3. hayot faoliyati


Download 1.07 Mb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1624087
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-bob





3. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
3.1. Yonginga qarshi himoya tizimi.
Yonginni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
Yong‘inlar sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va turar joyda yuz berishi mumkin bo‘lgan, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Yong‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz hodisalar zaharlanish, kuyish natijasida kishilar hayotini olib ketgan hollar ko‘plab uchraydi. Shuning uchun ham yong‘inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi. Umuman yong‘in chiqmasligini ta’minlash, yong‘in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining oldini olish moddiy boyliklarni, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘lib, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir. Bizning vazifamiz yong‘in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga, unga qarshi samarali kurash olib borish, yong‘inni o‘chirishda qo‘llaniladigan birlamchi vositalar, har xil tadbirlar bilan o‘quvchilarni tanishtirishga qaratilgan.
Yonish jarayoni deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi. Yonishda asosan uch omil muhim ahamiyatga ega:
1 ) yonuvchi modda;
2 ) yondiruvchi muhit;
3) qizdirish jarayoni.
Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular har xil yog‘och mahsulotlari va jihozlari, qog‘oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organik moddalardir. Yondiruvchi muhit bu bizni o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo‘lib, u ham hamma vaqt mavjud. Ba’zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro‘y berishi mumkin.




Endi qizdirish jarayoni bo‘lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manbasi bo‘lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan issiqlik yonishning davom etishini ta’minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manbasi va yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta bo‘lsa, yonish shuncha tez bo‘ladi. Yonish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo‘ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida sodir bo‘ladi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo‘naladi va o‘z o‘rniga havo bilan kislorodning kirishiga sababchi bo‘ladi va bu holat yonuvchi modda tamom bo‘lguncha davom etishi mumkin. Bu yonishni havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonishni yog‘och, ko‘mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin. Yong‘inlar ham asosan diffuziya tartibda bo‘ladi. Yonishning ikkinchi xili— yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklaming bug‘lari va yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o‘tadi, ya’ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. Yonish tezligi modda miqdor zichligiga, haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bunday yonish yopiq hajmlarda yoki idishlarda bo‘lsa, portlash hodisasi ro‘y beradi.
Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko‘ra yong‘in chiqishga, portlashga va yong‘in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong‘inning asoratiga asoslangan holda yong‘inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi. Albatta, har bir sanoat korxonasida yong‘in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong‘inga xavfliligi darajasi bilan o‘lchanadi. Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti yengil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo‘lsa, unda albatta yonmaydigan

48



xomashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong‘in chiqish ehtimoli ko‘p, shuning bilan birga, bu korxonada yong‘inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong‘indan ko‘riladigan zarari albatta katta bo‘ladi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong‘in va portlashga xavfi bo‘yicha beshta kategoriyaga bo‘linadi. A toifa—yong‘inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo‘lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan va bug‘larining alangalanish harorati 28 °C gacha bo‘lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o‘xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.
Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri—sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni, hududning shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish tavsiya etiladi. Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yo‘nalishi va kuchi hisobga olinadi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyiroq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda yengil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug‘iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo'lgan uchqunlar yong‘in xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda

49



yengil alangalanuvchi suyuqliklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o‘rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda zavod hududidagi avtomobil harakatlanish yo‘llarini to‘g‘ri ta’mirlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong‘inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir. Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo‘li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo'ljallangan ko‘chaga chiqadigan bo‘lishi kerak.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling