Tuva,buryat,boshqirt tillarining o'ziga xos sintaktik tabiati


Download 14.33 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi14.33 Kb.
#1765346
Bog'liq
tuva ,buryat,boshqirt tillarining o\'ziga xos sintaktik tabiati


TUVA ,BURYAT,BOSHQIRT TILLARINING O'ZIGA XOS SINTAKTIK TABIATI
Tuva tili yoki Tiva tili — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, Rossiya Federatsiyasining Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-yillarning oxiri). Tuva tili markaziy (adabiy tilga asos boʻlgan), gʻarbiy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy lahjalarga bulinadi. Tuva tilining fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozitsiyasi; qisqa, choʻziq va faringal (boʻgʻiz) unlilarining mavjudligi (at — ism, aat — otmok,, bosib chiqarmoq, aat — uy hayvoni; xaar — qor) va boshqa Morfologik xususiyatlari: joʻnalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzoʻmza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va boshqa Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qoʻllanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilagʻonman). Leksikasida moʻgʻul tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Adabiy Tuva tili 20-asrning 30— 50-yillarida shakllangan. Yozuvi 1930—41 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlgan, 1941-yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan. Tuva tili yoki Tiva tili (tiva tilida nomlanishi — Тыва дыл) — turkiy tillar qatoriga kiradi. Tuvalarning ona tili. Tuva tilida gaplashuvchilar soni 264 ming kishini tashkil qiladi. Rossiyaning tarkibidagi Tuva Respublikasining davlat tili. Leksikasida moʻgʻul tilining taʼsiri koʻp. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan. Boshqird tili — boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tili da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Ikkita asosiy — janubiy (yurmata) va sharqiy (quvaqan) shevasi bor. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940-yildan) alifbolari asosida. Boshqird tili (башҡорт теле (yordam·maʼlumot) [bɑʃqɵrt tɨlɨ]) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).
Download 14.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling