3. Fuqaro V. turmush oʻrtogʻi bilan nikohi bekor boʻlgandan soʻng ikki yil davomida yetti yoshli qizi uchun aliment oldi. Keyin u bola uchun pul joʻnatishni toʻxtatdi va boshqa yordam bermadi


Download 25.8 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi25.8 Kb.
#238992
1   2   3
Bog'liq
Huquqiy axborot texnologiyalari

Nazariy savol №2:

20. Axborot xavfsizligini taʼminlash asosiy vazifalari qamrab olgan olganligiga tilxat berish, bekor qilish, anonimlik kabi masalalarini yoritib bering.

Javob:

Axborot xavfsizligini taʼminlash muntazam va kompleks xarakterga ega koʻp qirrali faoliyatni amalga oshirishni koʻzda tutadi. Uni amalga oshirishda axborot xavfsizligidan manfaatdor taraflar oldiga qoʻyiladigan vazifalarga alohida eʼtibor berish zarur. Ushbu turli-tuman vazifalarni bir necha quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:



  • axborotdan foydalanishni taʼminlash, yaʼni maqbul vaqt mobaynida axborot xizmatini olish hamda axborotni olishda ruxsatsiz taqiqlashni bartaraf etish;

  • axborot yaxlitliligini taʼminlash, yaʼni axborotning ruxsatsiz modifikatsiyalanishini yoki buzilishini bartaraf etish;

  • axborot konfidensialligini taʼminlash, yaʼni axborotdan ruxsatsiz tanishishni bartaraf etish.

Odatda, bir-biridan axborot xavfsizligining xuquqiy, texnik, moliyaviy, tashkiliy va boshqa resursli taʼminoti bilan farqlanuvchi axborot xavfsizligi subyektlarining quyidagi toʻrtta kategoriyasi ajratiladi:

  1. butun bir davlat;

  2. davlat tashkilotlari;

  3. tijorat tuzilmalari;

  4. alohida fuqarolar.

Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini taʼminlashdagi asosiy vazifalar qamrab olgan quyidagi keng spektrli masalalarni koʻrib chiqish joiz hisoblanadi: konfidensiallik, yaxlitlik, identifikatsiya, autentifikatsiya, vakolat berish, foydalanishni nazoratlash, mulklik xuquqi, sertifikatsiya, imzo, sanasini yozish, anonimlik.

Axborotning konfidensialligi – himoyaning eng kerakli vazifalaridan biri. Har bir insonda yoki tashkilotda shunday xujjatlar borki, ularning jamoa mulkiga aylanmasligi taʼminlanishi shart.

Axborotning yaxlitligi. Maʼlumotlar, ishlanishi va aloqa kanali boʻyicha uzatilishi jarayonida, tasodifan yoki atayin buzilishi mumkin. Axborot eltuvchida saqlanadigan joyidayoq buzilishi mumkin. Yaxlitlikni taʼminlashga (yaxlitlikni nazoratlashga) binoan maʼlumotlar saqlanishi va uzatilishi jarayonida modifikatsiyalanmaganligini tasdiqlash yoki maʼlumotlar buzilganligini aniqlash talab etiladi. Boshqacha aytganda, maʼlumotlarning har qanday oʻzgarishi sezilmasdan qolmasligi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:



  1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. Toshkent. Adolat.:2020;

  2. “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi qonun. 2017-yil 7-sentabr O’RQ-443-son;

  3. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 1991-yil 30-aprel;

  4. Muhammadiyev A.O‘. M93 Huquqiy informatika/A.O'. Muhammadiyev.— Т.:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasinashriyoti. 2006-yil.



1 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr.Toshkent.Adolat.:2020.

2 O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 1991-yil 30-aprel.

3 O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 1991-yil 30-aprel.

4 Muhammadiyev A.O‘. M93 Huquqiy informatika/A.O'. Muhammadiyev.— Т.:Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasinashriyoti. 2006-yil.60-bet.

5 “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi qonun. 2017-yil 7-sentabr O’RQ-443-son.


Download 25.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling