Sharq faylasufi konfutsiy va uning falsafiy qarashlari
Download 20.8 Kb.
|
SHARQ FAYLASUFI KONFUTSIY VA UNING FALSAFIY QARASHLARI
SHARQ FAYLASUFI KONFUTSIY VA UNING FALSAFIY QARASHLARI Tilabjonova. S.Sh 1-bosqich Tarix yo’nalishi talabasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Annotatsiya: Kalit so’z: Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va siyosiy arbob boʻlgan, Konfutsiy asl ismi Kun Syu bo’lib (mil. av. taxm. 551 yil—Lu knyazligida aslzodalar oilasida tavallud topgan), Xitoyning Shan`dun viloyatida — 479 yilga qadar yashagan. Konfutsiyning muxlislari uni Kun Fu Szi deb,ya’ni (hurmatli ustoz Kun) deb atashgan. Konfutsiy 3 yoshida otasidan va 17 yoshga to’lganda esa onasidan ham ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 ta qiz farzand va bir nogiron o’g’il bo’lgan.Konfutsiy XVII asrda Xitoyga kelgan va iyezuit missionerlar xitoylik donishmand ta’limoti bilan tanishib uni Yevropa madaniyatning ham vakiliga aylantirish maqsadida Konfutsiy deb atay boshlagan[1] Konfutsiy yoshlik davrlaridanoq hayotning og’ir sinovlariga duch keladi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramasadan u ilm olishga intilgan Konfutsiy Pifagor va Suqrot kabi faqat og’zaki ta’lim bergan. Shuning uchun ham undan bitta ham qo’lyozma qolmagan Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Uning fikrlari va qarashlari shogirtlari orqali yetib kelgan. Konfutsiy daosizm asoschisi Lao Szi bilan uchrashgan,undan maslahatlar olgan.Faylasufning 3000 nafar shogirdi bo’lgan. Ulardan 72 nafari hech qachon tark etishmagan.Konfutsiy 66 yoshiga qadar mamlakatlarni kezib, o’z ta’limotidan saboq bergan. U mazkur amalni 30 yoshida boshlagan. Konfutsiy yosh bo’lishiga qaramay o’zining bir ta’limotiga asos soldi. Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko’ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir.[2] Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug‘, u o‘ziga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rmasligi, o‘ziga ravo ko’rgan narsani boshqalariga ham ravo ko’rishi lozim deb ta’kidlaydi. Uning fukrlarini mazmun mohiyatini tushunar ekanmiz bu fikrlar naqadar to’g”ri ekanligini bu g’oyalarning asl mohiyatini tushunamiz. Konfutsiyning: “Yagona va eng mudxish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir”[3]- fikrini o’qir ekanmiz bu hikmatni hozirgi zamon bilan solishtirsak haqiqatdan ham insonlarning eng katta xatosi o’zlarining avvalgi xatolarini to’g’irlashmas ekan bu xatolar ularning keying ishlarida judda katta muammolarga olib kelishi hech gap emas ekanligini hozirgi zamon bilan yaqqol ko’rib fikr va mulohaza qilishimiz mumkin. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling