Mavzu: budda, konfutsiy va duosizm diniy e’tiqotlari reja


Download 35.44 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi35.44 Kb.
#1789582
Bog'liq
BUDDA, KONFUTSIY VA DUOSIZM DINIY


MAVZU: BUDDA, KONFUTSIY VA DUOSIZM DINIY
E’TIQOTLARI


REJA:

1. Buddizm dini va ta’limoti.


2. O‘rta Osiyoga buddizmning kirib kelishi.
3. Konfutsiy va duosizm diniy e’tiqotlari

Buddizm tarixi tadkiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «Maxavostu» milodning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» milodning II—III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» —milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil. avv. IX — III asrlar oralig‘idagi har xil muddatlar ko‘rsatiladi. Rasmiy xisobga ko‘ra, Butama-Budda mil. avv. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Birok, ko‘pchilik tadkiqotchilar uning tavalludi mil.avv. 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb xisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko‘rsatadilar.Aytish joizki, yukorida zikr kilingan biografiyalarda Buddaning xaqiqiy xayoti bilan uning hakidagi afsonalar o‘zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya kabilasining podshoxdaridan biri Shuddxodananing ug‘li edi. Uning saroyi Xiimolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo‘lgan (xozirgi Nepal xududida). Onasi — malika Mayya. Podshoh ug‘lini orzu-xavaslar og‘ushida tarbiyalab, uni xech bir kamchiliksiz katta kiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni xukmdorlardan birining kizi Yashadxaraga uylanadi va ug‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. Hech bir kiyinchilik va kamchilik kurmay o‘sgan bola Siddxartxa bir kuni ittifoko bir keksa chol, bir bemor xamda og‘ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta’sirlangan shahzoda insoniyatni kiyinchilik va azobdan qutqarish yullarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohib bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi.Shu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo‘ldi: bu yul uni o‘z oldiga kuygan maksad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutkarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi. Birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘zicha, to xaqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen xaqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U xamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko‘radi: xech bir joyda osudalik yuq edi. Xayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch Trishna — yashash, mavjud bo‘lish umidi barchaning tinchini buzar, xalok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda- nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa-nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi. Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida o‘zining besh rohib do‘stlariga kildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari buldilar.
Buddizm — dunyodagi eng yirik dinlar ichida kadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI — V asrlarda Xindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tikod kiluvchilar, asosan Janubiy, Janubi-Sharkiy va Sharkiy Osiyo mamlakatlari: Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Amerika kit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikston respublikalarida istikomat kiladilar. Xozirgi kunda e’tikod kiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va xinduizmdan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo‘lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir! Buddizm bundan 2500 yildan avvalrok Xindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab diniy manbalar va diniy yunalishlar mavjud. Buddizm turli milliy va diniy an’analar bilan kelishuvchanligi sababli ko‘p millatlar tomonidan keng kabul kilindi. Buddizm xayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iktisodiy katlamlariga kirib bordi. Qadimgi Baqtriya hududlariga bu din milodiy I asr boshdarida kirib keldi. Eski Termizda ko‘plab buddaviylik ibodatxonalari barpo bo‘ldiki bu dinning yuksalishi, tarqalishi ayni Eski Termiz bilan bog‘liq. Eski Termizda o‘ndan oshiq buddaviylik ibodatxonlari mavjud bo‘lgan ularning ayrimlarigina saqlanib qolgan bo‘lib hali-hanuz ushbu tarixiy qadamjolar insoniyatni hayratga solib kelmoqda ana shunday obidalardan biri Qoratepa buddaviylik ibodatxonasidir. Mazkur inshoot milodiy I-III asrlar.Eski Termizning shimoliy – sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926 – 1928 – yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganildi. 1937 yilda M.Ye. Masson va Ye.G. Pchelina tomonidan tekshirish ishlari olib borildi. 1960 yillarda arxeolog B.Ya.Staviskiy qazish ishlarini olib borgan. Hozirda O‘zbekiston – Yaponiya qo‘shma arxeologik ekpeditsiyasi ish olib bormoqda. Umumiy maydoni 8 ga. dan ziyod. Qoratepadan topilgan bag‘ishlov bitiklari bo‘lgan sopollarda Qoratepadagi ayrim majmualar Kxadevakavixara – monastiri, Vxara Gulavxara vxad – Gulavxara o‘g‘li (Gondafar) vixarasi, Okvixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida roxilardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatilib o‘tilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan ko‘plab budda haykallari topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga xindcha bitilgan yozuvlar (kxaroshti va braxma yozuvlari) va devorlarga chizilgan kushon – Baqtriya hamda fors – paxlaviy yozuvlar xarakterlidir.Aynan Qoratepa va Fayoztepa ibodatxonalarida shimoliy Baqtriyaning ko‘pchilik shahar va qishloqlar aholisi kelib sajda qilishgan. Ibodathonalarning birida Buddaning loydan ishlangan katta haykali va stupaning tag qismi nilufar gulining yaproqarlari bilan bezatilgan. Qoratepadan topilgan stupalar buddizmga hos inshoot bo‘lib, u budda dini tarqalgan barcha mamlakatlarda uchraydi. Bunday stupalar asosan bir hil usulda tayorlangan. Stupalarning asosi to‘rtburchak yoki shunga yaqin bo‘lib, bir necha metrga yetgan. Ctupa usti gumbazsimon qilib ishlangan va unga yog‘ochdan yoki toshdan yasalgan bir nechta soyabon bo‘lgan. Bunday soyabon buddaviylarda chatra deb atalgan. Buddaviylarning hisoblashicha, chatra muqaddas daraxt ramzi bo‘lib mazkur daraxt soyasida Budda o‘z diniy nazariyalarini ishlab chiqqan ekan. Qoratepa ibodatxonalarining devorlarida ham diniy mazmundagi rasmlar aksettirilgan bo‘lib, hususan bu yerda Buddaning tasviri ham bo‘gan.Eski Termizga Kushonlar podsholigi hukmronligi davrida kirib kelgan. Milodiy I asr oxirlarida-Xitoyga undan so‘ng IV asrda Koreya, VI acda Yaponiya, VII asrda Tibet, XIII-XVI asrlarda Mongoliya, XVII-XVIII asrlarda Buryatiya va Tuva, XIX-XX asrlarda esa Amerika va Yevropa kit’alariga kirib borgan. Sharqiy Osiyo davlatlariga tarqalishida Eski Termizning alohida o‘rni bor. Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon kilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) — «uch savat» ma’nosini anglatadi. U uch kismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning kulyozma nusxasi Shri Lankada saklanib kolgan. U milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular Budda targibotining hakikiy bayoni hisoblangan sutra matnlari Sutra-pitaka, rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari Vinaya-pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon kilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari — Abxidxarma-pitaka iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, Xitoy, Tibet, Kxmer va Yapon tillaridagi buddizmga oid adabiyotlar ancha keng tarkalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun ahamiyati ozroq Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada jamlangan.

Buddizm dini va ta’limoti


Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda(bundan salkam2500- 2600 yil avval shimoli-sharqiy ) Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapo kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, Buddizmga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizimda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.


Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddizmda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddizim taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat:


1) azob uqubat mavjud;
2) azob uqubatning sababi (istak) mavjud;
3) azob uqubatning tugashi (nirvana) mavjud;
4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud.
Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:
1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik;
2) yolgʻon soʻzlamaslik;
3) oʻgʻrilik qilmaslik;
4) jinsiy aloqaga kirmaslik;
5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik;
6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik;
7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik;
8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik;
9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik;
10) pul ishlatmaslik.
Rohiblar jamoasi asosan Buddizm txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq:
rohiblarga ham;
dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham;
Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddizm — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. Buddizm Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo Buddizm Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy Sharqiy Osiyoning materik qismida Buddizm txeravadasi (qadimiy anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. XV asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddizmga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddizm jamoalari tashkil topdi. Buddizmning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Buddizmda kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
XX asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddizm dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
Oʻzbekistonda bitta Buddizm jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatadi.Budda haykali, Tayland.
Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:
"Buddizm" so’zi hind tilidagi "budhi" so'zidan kelib chiqqan. Bu donolikni anglatadi. O'z navbatida, Budda - "Shaxzoda". Bu shaxs inson qalbining istaklarini bilishga muvaffaq bo'lgan eng dono odam sifatida tasvirlangan.
Buddist rohiblar hech qanday sharoitda o’zlari ovqat tayyorlashmaydi. Ular ovqatni sadaqa sifatida so'rashlari kerak. Bu mashhur diniy ta'limotlari haqida imkon qadar ko'proq ma'lumot tarqatish uchun qilinishi kerak.
Buddizm, har bir insonning hayoti turli hodisalarga to'la, deb ta’kidlaydi. Barchamiz ertamikechmi turli sinovlarni yengib chiqamiz. Bu azoblarda odamning o’zi aybdor. Qalbimiz badanimizdan yuqoriga ko'tariladimi yoki yo'qmi – bu faqatgina o'zimizga bog'liq. Shuning uchun hamjihatlikni ta'minlash muhimdir. Zero, faqat ruh abadiydir va qilingan barcha gunohlar kechirilishi mumkin.
Diniy ta'lim jang san'atlarini rivojlantirishga yordam beradi. Butun dunyodagi din izdoshlari qo'l bilan kurashish sharafini yoymoqda. Bu tanani nazorat qilish texnikasi butun dunyoga mashhur.
Buddistlarda ibodatxonaga borishning muayyan vaqti yo’q. Ular imkonlari bor vaqtda ibodatxonaga tashrif buyurishadi.
Ayol-rohiblarga ushbu lavozimni egallashga ruxsat berilgan, ammo ular huquqlari biroz cheklangan.
Ayol-rohiblarga erkak-monaxlarning gaplarini ikki qilish taqiqlangan, ammo monaxlarga bunday qilish mumkin. Mahatma Budh, hind tilidagi "Buyuk Qalb" degan ma'noni anglatadi, - buddizm diniy ta'limotining asoschisi hisoblanadi. Bu xudo emas, bu keksa, bemor va jasad bilan to'qnashganda juda qo'rqib ketgan haqiqiy odam. Va shundan keyin u uyidan qochib, inson hayoti haqida fikr yuritishni boshlagan.
O‘rta Osiyoga buddizmning kirib kelish
Buddaviylik miloddan avvalgi IV-V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga kelgan bo’lsa-da ,ko’p o’tmay sharqqa tomon keng tarqala boshladi. Rivoyat qilinishicha, Budda vafotidan so’ng uning jasadi kuydirilib, hoki sakkiz buddaviy jamoaga yuborildi. Uning hoki dafn etilgan joylarda buddaviylik stupalari(gumbazlari) barpo etildi.O’zi yuzaga kelgan Hindistondan hinduiylik ta’sirida siqib chiqarilgan buddaviylik boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, jahon dini darajasiga chiqdi.Buddaviylik milodning I asrida Xitoy, IV asrida Koreya, VI asrida Yaponiya, VII asrida Tibet, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliya, XVII asrdan XVIII asrgacha Buratiya va Tuva, XIX-XX asrlarda amerika va Yevropa qit’alariga kirib brogan.O‘rta Osiyoga Buddaviylikning kirib kelishi Buddaviylik O’zbekiston janubining qadimgi va ilk o’rta asrlar tarixida chuqur iz qoldirgan din hisoblanadi. Mamalakatimiz hududida buddaviylik

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Avesto tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi.-T.:- Sharq, 2001. 2.Yuldoshev J. Xasanov S. Avestoda axloqiy ta'limiy qarashlar.-T.: O'qqituvchi, 1992.
3.Isxoqov M.M. Xalq dahosining qadimgi ildizlari va ilk kurtaklari. Til va adabiyot ta'lim. 1993, 2-son.
4. Boys M., Zaroastriyso': verovaniya i obo'chai. Izdaniye 2-ye Sankt-Peterburg, 1998 5. I.Jabborov, G.Dresyanskaya. «Duxi, svyato'e, bogi Sredney Azii»-T.: 1993.
Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling