar bu afsona va rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo bo‘lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va shu kabilarga bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar birbirining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatishi mumkin. Mifologiyada dunyoning mazmuni o‘z Qismatini yengishdan iborat boMib, bu yerda ikki yoM bor. Bir yoM juda uzoq va ko‘pchilik uchun moMjallangan boMib bu o'z taqdiriga toMa bo'ysunish va uning barcha talablarini bajarish orqali uni yengish yoMidir. Boshqa yoM qisqa boMib, undan kamdan-kam odam borishi mumkin - bu o‘z taqdirini engib, yangi, oliyroq taqdirga sazovor boMadigan va shu zahoti u bilan ham jangga kirishadigan qahramon yoMidir. Mifologiyada aql-idrok va tasavvur ayniydir. Tushunchalardan xoli aqlzakovat emotsiyalar hukmi ostiga tushib qoladi. Shu sababli dunyoning mifologik manzarasida biron-bir tikmi empirik darajada tekshirish mumkin emas, tabiat hodisalari esa tirik mavjudotning xatti-harakatlariga qiyosan idrok etiladi. Mifologik dunyoqarashda - odamlar o'z dunyolarida yashaydigan va boshqa dunyolami boshqaradigan ayrim oliy mavjudotlar sifatida qaraladi. Bu xudolar orasida biron-bir eng katta va eng qudratli xudo, masalan, antik mifologiyada Zevs mavjud boMishi mumkin, biroq hatto shu xudo ham faqat o‘ziga teng xudolar orasida birinchidir. Uni istalgan paytda taxtdan «ag‘darish»ga harakat qilish va oliy hokimiyatni boshqa xudo egallashi mumkin. Masalan, Zevs bir paytlar o 'z otasi - xudo Kronosni taxtdan ag'dargan, Kronas esa o‘z otasi Uranni taxtdan ag‘dargan, shuning uchun Zevsning o'zi ham kimdir uning hokimiyatini egallashga harakat qilmasligi uchun sergak bo'lisniga to'g'ri kelgan. Shu sababli, hatto eng katta xudo mavjud bo'lsa ham, dunyoning mifologik manzarasida yuqorida doim dunyoni boshqarishga ko'p sonli nomzodlar mavjud bo'ladi. Hatto eng katta xudolar ham Qismat hukmi ostida bo'lsalar-da, Qismatning o'zi ham nimalardadir shu xudolarga bo'ysunadi. Dunyoning vujudga kelishini ta’nllar ekanlar qadimgi yunon mifologiyasi ham cheksiz xaos g'oyasiga tayanadi. Mifologik dunyoqarashga xos bo‘lgan xususiyatlar: 1) mifning odamni tabiatning bir bo‘lagi deb bilgan holda uni tabiatdan ajrata olmaganligi, ya’ni uni tabiiy va ijtimoiy tomonlar uyg‘unligining mahsuli sifatida tasawur qila olmaganligi; 2) mifdagi afsonaviy shaxslaming mavjud fenomen olamda yashaganlarliklarini aks ettirganligi ( Zevsning Olimp, Alpomishning Boysun tog‘ida yashaganligi); 3) mifda odam ruhining o‘ziga qon-qarindosh bo‘lgan boshqa narsalar ruhi bilan aloqadorligi bosh ma’naviy jarayon sifatida qaralganligi bilan ifodalanadi. Hozirgi tadqiqotchilar bunday bir tomonlama baholashdan chekinib, miflami ilk, ba’zan xayoliy sifatida, lekin borliqni bilishda unumli va chuqur urinish sifatida qaramoqda. Hozirgi davrda mifologik dunyoqarash qoloq xalqlar o‘rtasida hukmronlik qilmoqda. Bir shakldan boshqa shaklga o‘tgan mifologik qoldiqlaming turlari ijtimoiy ongda va rivojlangan millatlarda saqlanmoqda. Masalan, ijtimoiy-siyosiy mif turlarida («xalq dahosi», «kuchli qo‘l», bir millatning ikkinchi millatdan ustunligi, «tanlangan millat» to‘g‘risida va boshqalar). Din dastlabki shakllarda amalda mifologiya bilan qo‘shilib ketadi, chunki u borliqni ustun darajada his-sezgilar bilan idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mifologik g‘oyaviy platfonnanga asoslanadi. Keyingi, rivojlangan shakllarda esa aniq falsafiy, ratsional-tushuncha asosiga tayanadi. Din (lotincha religio - taqvo, azizlar, topinish obyekti) - dunyoqarashning shunday shakli bo‘lib, u dunyoning ikki baravar ko‘payishi, uning bu dunyoga bo‘linishi (“yerdagi”, “tabiiy”, “idrok etilgan”) va boshqa dunyo (“samoviy”, “g‘ayritabiiy”, “ilohiy hislar”) bilan tavsiflanadi. «Din» atamasi ikkita asosiy ahamiyatga ega. Birinchisi, kengroq ma’noda inson jonining oliy borliqda (xudo, ruh, Atman, Adi-Budda, Kosmik aql, Koinot ongi va boshqalar) qo‘shilish amaliyotini nazarda tutadi. Ikkinchisi esa, tor ma’noda ong turlaridan birining konkret ijtimoiy ifodasini aniqlaydi, ya’ni ijtimoiy hodisa sifatida konkret dinni ko‘rsatadi. Diniy dunyoqarashning afsonaviy dunyoqarashdan farqi shuki, unda dunyo ikkiga – bu dunyo va u dunyoga bo‘linadi. Bu dunyoqarash go‘yo g‘ayritabiiy kuchlar borligiga, ularning insonlar taqdiriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishiga qat’iy ishonchga asoslanadi. Avvalo ko‘p xudolikka, keyingi 2,5 ming yilda yakka xudolikka ishonch paydo bo‘lib, hozir yer yuzi aholisining dinga ishonuvchi qismi asosan yakka xudolikka sig‘inadi. Odamlar diniy dunyoqarash orqali o‘z orzuumidlarini ifodalaganlar, o‘zlari yaratgan tasvirlarga o‘xshab yashashga intilganlar. Umuminsoniy qadriyatlar shu tarzda avaylab saqlangan va rivojlantirilgan. Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin: • dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bo‘lgan,degan savollarga javob beradi; • kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini ta’minlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi; • tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me’yorlar va qoidalarni belgilaydi; • kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi. Diniy dunyoqarashning mifologik dunyoqarashdan farqi: a) diniy ongning o‘z obyekti va subyektini qat’iy tarzda ajrata olishi, mifning esa odamni tabiatdan ajrata olmasligi; b) dinning olamni jon va tana, ruh va vujud, yer va osmon, tabiiy va g‘ayri tabiiy sohalarga ajratishi, mifning esa o‘z afsonaviy shaxslarining faqat mavjud moddiy olam qo‘ynida yashaydi deb tushunishi; v) dinda e’tiqodning amaliy xatti-harakatlar bilan chambarchas bog‘liqligi, mifda esa uning hali amaliy e’tiqod darajasiga ko‘tarilmaganligi; g) dinda odamning Xudo bilan ruhan birlashuvi masalalarining aniq ifoda etilganligi, mifda individning o‘z qarindosh urug‘lari bilan birlashuvining tasvirlanishi bilan belgilanadi. Diniy dunyoqarashga xos bo‘lgan xususiyatlar: • e’tiqod, ya’ni xudoning bor ekanligiga ishonish, unga aql va bilim bilan itoatda boiish; • qandaydir g‘ayri tabiiy kuchlarga, ular tomonidan sodir etilajak mo‘jizalarga ishonish va e’tiqod qilish; • diniy ibodatlaming borligi; • diniy «muqaddas yozuv - kitob»laming mavjudligi; • cherkov, masjitlaming diniy tashkilot sifatida faoliyat olib borishi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, diniy dunyoqarash – bu borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi,moddiy olamga xos bo ‘Imagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko 'rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, yani Xudoga nisbatan bojgan munosabat,tasawur, urf-odat va marosimlar tizimidir. Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umming mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalami ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog'lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini уaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning birtalay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan borliq regulativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol 16 avlodni tarbiyalashdagi o‘mi va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Dastavval “filosofiya” tushunchasi keng ma’noda insoniyat tomonidan to‘plangan nazariy bilimlarning yig‘indisini bildirgan. Falsafa mifologiya va dindan nimani meros qilib oldi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Falsafa ularning dunyoqarash xarakterini, dunyoqarash sxemalarini, ya’ni umuman olamning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, insonning yuzaga kelishi va uning borliqdagi o‘rni haqidagi masalalarni meros qilib oldi. Biroq falsafada yuzaga kelgan dunyoqarash muammolari ulardan farq qilib, ratsional baho, aql nuqtai nazaridan hal etiladi. Shuning uchun falsafa nazariy shakllangan dunyoqarashdir. Falsafa – umuman olamga, unda insonning o‘rni, insonning insonga munosabatini ifodalaydigan umumnazariy qarashlar tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tutadi. hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g‘am-qussa, nadomat, o‘z yaqinlari va vatani taqdirini o‘ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ana shular barchasining uyg‘unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi. Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog‘liqlik, o‘zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko‘ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo‘lib, ular to‘g‘risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo‘limlarida maxsus to‘xtalib o‘tamiz. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari bor: 1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi boQlanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi. 2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi. 4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. CHunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi. 6. Falsafiy dunyoqarashning G‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol G‘oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu G‘oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi. 7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. SHuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashga xos bo‘lgan xususiyatlar: Falsafiy dunyoqarashning: 1) voqelikni mifologik yoki diniy dunyoqarashdagi hissiy- obrazli idrok ettirishdan tashqari abstrakt-tushunchalar orqali o‘zlashtirishi; 2) tarixiy taraqqiyot silsilasida muayyan bir tizim tarzida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lgan ilmiy dunyoqarashning nazariy shakli bo‘lib, uning dunyoqarash masalalarini tanqidiy ko‘z bilan tadqiq etish va aniq dalil-isbotlar bilan hal qilishga asoslanishi; 3) mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli oiaroq, ulami qanoatlantiruvchiga qandaydir asoslariga tayanishi bilan emas, balki, ilmiy dunyoqarashning yadrosini tashkil etishi va ulaming bir butunligini, o‘zaro aloqadorligini va aniqligini ta’minlashi; 4) olamni anglashda ilmiy bilimlarga tayanishi va shu bilan bir vaqtda falsafa fanlaming rivojiga ham o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazishi hamda ilmiy bilishning umumiy metodologiyasi vazifasini bajarishi; 5) inson borlig‘i muammosini imkon boricha aniq va mutlaq tarzda hal etishga urinishi; 6) insoniyat olamidagi axloqiy va estetik, ijtimoiy- siyosiy, qadriyat, bilish kabi muammolar tadqiqi bilan shugullanishi; 7) avtoritetga emas, balki zaruriyatga qarab ijtimoiy na individual faoliyat uchun zarur bo‘lgan mezon va tamoyillamiishlab chiqishi bilan ifodalanadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida inson ehtiyojlariga javob sifatida shakllangan dunyoqarash shakli bo'lib, u bilimga tayanadi. Fan bilimning mustaqil sohasi, ilmiy dunyoqarash shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to'la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning boMimi - asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosli tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikanit g shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi. Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqmlari shakllangan. Keng (yig'ma) ma’noaagi fan - bu butun inson faoliyati sohasi boMib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni o'rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig'ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko'pincha ayni shu kontekstda qoMlaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir. Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; o‘rganilayotgan obyektlar va hodisalaming qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab moMjal oladi; kategoriyalar apparatini (o‘z tilini) yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalami asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi. Bugungi kunda tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz 45 axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharouida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o'rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o'zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga k o p sonli, shu jumladan, ilgari hech qachon mavjud boMmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi. Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar xalqlar o'rtasida, shuningdek, jamiyat va tabiat o'rtasida insoniy, yaxshi qo'shnichilik munosabatlari ni o'rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o'ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo Yer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko'pgina faylasuflar fikriga ko'ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo'qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o'z rolini o'ynashi lozim. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘mi va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi. Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo'lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o'z urug'idan ajralniagan holaa namoyon boMadi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g'ayri tabiiy dunyoga boMish xos. Dinning asosi g'ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo'g'rilgan. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling