MAVZU:
Kirish. O'zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasinin roli va vazifalari. O'zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari
O’QUV SAVOLLARI:
- O'zbekiston Respublikasida Fuqaro muhofazasiga oid huquqiy - me’yoriy hujjatlarning tasnifi
2. O'zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasini tashkil etishning huquqiy asoslari
Huquq - butun jamiyatda miqyosida ijtimoiy munosabatlar boshqaruvini yuridik asosda, davlat muhofazasida ta’minlashni tartibga soluvchi umummajburiy me'yorlar tizimi
Huquqiy asos - muayyan sohadagi ijtimoiy munosabatlar boshqaruvining asosiy tamoyillarini haqqoniyligini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
O'zbekiston Respublikasining asosiy qonunining muqaddimasida mamlakatimiz xalqi "insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish" ni vazifa qilib qo'ydi.
“Huquqiy Davlat" tushunchasi nimani anglatadi?
Bu – shunday demokratik davlatki unda qonun ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklari ta'minlanishi, barcha fuqarolar qonun oldida tengligi kafolatlanganidir
1-savol:
O'zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga oid huquqiy - me'yoriy hujjatlar tasnifi
O'zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlari mohiyatiga qarab besh asosiy guruhga bo'linadi:
a) fuqaro muhofazasi faoliyati prinsiplarini tartibga soluvchi umumhuquqiy xarakterdagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar;
b) fuqaro muhofazasini ta'minlashda ishtirok etuvchi organlar va tarkibiy tuzilmalarning maqomini belgilovchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar;
v) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar;
g) fuqaro muhofazasining faoliyatini tashkil etishni ta'minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar;
d) Fuqaro muhofazasining muayyan sohalarda faoliyatini huquqiy tartibga solishni amalga oshiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |