3. Fuqaro V. turmush oʻrtogʻi bilan nikohi bekor boʻlgandan soʻng ikki yil davomida yetti yoshli qizi uchun aliment oldi. Keyin u bola uchun pul joʻnatishni toʻxtatdi va boshqa yordam bermadi
Download 25.8 Kb.
|
Huquqiy axborot texnologiyalari
Nazariy savol №1:
6. Huquqiy axborotga normativ hujjatlarda berilgan taʼrifini va A.Muxammadiyevning Huquqiy informatika darsligidagi taʼrifidan farqini keltiring. Bu ikki taʼrifni mantiqan tahlil qilgan holda, oʻzingizni fikringizni bildiring. Normativ xujjatlarni rekvizitlarini toʻliq keltiring. Axborot tushunchasi o’tgan asrning 70-yillarigacha umumiy huquqshunoslik sohasi uchun bu tushuncha qo’llanilmagan. Shu yillardan keyingi davr davomida kibernetika sohasida tadqiqotlar rivojlana boshladi va shu munosabat bilan axborot qidiruv ishlari takomillasha bordi. A.B. Vengerov huquqiy axborotlarning ikki turini ajratadi. Birinchisiga normativ huquqiy hujjatlar ifoda etilgan axborotlar. Bu turdagi axborotlar farmoyish berish xususiyatiga egaligi bilan farqlanadi. Ikkinchidan, muallif hujjatli axborot-qidiruv tizimi taqdim etuvchi yuridik hujjatlar haqidagi axborotlarni ham huquqiy axborotlar qatoriga qo’shadi. S.S. Moskvin huquqiy axborot haqida kengroq tushuncha bergan: “huquqiy axborot jamiyat hayotida huquqiy sohada ro’y berayotgan voqea, hodisalar va jarayonlar bayon etilgan xabarlar majmuyi” deb keltirib o’tilgan. Yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda xulosa qiladigan bo’lsak, huquqiy axborot – shaxslarning huquq sohasiga doir ma’lumotlar, faktlar, hodisa tafsilotlari, shuningdek davlat va jamiyat tomonidan huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash, uni muhofaza qilish faoliyati vazifalarini hal qilish, shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun foydalaniluvchi ma’lumotlar va xabarlar jamlanmasi4. “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi O’RQ-443-sonli qonunning 3-moddasida huquqiy axborotga quyidagicha ta’rif berilgan: “ huquqiy axborot — normativ-huquqiy hujjatlarning, ularga oid rasmiy sharhlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning qo‘llanilish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirishlarning, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlari qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallari”5 deb ko’rsatilgan. Bular o’rtasidagi asosiy farq, darslikda keltirilgan ta’rif umumiy, ya’ni xalqaro huquq sohasida ham shunga o’xshash ta’rif bilan ifodalanadi. Shuningdek, huquqiy axborotning jamiyat va davlat hayotida qanday ko’rinishlarda aks etilishiga e’tibor qaratilganligi bilan farqlansa. Qonun hujjatida keltirlgan ta’rif, ma’lum bir davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida hamda kiruvchi ma’lumotlar va ularga berilgan sharhlar ekanligi qayd etilgan. Huquqiy axborotga shaxsiy fikrimni bildiradigan bo’lsam, huquqiy axborot- insonlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini o’zida aks etgan davlat hokimiyati oraganlari tomonidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlarda o’z ifodasini topgan ma’lumotlar va xabarlar yig’indisi.
Download 25.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling