3. Ekskavator turini tanlash va uning kerakli sonini aniqlash. Poezdning xarakat tenglamasi


Download 141.26 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi141.26 Kb.
#231617
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish yonalishga kirish

Ko`rsatkichlari

EKSKAVATORLAR

EKG-3

EKG-4,6B

EKG-6,3U

EKG-8I

EKG-12,5

EKG-20

Kovshi hajmi, m

3,2

4,6

6,3

8

12,5

20

Maksimal qamrash balandligi, m

9,8

10,3

29,2

12,5

15,6

17,9

Maksimal yuklash balandligi, m

6,3

6,8

-

9,1

10

12

Maksimal qamrash radiusi, m

13,5

14,4

35

17,8

22,5

21,6

Xuddi shuningdek, yuk tushirishda, m

12

12,7

32,9

16,3

19,9

19,4

900 ga burilganda ish tsikli davomiyligi, sekund

23

23

40

28

32

30

Tarmoq elektrodvigateli quvvati, kVt

250

250

1250

520

1250

2500

Ishchi massa, t

140

196

670

370

653

870

Poezdning xarakat tenglamasi

Poezdning xarakat tenglamasi – poezd tezligi va tortish kuchi teng ta`sir etuvchilari, xarakatga qarshilik va tormozlash kuchlari orasidagi bog`liqlikni ko`rsatuvchi matematik ifodadir.

Poezd xarakatini uning og`irlik markaziga to`g`ri keladigan M massining xarakati sifatida qaraladi. Unda N`yuton qonuniga binoan poedzga ta`sir qilayotgan teng ta`sir etuvchi kuch quyidagiga tengdir

R= M1xa

Bu erda, a – uzluksiz kichik o`zgarishli tezlikdagi poedning tezlanishi, m/sek2

Agar poezd massasi M1 faqat xarakatda bo`lsa, uning o`lchamini poed og`irligi (R+Q) orqali aniqlash mumkin. U holda,



bu erda, g – og`irlik markazining tezlanishi bo`lib 9,8 m/sek2 ga tengdir.



Poezd xarakatida faqat bitta massa emas, balki bir qancha aylanuvchi qismlar (g`ildiraklar, shesternyalar, elektryuritma yakorlari) aylanma xarakatlari xam kuzatiladi. SHuning uchun poezdning xakikiy massasi qiymati quyidagicha aniqlanadi.

yoki

bu erda, aylanuvchi massalarning inertsiya koeffitsienti

Agar xarakat vaktida poezdga faqat tortish kuchi va qarshilik kuchlari ta`sir qilsa, unda teng ta`sir etuvchi quyidagiga tengdir
R=F-W

R, M va a larning qiymatlarini tenglamaga qo`yib,



,

Poezning xarakat tenglamasi oxirgi ko`rinishi quyidagicha bo`ladi.



Shpallar ikkala rel’s uchlarini bog`lab yuklamani yoki bosimini shu izlardan ballast qatlamiga uzatishga, zaminga bo`lgan nisbiy bosimni kamaytirishga va x.k. larga xizmat qiladi.

Shpallar yogoch, metall va temir-betondan yasaladi. YOgochli shpallar qarag`ay, kedr va tilog`och daraxtidan tayyorlanadi.

Ko`ndalang kesimiga qarab shpallar brusok va yassi shaklida bo`ladi. Ularning ishlash muddatlarini oshirish maqsadida maxsus moy - antiseptik bilan shimdiriladi. Brusok shakldagi shpallarning qalinligi 120 mm, yuqori qismi kengligi 100 mm, pastki qismi esa 180 mm. YAssi shpallar qalinligi esa 110 mm, kengligi esa mos ravishda 95 va 240 mm bo`ladi. SHpallarning uzunligi 600 mm kenglikdagi temir yo`llarda 1200 mm, 750 mm kenglikda 1500 mm, 900 mm kenglikda 1600 mm, 1524 mm li yo`lda esa 2700 mm bo`lishi kerak.

1 km masofadagi temir yo`lga o`rnatiladigan shpallar soni zamin holatiga, tashilayotgan yuk miqdoriga yoki xarakatdagi sostavning og`irligiga bog`liq ravishda 1524 mm li yo`lga 1440, 1600, 1840, 1920, 2000 dona; 750 mm li yo`lga esa 1500, 1625, 1750, 1856 dona shpal sarflanadi. SHpallar orasidagi masofa 25 sm dan oshmasligi kerak.

Uzoq muddat ishlaydigan magistral yo`llarda temir-beton shpallar ishlatiladi. Bunday shpallarning eng ko`p ishlab chiqarilgani 250 sm uzunlikda 235 kg og`irlikka egadir, bitta shpaldagi beton xajmi 95 litrni tashkil etadi, metall sarfi – 8 kg.

Metall shpallar tez tez ko`chirilib turiladigan temir yo`llarida qo`llaniladi. Temir-beton shpallar alohida hollarda, juda nam, ho`l va uzoq vaqt xizmat qiluvchi er osti yo`llarda qo`llaniladi.

Shpallar orasidagi masofa rel’s turiga va lokomotiv-vagonlar og`irligiga bog`liq bo`lib, odatda 0,75-0,9 m oraliqda o`rnatiladi.

Ballast qatlami shpal bilan ostki qurilma o`rtasidagi elastik “yostikcha” bo`lib harakatdagi poezd g`ildiraklari zarbini yumshatishga, ostki kurilmaning notekisligini bartaraf etishga, shpaldan ostki qism (zamin) ga beriladigan bosimni bir tekis taqsimlanishini ta`minlashga, shpallarni surilib ketmasligiga va er osti suvlarini temir yo`ldan chetlashiga xizmat qiladi. Ballast materiali tushayotgan zarbdan ezilib va sochilib ketmasligi, o`zida suv va changlarni ushlab qolmasligi kerak. SHag`al, sheben’, tosh maydalari kabi qattiq tog` jinslari ballast uchun material bo`lishi mukin.

Tosh maydalari va maydalangan toshning o`lchamalari 20 mm dan 40 mm, shag`alning o`lchamlari 3 mm dan 30 mm gacha qabul qilinadi. Ballast qatlamiga shpalning 2/3 qismi ko`milib turadi. SHpalning ostida ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam bo`lmasligi kerak. 1524 mm kenglikdagi doimiy temir yo`lda ballast qalinligi 25-40 sm oraliqda, suriluvchan yo`lda esa 15-25 sm ni tashkil qiladi.

1 km yo`lga ballast materiali sarfi asosiy magistral yo`llarda (er yuzasida) 1500-2000 m3, suriluvchan yo`llarda esa 600-1000 m3 ni tashkil qiladi.

Shaxta rel’sli yo`llari pastki qurilmasi asosiy elementlaridan yana biri suv qochirish ariqchalaridir. Bu ariqchalar lahimning bir chetidan o`tilib, lahim asosi shu ariqcha tomon qiyaroq kilib o`tiladi. Agar lahim beton bilan mustaxkamlangan bo`lsa, ariqcha tag va devorlari beton bilan qoplanadi.



Biriktiruvi elementlar rel’slarni bir-birlari Bilan hamda shpal bilan biriktirishga xizmat qiladi. Rel’slar shpalga metall yostiqcha (planka) orqali siqishtiruvchi kostil, katta mix, shrup va bol’tlar orqali mustaxkamlanadi. YOg`och shpallarning ezilib ketmasligi, unga bo`lgan tayanch yuzasini ko`paytirish, ichki va tashqi kostillari siljishiga qarshi birgalikda ishlash uchun shpal bilan rel’s orasiga metall podkladka (yostiqcha) qo`yiladi. Podkladkalar yassi va ponasimon ikki va uchta teshikli bo`lishi mumkin.

Rel’slarning uchlari nakladka va bolt yordamida birlashtiriladi. Rel’eslarni ulashning “qattiq” (shpalda yoki tirgakli) va osma, egiluvchan (elastik) xillari mavjud. Vagonchalarnig vazni uncha og`ir bo`lmagan kam xarakatli xamda ikkinchi darajali yo`llarda rel’s uchlari qattiq ulanadi. elastik ulash uslubi esa serharakt va g`ildirakga katta yuk tushadigan hollarda qo`llaniladi. YUk tashishda ikkita yaqinlashtiriladigan shpallar oralig`ida joylashadigan elastik ulash xili yaxshi natija beradi.





Rel’s uchlarini ulash

Harakatdagi sostavning chayqalishini kamaytirish maksadida “osma” elastik ulash ikala temir yo`l izda aniqlik bilan bir-birining qarshisiga joylashtiriladi.

Biriktiruvi nakladkalar – rel’slarning uchlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatiliib, ular yassi burchakli, fartukli va peshbandli ko`rinishda bo`ladi.

Kontaktli tashqaridan tok oladigan elektovozlar yordamida yuk tashiladigan hollarda ikki rel’sning uchlari nakladka orqali ulashdan tashqari maxsus peremichka – tok o`tkazuvchi sim yoki yassi metall orqali xam ulanadi , a). Bu holat peremichkani tok o`tishiga qarshiligi 18 kg/m li rel’slar uchun -0,00024 Om va 24 kg/m li rel’slar uchun -0,00025 Om dan oshmasligi kerak.





Foydalanilgan adabiyot.




  1. E.E. Gorno-transportnie mashini i oborudovanie dlya otkritix rabot: O`quv qo`llanma. – 2003. – 260 b.

  2. Sheshko E.E. Ekspluatatsiya i remont oborudovaniya transportnix kompleksov kar’erov: O`quv qo`llanma. -2000. - 425 b.

  3. Kvaginidze B.C. Ekspluatatsiya kar’ernogo gornogo i transportnogo oborudovaniya v usloviyax Severa. - 2002. - 243 b.

Download 141.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling