3. hayot faoliyati
Download 1.07 Mb.
|
3-bob
3.2. Favqulodda hodisalar turlari.
Xavf tushunchasi. Korxonalarida va hayot faoliyatining boshqa turli jabhalarida xavfli vaziyatlar bo‘lib turishi muqarrar va buni hech kim va hech qachon inkor etgan emas. Xavf-xatar tahlilining asosiy obyekti bu «Inson — mashina — atrof-muhit (IMA)» tizimini tashkil qiladi bu esa o‘z navbatida ma’lum bir vazifani bajarish uchun texnik obyekt sifatida birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan holda butun bir kompleks shaklida mujassamlanadi. Bunday birlashishning eng sodda turi insonning uy sharoitida uy- ro‘zg‘or ishlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlardan foydalanganda bo‘ladigan qisman muloqotini keltirib o‘tish joiz. Bundan tashqari, bunday sharoitlar unga yo‘l sharoitida va har xil sanoat korxonalari bilan bo‘ladigan bordi-keldi ishlarida ham mujassamlanishi mumkin. Buni hududiy, hududlararo va mamlakat hamda dunyoviy miqyosda ajratish mumkin. Mujassamlashish doimiy va nodoimiy bo‘lishi mumkin. IMA tizimiga kiruvchi obyektlarning nodoimiy mujassamlashish jarayonida favqulodda holat vujudga kelishi mumkin. Favqulodda hodisa — IMA tizimida nisbatan qisqa muddat ichida yuz berishi mumkin bo‘lgan hisobga olinmagan, rejalashtirilmagan noxush va ko‘ngilsiz voqea bo‘lib, butun ish rejasini buzib yuboradi. Baxtsiz hodisa — favqulodda hodisaning inson organizmiga zarar yetkazish bilan tugallangan ko‘rinishidir. To‘xtash-favqulodda hodisaning tizimning ishlash qobiliyatiga putur yetkazishda ifodalanadi. Hodisa — to‘xtashning inson xulqi yoki noto‘g‘ri harakati natijasi deb tushuniladi. Xavf-xatar tahlili yuqorida sanab o‘tilgan xavflarni oldindan ko‘ra bilish va uni kelib chiqishini oldini oladigan chora-tadbirlar belgilash imkoniyatini yaratadi. Xavf-xatar tahlilida asosan muhim bo‘lgan quyidagi savollarga javob topish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qaysi obyektlar xavfli va ularning xavfi nimada? Qanday favqulodda hodisalarni oldini olish mumkin? Qaysi favqulodda hodisalarni to‘liq yo‘qotish mumkin emas va u tez- tez bo‘lib turadimi? Oldi olinmagan favqulodda hodisalar odamlarga, moddiy obyektlarga va atrof-muhitga qanchalik zarar yetkazishi mumkin? Xavf-xatarni tahlil qilish uning xavflilik darajasini aniqlagan holda uni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash bilan yakunlanadi. Bu albatta, birmuncha zaruriy bilimlarni: ehtimollik nazariyasi, statistika tahlili, injenerlik bilimlari bilan birga 53
fikrlash va mushohada qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kishilargina bajarishi mumkin.
Bu operatsiyalar asosida haqiqiy funksiyalar tuziladi va bularni tahlil qilish xavfli holat haqida deyarli aniq axborot olish imkoniyatini yaratadi. Ba’zi hollarda bu o‘zgartirishlarni Karno kartasidan foydalanib ham, amalga oshiriladi. Karno kartasi kvadrat kataklardan tashkil topgan bo‘lib, uning har bittasi 2n n ta o‘zgaruvchining bittasidan tashkil bo‘lgan holatni ifodalaydi. O‘zgaruvchilar ikki tizimli sonlar bilan belgilangan holda kartaning tashqi tomoniga yozib qo‘yiladi: masalan, 1 o‘zgaruvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiymatini belgilasa, 0 qarama-qarshi tomonini belgilaydi. Misol uchun XY=01 va Z=1 qiymatlar kesishgan joy fikran yig‘indining X*Y*Z ga monand bo‘ladi. 54
Karno kartalari odatda quyidagi tartibda to‘lgdiriladi. Fikran hosila sifatidagi funksiyani fikran yig‘indining tarkibiy qismlarga ajratiladi va ularni odatda alfavit tartibda joylashtiriladi va no‘merlanadi. Birinchi fikran yig‘indi tashkil etuvchisini belgilovchi kataklarga 1 qo‘yiladi va fikran yig‘indi ikkinchi tashkil etuvchi kataklar topiladi va ular ichida qo‘yilmagan kataklar uchrasa, ular to‘ldiriladi. Shundan keyin keyingi fikran yig‘indi tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi kataklar topiladi. Shunday qilib, Karno kartasiga hamma fikran yig‘indilar tarkibiy qismlari qo‘yib chiqilgan bo‘ladi. Favqulodda holat va baxtsizlik hollarini quyidagi 3.3-jadvalda berilgan tartibda ifodalanadi.
Keyin umumiy hodisalarning faqatgina tasodifiy hisoblangan holatlarinigina ko‘rib chiqamiz. Katastrofalar, avariyalar, baxtsiz hodisalar favqulodda hodisalar turkumini tashkil qiladi, bularni biz favqulodda katastrofalar, avariyalar, baxtsiz hodisalar, holat baxtsizliklar deb ataymiz. To‘xtab qolishlar va har xil ko‘zda tutilmagan holatlar odatda favqulodda holat—baxtsizliklar oldidan keladigan holatlar bo‘lishi yoki o‘zicha mustaqil holatlar bo‘lishi ham mumkin. Qabul qilingan terminologiyaga asosan avariyalar favqulodda holatning moddiy va tashqi muhitni buzib yuboruvchi sifatida belgilanib, uning hosilasi N*A=K ni tashkil qiladi va bu yerda К katastrofani anglatadi. Favqulodda hodisalarning hammasi buzib yuboruvchi sifatida aniqlanadi. Bunda nima buziladi degan masalani hal qilish kerak bo‘ladi. Masalan, inson organizmining zararlanishi o‘lim bilan tugashi mumkin. Ammo shunday zararlanishlar ham bo‘ladiki, ularning keltirgan zararini baholash imkoniyati deyarli 55
yo‘q (masalan, portlash natijasida ishchiga yumshoq rezina zichlagich kelib tegdi). Hozirgi vaqtda buzilish va zararlanishlarni baholashning zarari va xavflilik darajasini belgilashning imkoniyati yo‘q va uning o‘lchov birliklari ham yo‘q. Ammo tahlil qilish nuqtayi nazaridan har qanday, hattoki zarari yo‘q bo‘lgan zararlanish ham tekshirib chiqilishi kerakligi ta’kidlanadi. Bu terminologiyani tushuntirish uchun yayov ketayotgan odamni misol sifatida ko‘rib o‘tamiz. 1. Yayov ketayotgan odam o‘z yo‘lida tarvuz po‘chog‘ini ko‘rib, uni chetlab o‘tib boshqa kelayotgan odamlar bilan turtilib ketmaslik chora-tadbirlarini ko‘rgan holda, avvalgi tezligida yo‘lida davom etdi. 2. Yayov ketayotgan odam tarvuz po‘chog‘ini bosib oldi va sirg‘anib ketdi hamda o‘z muvozanatini saqlab yiqilmasdan, boshqalarga urilib ketmasdan hech qanday zararsiz yo‘lida davom etdi. 3. Yayov ketayotgan odam qo‘lida kefir butilkasini olib ketayotgan vaqtida tarvuz po‘chog‘ini bosib toyib ketdi va kefir butilkasini tushirib yubordi va u sinib ketdi, o‘zi esa muvozanatini saqlab, o‘ziga hech qanday zarar yetmagan holda yo‘lida davom etdi. 4. Yayov ketayotgan odam tarvuz po‘chog‘ini bosib toyib yiqildi va shisha uning qo‘lini kesib ketdi. 5. Yayov ketayotgan odam tarvuz po‘chog‘ini bosib toyib yiqildi va qo‘li sindi hamda butilkani ham sindirdi. Bizning aniqlashimiz bo‘yicha 1—favqulodda hodisa bo‘lmagan; 2—favqulodda hodisa yuz berdi; 3—avariya; 4—baxtsiz hodisa; 5—katastrofa; 3,4,5-favqulodda hodisa—baxtsizlik. Favqulodda hodisalarning boshqacha sinflanishlari ham mavjud. Masalan, baxtsiz hodisalar turlariga qarab, me’yoriy hujjatlarda favqulodda hodisalarni quyidagicha talqin qilinadi. Odam terisi jarohatlansa buni shikastlanish, kuyish yoki 56
sovuq olish sifatida sinflanadi; organizmning o‘tkir kasallikilari bilan zararlanshi — zaharlanish, issiq urish yoki o‘tkir kasb kasalligi sifatida baholanadi. Organizm zararlanishi o‘lim bilan tugashi ham mumkin. U sinflanish 3.4-jadvalda keltirilgan. Uning fikran formulasini N = T + Z + D sifatida ifodalash mumkin. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling