3-hafta nazariy slaydlari


Download 1.94 Mb.
bet2/11
Sana23.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1392325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-6-Ma\'ruza. OT-03 Arxitektura

Kompyuter tizimi modelli tizim hisoblanadi. Har bir qurilma (xotira, tashqi qurilmalar) uchun tizimda maxsus boshqaruvchi (boshqacha aytganda protsessor) mavjud bo’lib, bu qurilma kontrolleri deb ataladi. Barcha modullar (markaziy protsessor, xotira va xotira kontrolleri, tashqi qurilmalar va ularning kontrollerlari) o’zaro tizimli shina (system bus) orqali bog’lanadi, bu shina signallarni almashish uchun qo’llaniladi. Har bir kontrollerning ishi OT qismi bo’lgan, quyi darajadagi dasturlash tilida yozilgan maxsus dasturlar – drayverlar yordamida boshqariladi.

Kompyuterga tashqi qurilmalarni ulash portlari

Portlar – kompyuterga tashqi qurilmalarni maxsus ulagichlar (razemlar) yordamida bog’lash uchun qo’llaniladigan qurilma. Har bir port o’zining kontrolleriga va unga mos drayveriga ega.

Eng ko'p ishlatiladigan port - USB (Universal Serial Bus) porti, tekis ulagichdan iborat bo’lib, o'lchamlari taxminan 1 sm. USB portlar yordamida juda ko’plab tashqi qurilmalarni bog’lash mumkin. Bu port orqali bog’lash uchun kompyuter tokdan ajratilishi talab etilmaydi.

Kompyuterga tashqi qurilmalarni ulash portlari

COM portlari (communication ports) – turli xil kommunikatsiya qurilmalarini bog’lash uchun port, masalan, modem qurilmasi.

LPT (line printer) yoki parallel port - qalin kabel va katta ulagichga ega bo'lgan printer yoki skanerni ulash uchun mo’ljallangan eskirgan port turi.

Portlar

SCSI (Small Computer System Interface) portlari va SCSI qurilmalar - keng polosali tashqi qurilmalarni bog’lash uchun qo’llaniladigan adapter, port va interfeys. Masalan, qattiq disk, CD-ROM / DVD-ROM, skanerlar va boshq. SCSI portlari va qurilmalaridan foydalanish 1980-yillarda Sun firmasi tomonidan tavsiya etilgan.

VGA (Video Graphic Adapter) port - monitor (displey)ni bog’lash uchun qo’llaniladi, grafik kontroller (protsessor) bilan boshqariladi.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling