3. G’aznaviylar 961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so’ng davlatning zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini asli turkiy qavmga mansub bo’lgan salohiyatli lashkarboshi Alptegin
Download 21.51 Kb.
|
TARIXDAN REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulton Mahmud (998-1030)
- Saljuqbek
- 1038 yilda
- Tug’rulbekning 1038-1063 yillarni o’z ichiga olgan hukmronlik davri
- Malikshoh (1072-1092)
- Shamsulmulk
- Nizomulmulk (1017-1092)
- Sulton Sanjar (1118-1157)
3. G’aznaviylar 961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so’ng davlatning zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini asli turkiy qavmga mansub bo’lgan salohiyatli lashkarboshi Alptegin qo’lga kiritadi va bu hududda yangi davlatga - G’aznaviylar davlatiga asos soladi. Biroq G’aznaviylar davlatining yuksak maqomining qaror topishi va keng e’tirofi Sabuktegin nomi bilan bog’liqdir. Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi darajasiga erishgan Sabuktegin 977 yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o’zaro nizolardan foydalanib, 101
Qobul daryosi havzasiga qarashli erlarni ham G’azna viloyatiga qo’shib, mustaqil davlat tuzishga muvaffaq bo’ladi. U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini ham qo’lga kiritadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounnahrni egallagunlariga qadar Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan so’ng o’g’li Mahmud davrida G’aznaviylar mavqei va davlat boshqaruvi tizimi kuchayadi. G’aznaviylarning eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-1030) vaqtiga to’g’ri keladi. Kezi kelganda Sulton Mahmud katta qo’shin tuzib, uni o’sha davrning eng zamonaviy qurol-aslahalari bilan, etarli maosh bilan ta’minlab, juda ko’plab bosqinchilik yurishlarini amalga oshirdi. U XI asr boshlarida Amudaryo bilan belgilangan shimoliy chegaralarni Qoraxoniylar bilan kelishib olgach, o’zining asosiy e’tiborini janubda - Hindistonga, g’arbda - Xuroson va unga chegaradosh hududlari tomon qaratadi. Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u erdan katta miqdordagi o’lja-boyliklar olib keladi. Birgina 1019 yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o’lja – katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari 350 ta fil va 57 ming asir-qulni tashkil etgan. U 1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag’aniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud katta qo’shin bilan jang qilib G’ur viloyatini egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud G’aznaviyning nigohi geografik jihatdan g’oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan Xorazmshoh Ma’munning o’limidan foydalanib, u erga katta qo’shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma’mun akademiyasining bir qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G’aznaga oldirib keladi. Uning so’nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Rey shahrini egallash bo’ladi. Mahmud G’aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, shimoliy Hindiston hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bu joylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Mahmud davrida G’aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida, ayniqsa G’aznada katta inshootlar, salobatli masjidu madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm maskanlari ko’plab barpo etilgan bo’lsa-da, biroq ko’pchilik aholining moddiy – maishiy ahvoli nochor kechgan, turli xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan. 1011 yilda Xuroson o’lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo’lishiga olib kelgan. Shu bois Mahmud G’aznaviy davlati tashqaridan go’yo qudratli ko’ringani bilan haqiqatda esa uning ichdan emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko’p o’tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o’rinda shuni aytish kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o’z 102
mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek, saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallash sari harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo’lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg’ol qilishga kirishadilar. O’lkaning G’aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to’lovlar asoratidan norozi bo’lgan mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo’llab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o’rtadagi harbiy to’qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta’sir o’tkazadi. G’aznaviylar qo’shini bilan Saljuqiylar o’rtasidagi birinchi katta urush 1035 yilda Nissa shahri yonida bo’lib o’tdi. U Saljuqiylar g’alabasi bilan yakunlandi. Ko’p o’tmay Saljuqiylar o’z g’alabalarini mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo’lga kiritdilar (1038y). 1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig’i) bo’lgan so’nggi hal qiluvchi jangdan so’ng Ma’sud G’aznaviy qo’shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson o’lkasidan mahrum bo’ladi. Ko’p o’tmay Ma’sud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041y). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Ma’sudning o’g’li Mavdud ham bir necha bor kuch to’plab saljuqiylar bilan urush olib borgan bo’lsa-da, ammo o’z qo’shinini mag’lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059 yilda G’aznaviylarning muhim tayanchi - Balxning Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylarning so’ngi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa pirovardida G’aznaviylar davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan butunlay tushib ketishiga sabab bo’ldi.
Sabuktegin (977-997 yy) Mahmud G’aznaviy (998-1030yy) Ma’sud G’aznaviy (1030-1041yy) Mavdud G’aznaviy (1041-1050yy)
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o’g’iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko’proq ko’chmanchi hayot kechirgan. «O’g’iznoma» kitobida naql qilinishicha, o’g’iz urug’lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo’lib, ularga ilk bor O’g’izxon nomli buyuk shaxs boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o’rtalariga kelib Orolbo’yi va Kaspiy shimolida O’g’iz urug’lari ittifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo etagida poytaxti Yangikent bo’lgan o’g’izlar davlati tashkil topadi. XI asr o’rtalariga kelib bu davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. Natijada o’g’iz urug’larining bir qismi shimolga - dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo mamlakatlariga chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o’tib, erli aholi bilan qo’shilishib, turkmanlar nomi bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud Qoshg’ariy, Abul G’oziylarning ma’lumotlariga qaraganda, o’g’izlar 22 yoki 24 qabiladan, chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va boshqalardan tashkil topgan. 103 Sirdaryo quyi oqimida paydo bo’lgan o’g’iz davlatining dastlabki yobg’usi (podshosi) Saljuqbek bo’lgan. Uning avlodlari Tug’rulbek, Dovudbek, Chag’ribek va Shakarbeklar o’z davrlarida saljuqiylar shuhratini yuksakka ko’tardilar. Saljuqiylar sulolasi namoyalari Saljuqbek Tug’rilbek (1038-1063) Alp-Arslon (1063-1072) Malikshoh (1072-1092) Sulton Sanjar (1118-1157) Hozirgi Turkiya turklari, Iroq, Eronda yashovchi turkmanlar, shuningdek, gagauzlar, ozarbayjon xalqlarining shakllanishida saljuqiy turklarning roli va ta’siri alohidadir. Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog’li erlariga kelib o’rnashib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Keyinroq Movarounnahr hududlari qoraxoniylar sulolasi tomonidan egallanib, ularning chorvador xo’jaliklari bu erlarni band etgach, saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi. Shu bois ular g’arbga tomon siljishga majbur bo’ladilar. XI asrning 20-30 yillariga kelib saljuqiy urug’- qabilalarning hozirgi turkman erlari orqali G’aznaviylar tasarrufidagi Xuroson o’lkasiga kirib borishi faollashadi. 1038 yilda Saraxsda, 1040 yilda Dandanakanda bo’lib o’tgan hal qiluvchi urushlar davomida Saljuqiylar G’aznaviylarni engib, butun Xuroson erlarini egallab, o’z davlati markazini shu hududga ko’chiradilar. Shu tariqa, Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga aylanadi. Saljuqiylar hukmdori Tug’rulbek egallangan Movarounnahr va Xuroson hududlarini o’z avlodlari - Chag’rilbek va Dovudbeklar tasarrufida qoldirib, o’zi g’arbga tomon harbiy yurishlarini davom ettiradi. Tug’rulbekning
Osiyoning katta hududlarini qo’lga kiritilganligi bilan tavsiflanadi. Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdiston hududlarini, hozirgi g’arbiy Eron viloyatlarining bir qismini, shuningdek, Fors, Kermon viloyatlarini egallaydilar. 1055 yilda esa xalifalik markazi Bag’dod ishg’ol qilinadi. Ayni paytda Vizantiyaning Kavkazdagi ta’siriga ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, Tug’rulbek kuchli Saljuqiy sultonligiga asos soladi. Uning vorisi Alp-Arslon (1063-1072) ham jahongirlik yurishlarini davom ettiradi. Uning davrida O’rta er dengiziga qadar bo’lgan Kichik Osiyo erlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar saltanati Movarounnahrdan to O’rta Er dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi. Alp-Arslon mamlakat poytaxtini Nishopurdan Marvga ko’chiradi. U o’z podsholigi davrining katta qismini yana sharqqa - Movarounnahrning Qoraxoniylar ta’sirida bo’lgan joylarini egallashga qaratadi. Shu maqsadda u Xorazm erlarini, so’ngra Jand, Sabronni qo’lga kiritadi. Keyinroq Chag’aniyon 104
va Xuttalon viloyatlarini bosib olish uchun qo’shin tuzadi. Biroq Alp-Arslon 1072 yilda 200 minglik qo’shin bilan Amudaryo kechuvidan o’tish chog’ida kutilmaganda xalok bo’ladi Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan payti Malikshoh (1072-1092) davriga to’g’ri keladi. Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk tomonidan mamlakat hayotining ko’plab sohalarida juda muhim ijobiy o’zgarishlar amalga oshiriladi. Avvalo, Saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi maqomi yanada mustahkamlanadi. Malikshoh muhim strategik ahamiyatga molik Balx va Termiz hududlarini Qoraxoniylardan qaytarib oladi. Shuningdek Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk vafotidan so’ng vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, 1089 yilda katta qo’shin tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon Ahmadni asir qiladi. Garchand tez orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo’lsa-da, biroq amalda Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoladi. Malikshoh davrida davlat xokimiyatining kuchayishida dono vazir Nizomulmulk (1017-1092) roli benazirdir. Katta huquq va keng vakolatlarga ega bo’lgan birinchi vazir markaziy hokimiyatni kuchaytirishga, davlat amaldorlarining mas’uliyati, javobgarligini oshirishga, davlatning moliya, soliq va boshqa boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat beradi. U o’zining bu boradagi yuksak salohiyati va tajribasini umumlashtirib, mashhur «Siyosatnoma» asarini yozadi. Bu kitob katta shuhrat va e’tirof qozonib, mana, necha asrlardirki, Sharq va G’arb mamlakatlarining davlat arboblari, vaziru vuzarolari uchun siyosat bobida muhim dasturulamal qo’llanma vazifasini bajarib kelmoqda. Nizomulmulkning rahnomoligi va tashabbusi bilan Bag’dod, Nishopur, Hirot, Balx, Marv kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda juda ko’plab o’qimishli yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi yaxshi yo’lga qo’yildi. Mamlakat shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq, karvon savdosi markazlari sifatidagi mavqei kuchayib, xalqaro Ipak yo’lining roli ortib bordi. Bu davrda «iqto’» tizimi kuchli rivojlangan bo’lib, uning bilan bog’liq mulkiy munosabatlar qishloq xo’jaligi sohasida etakchi mavqe egallagan. Saljuqiylarning eng so’nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) bu davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi bilan o’ziga xos murakkab, ziddiyatli davrni aks ettiradi. Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Movarounnahrda yanada mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi. Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand, Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo’lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot etadi. Bu davrda Xorazm erlari ham amalda Saljuqiylar ta’sirida bo’lib, Xorazmshohlar, masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar. 105
Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqei puturdan keta boshlaydi. Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o’zida ham Qoraxoniylarga va hamda Saljuqiylar saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan qo’shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho’lida Qoraxitoylar bilan bo’lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragach, Movarounnahr erlari Qoraxitoylar qo’li ostiga o’tadi. Saljuqiylar esa katta hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo’ladi. Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg’ol etish bilan birga, bu erdagi sulolalar hukmronligini yiqitmay, ularni o’zlariga vassal qilish, muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar. Shuning uchun ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar Bolasog’unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o’lponni yuborib turishga majbur edilar. Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda kechdi. U 1153 yilda Balx viloyatining tog’li hududida ko’chib yuruvchi g’uz qabilalarining g’alayonlarini bostirish chog’ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil davomida g’uzlar qo’lida asirda bo’ladi. Bu vaqt ichida g’uzlarning Xuroson va Movarounnahrning janubiy-sharqiy erlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. Faqat 1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo’ladi va bir yildan so’ng vafot etadi. Uning o’limi bilan bir vaqtda o’z davrida qudratli bo’lgan markazlashgan Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati ham so’nadi. Bu davrga kelib Kermon o’z mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo’ladi. Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o’zining avvalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni chog’da Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni kuchayadi ham ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular keyinchalik Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida muhim asos bo’lib xizmat qiladi. Download 21.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling