Hozirda biz yashab turgan yurt, ya'ni, O'zbekiston Respublikasi dunyoning rivojlanib borayotgan
Download 255.62 Kb. Pdf ko'rish
|
akademik mustaqil umidjon 1
1-TOPSHIRIQ Hozirda biz yashab turgan yurt, ya'ni, O'zbekiston Respublikasi dunyoning rivojlanib borayotgan davlatlar sirasiga kiritiladi. Sababi, yurtimizda ko'plab yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning rivojlanishiga o'z xissasini qo'shayotganlardan biri bu - ommaviy axborot vositalaridir. Bularga televidiniya, radio gazeta va jurnallar, turli xil internet saytlarini misol qilsak bo'ladi. Bular bizga yurtimizda, jahon olamida qanday voqea hodisalar, siyosiy va ijtimoiy kurashlar, har xil tabiiy ofatlar kabi ma'lumotlarni o'z vaqtida yetkazib berishga xizmat qilyapti. Bundan 20-25 yil oldin odamlar yangiliklarni faqat gazeta va jurnallardan bilishgan. Sekin asta hayotimizga oynai jahon ya'ni televizorlar kirib keldi. Bu esa gazeta va jurnallarga bo'lgan talabni kamayishiga olib keldi. Yana bir necha yil o'tgan insonlar hayotida yana bir katta o'zgarish bo'ldi. Hayotimizga turli xildagi telefon kerib keldi. Bu esa televizorga ham bo'lgan talabni kamaytirdi. Yuqorida aytib o'tilgan hammasi bizga so'ngi yangiliklarni uydan chiqmasdan bilishga yordam berdi. Gazeta va jurnallar hali ham o'z qiymatini yo'qotgani yo'q. Shu sababli yurtimizda ko'plab gazeta nashriyotlari o'z faoliyatini olib boradi. Quyida bir nechta turli xil gazeta va jurnallar haqida qisqacha ma'lumot beramz. 1.Mushtum jurnali - hazil va tanqidiy manbaalarga asoslanib chop etiladigan jurnal. Bu jurnal o'z faoliyatini ko'p yillar davomida to`xtatmay keladi. Hozirgi kunda bu jurnalning har bir sonida yosh rassomlarni ijodidan namunalar, turli xil hajviy, kulguli hikoya va masallar chop etiladi 2. Darakchi gazetasi - bu siyosiy asosan yangiliklardan tashkil topgan gazetadir. Bu gazeta bugungi kunda yurtimiz bo'ylab keng tarqalgan hamda eng mashhur gazetalardan biri. Nafaqat yutimiz, balki, jahonda bo'layotgan yangiliklarni ham yetkazib beradi. Hozirda o'zining rasmiy internet saytiga va telegram kanalida ham o`z faoliyatini olib boradi. 3. Tashxis - bu tibbiyot ilmiga bag'ishlangan jurnaldir. Bu jurnal o'zining har bir chop etgan sonlarida biz insonlaga kerakli, juda muhim, turmush faoliyatimizda ko'plab foydasi tegadigan tibbiy bilim va ko'nikmalarni ommaga namoyish etadi. Turli xil tibbiy kashfiyotlar va tajribalarnu ham shu jurnal orqali bilib olamiz. 4. Farg'ona haqiqati gazetasi - bu farg'ona viloyati bo'yicha nimaiki voqea-hodisalarni, turli xil siyosiy jarayonlarni, yana bir qancha jinoyatlarga barham topilayotganlarni chop etadi. Bu gazeta bizga farg'onadagi barcha bo'layotgan qo'shtirnoq ostidagi haqiqatlarni ochiq oydin yetkazib beradi.mavjud bo'lib unda ham so'ngi yangiliklarni uzatib boradi. 5. Xalq so'zi — ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi. 1991-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan. Haftada 5 marta, oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organlari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy jarayonlarni xolis va begʻaraz yoritish tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. O`ZBEKISTONDAGI TELEVIDENIYALAR 1. O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati. 1998-yilning 1- sentabridan o'z ish faoliyatini boshlagan.2021-yil 18-noyabrdan boshlab, "Yoshlar" telekanali ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo'lgan telekanal sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. «Yoshlar» teleradiokanali faoliyatining asosiy yo`nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarni hamda mazkur jarayonda Yoshlarning ishtirokini keng yoritish; - Yosh avlodni Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Hozirgi kunda bu telekanal ko'plab yurtdoshlarimizni e'tirogiga sazovor bo'lgan. 2. Sevimli TV — 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiykoʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Kanal oʻz nomini Caravan TV dan Sevimli TV ga 2017-yil 1-dekabrda oʻzgartirgan. Telekanal koʻrsatuv va dasturlar nafaqat Oʻzbekiston boʻylab balki butun jahon bo'ylab internet platformalarida 24 soat davomida toʻxtovsiz efirga uzatiladi. 3. Zoʻr TV — Oʻzbekistondagi nodavlat koʻngilochar-musiqiy telekanal. 2017-yilning 1-fevral kunidan Oʻzbekiston hududida sinov tarzida efirga uzatilishni boshladi. Shu yilning 1-mart oyidan koʻngilochar dasturlari bilan toʻliq ishga tushdi. Bu paytgacha test rejimida faoliyat olib borgan va bu testda telekanal ozini oqlagan. So'ngi paytlarda yoshlarning eng sevimli telekanallardan biri bo'lib qolgan. 4. Uzreport TV — Oʻzbekistondagi nodavlat informatsion telekanal. 2014-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston hududida efirga uzatilishi boshlangan. Ushbu telekanal 1999-yilda tashkil etilgan. Telekanal oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tilini ham ishlatadi. Ushbu telekanalda har soatda yangilanib turadigan siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va sport yangiliklari uzatiladi. Shu bilan birgalikda turli xil o'ziga xos ko'rsatuvlari bilan xalqimizning ko'ngliga yaqin kirib bordi desam mubolag'a bo'lmaydi. 5. Sport TV — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallardan biri. Ushbu kanal O'zbekiston boʻylab efir uzatib kelayotgan eng birinchi tashkil topgan kanallardandir. Telekanalda turlicha davlat sport turnirlarini translatsiya qilib beradi. Shuningdek boshqa telekanallar kabi o'zing sportga oid ko'rsatuvlari mavjud. Telekanal o'zining oldiga Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish, mamlakatimiz va chet ellardagi muhim sporttadbirlarini ko'paytirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy ravishda rivojlantirish kabi maqsadlarni qo'ygan. 6. Oʻzbekiston-24 telekanali - 2017-yil 24-iyul kuni ilk bor efir yuzini koʻrgan. Shu qisqa vaqt ichida telekanal oʻz yoʻnalish va tamoyillariga tushib oldi. Bugun esa o`zining keng qamrovli auditoriyasiga ega telekanaldir. Telekanal Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining eng yosh telekanallaridan biri boʻlishiga qaramasdan qisqa davrda mamlakatimiz media makonidan munosib joy egalladi. Hozirda bu telekanal qaysidir ma'noda axborot oqimida lokomotiv hisoblanadi. O`ZBEKISTONDAGI RADIOLAR 1.Toshkent xalqaro radiosi - asosan radioeshittirish beruvchi radiostansiya. Xorijiy tinglovchilar uchun. Radiostansiyaning eshittirishi 2006 yil 31 martda tugatilgan. U oʻsha davrdagi SSSR va Osiyodagi eng yirik xalqaro radiostansiyalardan biri, yopilishidan oldin esa Oʻrta Osiyodagi eng yirik radiostansiya edi. 2. Jizzax radiosi – ushbu radio ko`p yillar davomida o`z faoliyatini to`xtatmay kelayotgan radiolardan biri hisoblanadi. Ushbu radio o`z faoliyati davomida ko`lab radioeshittirishlar, ko`ngilochar radio ko`rsatuvlar tayyorlab o`zbekiston xalqiga namoyish etgan. Asosan Jizzax viloyatidagi har xil yangiliklarni efirga olib chiqadi. 3. Yoshlar radiosi – bu radio ham ko`p yilar davomida xalqimizga eng so`ngi yangiliklarni yetkazib, o`zining katta xizmatlari bilan xalqimiz ko`nglidan iliq joy olgan. Radio yoshlar telekanali tashkil topgan yildan ko`p o`tmay, ya`ni 2000-yilarda tashkil topgan. O`zining qiziqarli ko`rsatuvlari bilan xalqimizga taniqli radiolardan biri bo`lgan. 4. Ruxsor radiosi – vodiy bo`yicha eng mashhur radio desam mubolag`a bo`lmaydi. Chunki, bu radio haqida yoshi kattalardan tortib kichik yoshdagilar ham sevib eshitadilar. Eng keng tarqalgan, ya`ni eng sevimli radioeshittirishlardan biri bu ”Ha yoki yo`q “ o`yinidir. Vodiyliklar ichida buni eshitmaganlar bo`lmasa kerak. Bu radioeshittirishni “Ruxsor” telekanalida ham omma orasida o`ynab, efirga uzatiladi. Birinchi marta bu ko`rsatuvni boshlovchi bo`lib Avazbek Egamberdiyev boshlagan. Hozirgi kunda boshqa har xil boshlovchilar ko`rsatuvni olib boradi. 2-TOPSHIRIQ JAHON TELEVIDENIYALARI 1.BT Sport ESPN - Inglizlar pulli televizor sport tomonidan taqdim etilgan kanal. BT iste'molchisining bo'linishi BT guruhi Amerika sport telekompaniyasining litsenziyasi asosida Kanal ESPN tomonidan 2009 yil 3 avgustdan 2013 yil 31 iyulgacha ishlagan. Kanal, xususan, Amerika sportini yoritishga katta e'tibor beradi. Beysbolning oliy ligasi va Amerika kolleji sporti, ammo BT bundan ham foydalanadi. Agar BT Sport 1, 2, 3 boshqa turdagi bo'lsa, Evropa sportini namoyish etadi 2. Rossiya 24 - Butunrossiya federal davlat axborot telekanali. Moskvadan kechayu-kunduz eshittirishlardir. U Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi tarkibiga kiradi. 2006 yil 1-iyulda efirga uzatila boshladi. Ushbu telekanal Rossiyada bo'layotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor qiladi. Hozirda bu telekanalda asosan Rossiya va Ukraina o'rtasida bo'layotgan urush haqida ko'plab siyosiy ko'rsatuvlar, axborotlar, urush maydonidan jonli efirlar ommaga namoyish etilmoqda. 3. Sobiq TV9 kanali - ilgari TV9 nomi bilan tanilgan. Bu ingliz tilidagi bepul kanal bo'lib, Osiyo dasturiy ta'minotiga e'tibor qaratib, Freeview 29-da efirga uzatilgan. U mahalliy xitoy jamoalariga va xitoy madaniyati bilan qiziquvchilarga qaratilgan. Kanal Oklend, Tauranga, Uaykato, Napier, Xastings, Palmerston North, New Plymouth, Wellington, Canterbury va Dunedin shaharlarida mavjud. U 2012 yil 21-yanvarda Oklendning ASB Lunarfestda boshlandi va o'sha yilning 1-fevralida efirga uzatishni boshladi. 4. BBC - Buyuk Britaniya ijtimoiy tarqatuv korporatsiyasidir. Birlashgan Qirollikda radioeshittirish olib borish uchun tuzilgan. 23 ming nafar xodimi bilan jahondagi eng yirik tarqatuvchi boʻlib turibdi. BBC shtab-kvartirasi Londondagi Broadcasting House binosida joylashgan. 1927-yil Londonda tashkil etilgan. Besh dastur, ya'ni, siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport boʻyicha radioeshittirishlar berib bor. Chet elga eshittirishlar kecha-kunduz ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda beriladi. BBC Oʻzbek tahririyati 1994-yil noyabr oyida tashkil etilgan. Eshittirishlar oʻzbek tilida olib boriladi. 1996-yil mart oyigacha faqat qisqa toʻlqinda eshittirishlar berilgan boʻlsa, keyinchalik oʻrta va oʻrta qisqa toʻlqinlarda berilmoqda. BBC ning Oʻzbekiston tahririyati Oʻrta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat oʻzbek tilidan tashqari qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BBC jahondagi koʻpchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmogʻiga ega. JAHON RADIOLARI 1.Xitoy radiosi FM 99.4 - Oklendning yagona Kanton tili radiokanali, Gonkong yangiliklari va dasturlariga e'tibor qaratadi, shuningdek, Kanton, Singapur va Malayziya kanton tilida so'zlashadigan jamoalarga yo'naltirilgan. Yangi Zelandiyadagi yagona mandarin - tili radiostansiyasi, Yangi Zelandiyaliklarga ularning yoshi, sinfi, jinsi, ish joyi va qiziqishlaridan qat'i nazar, Xitoy merosiga murojaat qilishni maqsad qilgan. Xitoy radiosi Ingliz tili va Xitoy tili radiostansiyasi, Xitoy dunyoqarashi bilan yangiliklar, zamonaviy Xitoy haqidagi ma'lumotlar va zamonaviy dunyo haqidagi hujjatli filmlarni efirga uzatadi. 2. Ozodlik radiosi — bir qancha Sharqiy yevropa mamlakatlari hamda sobiq sovet ittifoqi respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostansiya. Ozodlik radiosi Sharqiy Yevropa, O'rta Osiya va O'rta Sharq mamlakatlari haqida yangilik va maʼlumot berib boradi. Ozodlik radiosi 28 tilda, shu jumladan, o'zbek tilida ham translatsiya qiladi. Ozodlik radiosi O'zbekistonda toʻsilgan. 3. Radio NEXT — 2005-yil 25-fevraldan 2011-yil 31-dekabrgacha 105.2 FM chastotasida eshittiriladigan Rossiya tijorat radiostantsiyasi. Dastlab, stantsiya xorijiy va mahalliy xip-xop, R&B va rap muxlislariga e'tibor qaratdi, ammo 2009-2010-yillarda format xorijiy pop musiqasiga moslashtirildi. NEXT FM eshittirishining asosiy musiqiy yo'nalishlari nufuzli G'arb manbalari edi: Billboard chartlari, zamonaviy Evropa radiostantsiyalari jadvallari, mukofotlarning qisqa ro'yxatlari. 4. Radio Mash'al - Pokistondagi Ozod Yevropa Radiosining aʼzosi. U 2010 yil 15 yanvarda ishga tushirilgan. U pashtu tilida eshittirishlar olib boradi. Uning bosh qarorgohi Praga, Chexiya da joylashgan. 2018-yil 19-yanvar kuni Pokiston hukumati tomonidan Islomoboddagi Mash’al radiosining idorasi yopildi. JAHON GAZETALARI 1.The New York Times gazetasi - dunyodagi eng nufuzli nashrlardan biridir. Bu Nyu-Yorkda 1851-yil 18- sentabrdan beri nashr etilayotgan kundalik gazeta va Nyu-York Tayms kompaniyasiga tegishli. Gazeta shiori – “Barcha yangiliklar chop etishga arziydi”. Gazeta 117 marta Pulitser mukofotiga sazovor bo'lgan. Bunday yangiliklar nashrlari orasida rekordchi hamdir. "Kulrang xonim" laqabini olgan. Ustida bu daqiqa uning tiraji ish kunlarida 1 million 131 ming nusxani, dam olish va bayram kunlarida esa 1 million 681 ming nusxadan ortiqni tashkil qiladi. 2. Xulq ovozi gazetasi — Tojikistonda nashr etiladigan oʻzbek tilida markaziy respublika ijtimoiy-siyosiy gazeta. U Tojikiston Respublikasi hukumatining rasmiy nashrlaridan biri hisoblanadi. Gazeta bosh idorasi Dushanbe markazida, Sa’diy Sheroziy xiyobonida joylashgan. Gazetaning oʻzbek tilidan nomi “ Golos Naroda” deb tarjima qilingan. 1929—1955 Bu yilda "Qizil Tojikiston" deb nomlangan. Hozirgi kunda u haftada bir marta, olti ming nusxadan ortiq tiraji bilan sakkiz sahifadan iborat bo‘lib chiqadi. Tijoratning katta qismi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi xodimlari bo‘lgan davlat idoralarida obuna orqali tarqatiladi, qolgan qismi gazetaning qolgan obunachilari uchun sotuvda. 3. Kul al-Arab - 1987 yilda tashkil etilgan tildagi haftalik gazeta. Bu Isroilning eng nufuzli va ko'p o'qiladigan arab tilidagi davriy nashridir. Shuningdek, u G'arbiy Sohilda tarqatiladi. Kul al-Arab 70 nafar xodimga ega va 38000 tiraj bilan nashr etilgan.Bi-bi-sining ta'kidlashicha, gazeta "birinchi navbatda xristian gazetasi sifatida tanilgan", ammo "musulmon auditoriyasini kengaytirishga harakat qilmoqda".Qog'oz daromadlarining aksariyati reklamadan olinadi va natijada ba'zan ular bepul berib yuboriladi. Bir muncha vaqt shoir tomonidan tahrir qilingan qog'oz Samih al-Qosim, uning faxriy muharriri bo'lib qolmoqda. 3-TOPSHIRIQ Mening qishlog`im Men farg`ona viloyati Uchko`prik tumanining Puchug`oy qishlog`ida yashayman. Hozirda mening qishlog`imda ko`plab o`zgarishlar bo`lmoqda. Sababi o`tgan yetti yil ichida yurtimiz bo`ylab ko`plab islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarni eng asosiysi qishloq va mahallalarda bajarildi. Va yana shuni ta`kidlashim kerakki, yakunlanib borayotgan yilning nomi ham “Yoshlarni qo`llab quvvatlash va faol mahalla yili” – deb nomlangan. Bundan ko`rinib turibdiki, bu yilda ham mahallalarni yanada rivojlantirish, ko`plab yangi innovatsiyalar olib kelish uchun shunday nomlagan. Bundan oldin, ya`ni, 2017-yili mamlakatimiz tarixida katta burilish bo`ldi. Sababi yurtimiz prezidenti Shavkat Miromonivich Mirziyoyev davlatimizni rivojlatirish maqsadida “Harakatlar strategiyasi” nomli besh yilga mo`ljallangan turli xil islohotlarga, yurtimizni gullab yashnashiga asoslangan reja ishlab chiqildi. Bunga muvofiq besh yil davomida barcha rivojlanayotgan, rivojlanishdan ortda qolgan mahalla va qishloqlar qayta ta`mirlanishni rejalashtirilgan. Ushbu “Harakatlar strategiyasi” ga bizning qishloq ham kiritilgan. Shuning uchun ham so`nggi yillarda qishlog`imizda ko`plab islohotlar, o`zgarishlar amalga oshirildi. Bulardan biri bu - bundan bir oy oldin mahallamizda ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi. Ya`ni yer qaridan maxsus mashinalar yordamida ichimlik suvi chiqarildi va uzoq kuttirmagan holda suv trubalari yordamida barcha aholining uylariga suv yetkazib beriladigan bo`ldi. Endilikda hamma qishloqdoshlar suvni o`z uylaridan olishlari mumkin. Oldingi paytlardagi uzoq masofalardan katta suv idishlarida suv tashish kabi ovoragarchiliklar ortda qoldi. Bunga o`xshash yangi islohotlar yana bir qancha. Yana biri bu – qishloqdoshimizdagi katta tadbirkor mahallamiz markazida tikuvchilik fabrikasini ishga tushurdi. Bu mahallamizdagi ishsiz o`tirgan mahalladoshlarimizni, ish bilan ta`minlashga xizmat qiladi. Avvalo bu fabrikaga ayollar daftarida, temir daftarida, yoshlar daftarida turadigan ayol qizlarni tikuv ishlariga, yoshlar daftarida turgan yigitlarni boshqaruvchilik, yuklarni hamkorlarga yetkazib berish kabi ish joylariga ishga oldi. Mahallamizdagi yangiliklardan biri bu – mahallamizdagi yo`l muammosi bor joylar ham o`z yechimini topdi. Bu yo`l muammosi ko`p yillar davomida yechimini topmagan edi. Mana shu “Harakatlar strategiyasi” tufayli ushbu muammo hal bo`ldi. Yoshlarimizni xursand qilgan yangiliklardan biri bu – mahallamiz guzaridan ma`lum bir joy ajratilib, yoshlarimiz uchun sport bilan shug`ullanishlari uchun sport maydonchasi, futbol o`ynashlari uchun esa mini futbol maydonchasi bunyod etilmoqda. Bu maydonlar bunyod etilgandan so`ng avvalgidek sportga qiziqqan yoshlar boshqa qishloqdagi sport maydonlariga borishlari shartmas. Yana ozgina vaqtdan so`ng ushbu sport, futbol maydonchalari mahallamiz yoshlari uchun foydalanishga topshiriladi. Bu mahallamizda sport rivojlanishiga katta xizmat qo`shadi. Bu futbol maydonchasida endilikda futbol to`garaklari tashkillanib, yoshlarimiz o`rtasida futbolni rivojlantirmoqchi. Qishlog`imizdagi yana bir muammolarda biri internet tezligini pastligi edi. Bu muammoga ham davlatimiz oqilona yechim topdi. Ya`ni internet tezligini oshiruvchi antenna o`rnatildi. Hozirda qishlog`imizda internet pastligi kabi muammolar qolmadi. Endilikda qishlog`imizdagi tadbirkorlar va dasturchilar tomonidan “IT markaz” ochish rejalashtirmoqda. Bu reja 2023-yilning bahoriga qadar tugallanishi aytib o`tildi. Bu “IT markaz” da dasturchilikni mukammal o`rganganlar, dasturchilikka asoslangan institut yoki universitet, akademiyalarni bitirib kelib, dasturchilikka iste`dodi bo`lgan yoshlarimizni ishga olish ko`zda tutilmoqda. Qishlog`imizda bunday yangiliklardan juda ham ko`p bo`lyapti. Qishlog`imiz hozirda rivojlangan qishloqlar sirasiga kirmoqda. Mana shunday o`zgarishlar juda ham ko`p bo`lishini tarafdorimiz. Chunki, mahalla ham kichik bir davlat demakdir. Mahallalar, qishloqlar rivojlanaversa davlatimiz ham shunchalik taraqqiy etaveradi. Download 255.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling