3. Хizmаt ko’rsаtish fаоliyаti mаzmuni vа mоhiyаti. Хizmаtlаr kаtеgоriyаsini mustаqil nаzаriy kоntcеptciyа sifаtidа shаkllаnishi


Sharq va gʻarb sivilizatsiyalarini tutashtirgan mutafakkirlar


Download 38.46 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi38.46 Kb.
#1050065
1   2
Bog'liq
Якубов Илхом

2.Sharq va gʻarb sivilizatsiyalarini tutashtirgan mutafakkirlar
Sharq va Gʻarb insoniyatning tarixiy taraqqiyotini, sivilizatsiya markazlarini oʻzida ifoda etgan. Bu zaminda odamlar oʻzining aql-zakovati, fidoiy mehnati bilan tarix zarvaraqlariga oltin harflar bilan yozilgan sivilizatsiyalarni yaratgan. Bu yerdan ilm-fan, texnika va texnologiyalar sohasida katta kashfiyotlar qilgan mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning qoʻlga kiritgan yutuqlari bugun butun insoniyatning mulkiga aylangan va ularga xizmat qilib kelmoqda. Bu yutuqlar jamiyatning rivojlanishini yangi yuksak darajaga koʻtarilishida oʻtkazgan taʼsiri bilan ilm-fanda sivilizatsiyalar sifatida eʼtirof etilmoqda.
“Sivilizatsiya” tushunchasiga tadqiqotchilar turli xil taʼrif beradi. Xususan, shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1773-1816) “sivilizatsiya” tushunchasini jahon tarixiy jarayonining maʼlum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatadi. Fransuz maʼrifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat maʼnosida qoʻllagan. Nemis faylasufi O.Shpengler (1880-1936) esa, aksincha, uni madaniyatning antipodi maʼnosida, yaʼni madaniyatning halok boʻlish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) esa oʻziga xos va nisbatan yopiq jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan.
Oʻzbek milliy ensiklopediyasida “sivilizatsiya (lot. civilis – fuqarolikka, davlatga taalluqli) tamaddun: 1) Keng maʼnoda – ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat soʻzining sinonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida ham qoʻllanadi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi deyilgan.
“Sivilizatsiya” tushunchasi XVIII asrda “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan”. Xullas, bu tushunchaga bugungi kungacha turlicha taʼrif berish davom etmoqda. Haqiqatan ham unga mukammal va oxirgi ilmiy taʼrif berish murakkab masala hisoblanadi. Chunki u keng qamrovli boʻlib, insonning faoliyati natijasida vujudga keladigan va ayni paytda uning ishtirokida halokatga uchraydigan nodir taraqqiyot koʻrsatkichidir. Bugun unga ilm-fan, madaniyat, texnika, texnologiyaning zamon va makonda yuksak darajadagi taraqqiyotining koʻrsatkichi sifatida qarash mumkin. Sivilizatsiyalar uzluksiz va har doim kechadigan jarayon emas. Ular tarixiy taraqqiyotning maʼlum bir bosqichida sodir boʻladigan inqirozlarning kuchayishi va ularni bartaraf etishning ehtiyoji oʻlaroq yuzaga keladi.
Sivilizatsiyalar paydo boʻladi va ayni paytda obyektiv, subyektiv omillarning taʼsirida barbod boʻladi. Ular “uzoq mavjud boʻla olmaydi” [2:24]. Chunki ular taraqqiyotning ehtiyojiga javob bera olmaydi. Ammo har bir vujudga kelgan va barbod boʻlgan sivilizatsiyalar izsiz yoʻq boʻlib ketmaydi, balki keyingisi uchun zamin yaratadi. Shu maʼnoda ham ularni oʻrganish va imkoniyatlaridan foydalanish insoniyatning taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Insoniyatning taraqqiyoti davomida yuzaga kelgan sivilizatsiyalarni fanda ikkiga – Sharq va Gʻarbga ajratgan holda oʻrganish anʼanaga aylangan. Ularni bunday ajratish nafaqat hududlarda sodir boʻlgani, shu bilan birga: a) Turli davrda shakllangani; b) mintaqaviy va oʻziga xos milliy xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgani ham nazarda tutilgan. Ammo bunday qarashlar ularning bir-biri bilan butunlay “begonalashgan” yoki qarama-qarshi ekanini bildirmaydi. Chunki: Birinchidan, sivilizatsiya qaysi hududda yoki mamlakatda yaratilishidan qatʼiy nazar butun insoniyatga, ularning taraqqiyotiga xizmat qiladi; ikkinchidan, sivilizatsiya – ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat va maʼrifat sohasidagi katta kashfiyotlar; uchinchidan, sivilizatsiyalar qaysi davrda, qaysi hududda yoki mamlakatda yaratilganidan qatʼiy nazar bir-biri bilan bogʻliq va bir-biridan bahra oladi.
Albatta, sivilizatsiyalar davlatchilik bilan ham bogʻliq. Chunki, ularning shakllanishi uchun zarur moddiy va maʼnaviy sharoitlar davlat va unda olib boriladigan siyosatga bogʻliq boʻladi.
Xususan, qadimgi Sharq va Hindistonda, Xitoy va Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar mustahkam davlatchilik va ularda ilm-fan, madaniyat, maʼrifat va maʼnaviyatning yuksalishiga sharoitning mavjudligi tufayli rivojlangan. Bu davlatlarning hududida miloddan avvalgi IX-VI asrlarda dunyo va jamiyat haqidagi qarashlar turli bilimlarning taʼsirida rivojlangan va sivilizatsiyalar yuzaga kelgan.
Qadimgi sivilizatsiyalar insoniyat falsafiy tafakkurining mahsuli boʻlib, ular hali ilmga asoslanmagan boʻlsa-da, bu davrning rivojlanish darajasida mifologiya va ilk diniy qarashlar (fetishistik tafakkur) ularning shakllanishiga zamin tayyorlagan. Bu davrdagi qarashlar, taʼlimotlar, tabiiy-ilmiy bilimlar astronomiya, matematika kabi fanlarga tayangan. Bu fanlarning rivojlanishi esa davr ehtiyojining ifodasi boʻlgan. Olamda kechayotgan turli oʻzgarishlar va ularning kelib chiqishini aniqlash va insonning tabiat bilan boʻladigan munosabati, undan oʻz hayoti uchun zarur imkoniyatni izlab topishi va ulardan foydalanishga boʻlgan ehtiyojining ortib borishi ana shu tabiiy-ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga va rivojlanishiga sabab boʻlgan.
Miloddan oldingi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda, xususan, qadimgi Xorazm zaminida paydo boʻlgan “Avesto”dagi tabiat, jamiyat va inson haqidagi gʻoyalar nafaqat Oʻrta Osiyoga, balki Gʻarbga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Undagi gʻoyalar afsona va mifologiyaga asoslangan boʻlsa ham, jamiyat va inson haqidagi qarashlarning rivojlanishida oʻziga xos yangi bosqich sifatida namoyon boʻlgan. Bu muqaddas kitobda keltirilgan toʻrt unsur – tuproq, olov, suv va havo toʻgʻrisidagi gʻoya insoniyat falsafiy tafakkurining katta yutugʻi boʻlgan. “Avesto”da yozilishicha ularga ziyon keltirish katta gunoh hisoblangan va bunday insonlar qattiq jazolangan. Chunki, ular butun borliqning asosi deb qaralgan. Tarixiy maʼlumotlarda dunyodagi birinchi faylasuf deb eʼtirof etilgan yunonistonlik Fales (624-547)ning butun borliqning manbai – yer, suv, olov va havodan iborat toʻrtta unsur degan gʻoyasining shakllanishida “Avesto”ning taʼsiri boʻlgani keltiriladi.
Falsafiy tafakkurning mahsuli, dealektikaning “qaymogʻi” boʻlgan, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining ildizi ham “Avesto”ga borib taqaladi. Chunki, unda ham olam nur va zulmat, hayot va oʻlim, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va tobelik singari hodisalarning azaliy va abadiy kurashidan iboratligi haqidagi gʻoya ilgari surilgan. Bu kurash yomonlik xudosi Ahriman bilan yaxshilik xudosi Ahura Mazda “obraz”lari orqali ochib berilgan. Qarama-qarshiliklarda yaxshilik yomonlik ustidan gʻalaba qilgan, buning natijasida insonlar tinch, farovon hayot kechirgan va yangi hayotni qurish yoʻlida birlashib harakat qilgan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ilgari surilgan bu gʻoyalardan koʻrinib turibdiki, ular falsafaning inson va ijtimoiy hayot bilan bogʻliq masalalarini oʻzida ifoda etgan.
“Avesto”ning Gʻarb falsafiy tafakkurining taraqqiyotiga taʼsiri haqida fikr yuritganimizda, Aleksandr Makendonskiyning miloddan avvalgi 324 yilda Oʻrta Osiyoni bosib olib, uni talon taroj qilib, “Avesto”ning ikki qismini yoqib yuborgani va bir qismini ustozi Arastu (Aristotel)ga taqdim etgani va bu mutafakkir uni qunt bilan oʻrgangani haqidagi tarixiy maʼlumotlarni keltirish mumkin.
“Avesto”ning Gʻarb falsafiy tafakkuriga taʼsirini avestoshunos olimlar shartli ravishda uchta tarixiy davrga boʻladi:
1) Qadimgi avestoshunoslik.
2) Oʻrta asrlardagi Sharq avestoshunosligi.
3) Yangi davr.
Qadimgi avestoshunoslik davri deganda “Avesto” bitiklarini qadimgi yunonlar, rimliklar, yahudiylar, suriyaliklar va boshqalar tadqiq etgan va oʻz davrining tafakkuri darajasida “Avesto”dagi qimmatli bilimlar, fikrlar, tajribalarni oʻzlashtirib olinishi tushuniladi.
Avestoshunoslar bu noyob asarning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida koʻplab tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, “Oʻrta asrlardagi Sharq avestoshunosligi arablarning hukmronligiga qarshi oʻz milliy qadriyatlarini himoya qilishi, ularni chuqurroq oʻrganishi, zardushtiylikka intilishning kuchayishi bilan bogʻliq harakat. Bu harakatning markaziy joylari Buxoro, Xorazm, Xuroson boʻlib, Islom qobigʻiga oʻralgan tasavvufning shakllanishiga asos boʻlib xizmat qilgani taʼkidlanadi”. Yaʼni, aytish mumkinki, bu davrda millat hali shakllanmagan bir sharoitda “Avesto” Zardushtiylikka eʼtiqod qilgan mahalliy aholini oʻz ona yurtini bosqinchilardan himoya qilishida yagona kuch qilib birlashtirgan.
“Avesto”ning nafaqat aholini birlashtirishdagi, balki ularning hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarini shakllantirishdagi oʻrni ham beqiyos. Yana ikkita oʻta muhim jihatni alohida taʼkidlash lozim.
Ulardan birinchisi, u oʻz davrining imkoniyati va rivojlanish darajasiga xos qarashlar, tafakkur va gʻoyalar tizimi, odamlarning kundalik hayoti, turmush tarzining ifodasi sifatida namoyon boʻlgan. “Avesto”ning 12 mingta oshlangan qora mol terisiga tilla suvida yozilgan 32 kitobdan iborat nusxasi boʻlgan. U dastlab Xorazm, Soʻgʻd va Baqtriya yozuviga yaqin boʻlgan yunon va parfiya yozuvlarining isloh qilingan imlosida yozilgan. Bu “Avesto”ning yozuvi sifatida madaniyatimiz tarixiga kirgan. Bu davrda madaniyat, maʼrifat taraqqiyotning oʻziga xos yangi bosqichiga koʻtarilgan. Chunki, “Avesto” tufayli yangi yozuvning paydo boʻlib u orqali insonlarning oʻzaro munosabat oʻrnatishi, ularning ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarining taʼminlanishi taraqqiyotda yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Odamlar kundalik hayotida ham “Avesto” yozuvidan foydalangan. U bu jihatdan Sharq xalqlarining, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati va maʼnaviyati taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab bergan muhim manbadir. “Avesto” insonni barcha qadriyatlarning eng ulugʻi ekanini, ezgulik, yaxshilik, mehr-muhabbat, bunyodkorlik, jismoniy, ruhiy va axloqiy poklikni, adolat, goʻzallik va mehnatni ulugʻlashni, tabiat va hayvonot olamiga nisbatan mehrli boʻlishni tarannum etishi jihatidan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun Sharq zaminida yangi bosqichni oʻzida ifoda etgan nodir va muqaddas asardir. “Avesto”ning yozilishigacha boʻlgan qarashlar tarqoq holatda boʻlgan va undagi darajada mukammallikka ega boʻlmagan.
“Avesto”dagi ikkinchi jihat shundaki, unda inson muammosining mukammal qoʻyilgani, taraqqiyotning qarama-qarshiliklardan iborat ekanini ifodalashi (yaʼni, ezgulik Ahuramazda, yovuzlik Ahri Man xudolari orqali ifodalanishi, hayotning yer, olov, suv va havodan iborat toʻrtta asosi haqidagi gʻoyalarning ilgari surilgani) bilan qadimgi dunyo falsafasini yangi bosqichga koʻtargan noyob fundamental asardir. Unda bevosita falsafaning fundamental gʻoyasi, yaʼni jamiyat, uning ijtimoiy tuzilmasi, ijtimoiy hayot, oila, er, xotin, farzandlar oʻrtasidagi munosabat haqidagi qarashlar ilgari surilgan. “Avesto”da turli urf-odatlar va ularning xalq, jamiyat hayotidagi oʻrni, yovuzlikning jamiyat va insonni inqirozga yetaklovchi kuch ekani asoslab berilgan. Chunki, insonning ongli faoliyati boshlanibdiki, yovuzlik u bilan birga yashab, taraqqiyotga toʻgʻanoq boʻlib kelmoqda, undan xalos boʻlish imkoniyati shakllanmay qolmoqda.
“Avesto”dagi ezgulikka kuch bagʻishlovchi, insoniyatning tinch va farovon yashashi uchun zarur boʻladigan gʻoyalarni fundamental tarzda oʻrganishga ehtiyoj oshib bormoqda. Undagi “Ey, Ahura Mazda! Ey goʻzal Apdabihshit! Buni oʻzimizga munosib koʻrdik: Ikki olamda ham eng goʻzal boʻlgan fikr, kalom va olamni tanlaymiz”, gʻoyasi oʻz davri, shuningdek, bugungi kun uchun ham oʻzining mazmun-mohiyati va insonlarni ezgulikka undayotgani bilan qadriyatga aylanib ulgurgan.
Antik davrning buyuk namoyondalari Platon, Yevklid, Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit, Aristotel, Epikur kabi allomalar Zardushtning aʼlimotini oʻrgangan va undan foydalangan. Buni belgiyalik avestoshunos olim Jak Dyushen Giyemen bunday yozgan: “Gʻarb Osiyoning barcha farzandlaridan birinchi boʻlib Zardushtni oʻziga donishmand sifatida eʼtirof etdi. Uning taʼlimoti Iso alayhissalomdan toʻrt asr oldin ham qadimgi Makdoniyani boyitgan edi. Zardushtni hatto Aflotun ham bilgan. Budda va Konfutsiyning ovozi Ovropaga yetib kelgunicha koʻp vaqt talab qilindi. Shuning uchun ham qadimgi yunonlar Zaroastr deb atagan Zardusht qadimgi Sharq donishmandligining yagona timsoli sifatida asrlar mobaynida Gʻarbda saqlanib qolgan” .
“Avesto”ning insoniyatning falsafiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻrnini alohida taʼkidlash lozim. Zero, unda falsafaning eng muhim qonuniyatlari, xususan, qarama-qarshiliklar birligi va oʻzaro kurash (ezgulik xudosi Ahura Mazda, yovuzlik xudosi Ahriman oʻrtasidagi kurash) ifoda etilgan. “Avesto”da hayotning manbai yer, olov, suv va havo ekani gʻoyasining ilgari surilgani Yunoniston va Rim mutafakkirlari falsafiy tafakkurining shakllanishi va rivojlanishiga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazganini ularning oʻzi eʼtirof etgan.
Zardusht va u ilgari surgan gʻoyalarning butun insoniyat tafakkurining taraqqiyotidagi oʻrni haqida fransuz sharqshunos filosofi Lourens Milz bunday yozgan: “Zardusht bizga har bir xijosi andishalar bilan toʻlib-toshgan soʻzlarni yozib qoldirdi. Bu soʻzlar qisqa, loʻnda aytilgani jihatdan tengi yoʻqdir. Uch ming yil burun izhor etilgan bu dasturlar bugun ham bizga najot baxsh etadi. Agar bu dasturlarni koʻrib oʻzimizni koʻrmaslikka olsak, yo ularni yashirsak, bu bizning oqibatsiz va koʻrnamak ekanimizning belgisi boʻlar edi. Agar kishilik tafakkuri bir doston boʻlsa va uning qadr-qimmati borasida soʻz yuritilsa, u holda Avestoni bu dasturning eng yuqori pogʻonasi deb bilmogʻimiz lozim. U maʼnaviyatning eng qadimiy targʻibotchisidir”
Bunday eʼtiroflarni Gʻarbning barcha avestoshunos olimlari bildirgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Ularni alohida fundamental tarzda oʻrganish zarur boʻladi. Bu yerda biz “Avesto” va uning ijodkori Zardusht haqida fikr yuritganimizda asosan ikkita muhim masalani nazarda tutganmiz. Uning birinchisi, “Avesto”ning Sharq xalqlari, xususan, Oʻrta Osiyo xalqlari tafakkuri taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida paydo boʻlgani va bu davrda yuzaga kelgan renessansning debochasi boʻlgani; ikkinchisi, uning Sharq va Gʻarbni bogʻlagan maʼnaviy-gʻoyaviy manba boʻlgani.
Albatta, unda ilgari surilgan gʻoyalarni fundamental tarzda oʻrganish va ularni ajdodlarimizdan qolgan katta maʼnaviy boylik sifatida xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz orasida ommalashtirish olimlarimizning va aholining ziyoli qatlami oldida turgan muhim vazifadir.
IX-XII asrlarda Oʻrta Osiyoda yashab faoliyat koʻrsatgan mutafakkirlarning qoʻlga kiritgan kashfiyotlari ham Sharq va Gʻarb sivilizatsiyasini oʻzaro tutashtirgan. Xususan, Xorazmda tugʻilgan Muhammad al-Xorazmiy (783-850)ning matematika va astronomiya sohasidagi kashfiyotlari, nafaqat sharq va gʻarbni, balki butun dunyo xalqlarini oʻzaro bogʻlagan. “Xorazmiy yashagan va ijod qilgan davr Markaziy va Gʻarbiy Yevropadagi “uygʻonish” davrigacha boʻlgan “qorongʻu tun”ga toʻgʻri keladi. Uygʻonish davriga oʻtish arafasida Yevropadagi birinchi matematiklar Adelard Bot, Rebert Iester, Leonardo de Rize fan olamida koʻrina boshladi. Ularning zimmasiga shu davrgacha qoʻlga kiritilgan matematik asarlarni oʻrganish, ularni egallash va rivojlantirish vazifasi tushdi. XII asr Yevropa matematikasi uchun Xorazmiyning asarlari xazina boʻlib xizmat qildi, mustahkam zamin va ozuqa berdi [8.36 b.]. Bugungi kunda matematika, astronomiya, kibernetikadan tortib, dunyo aholisining 4 milliarddan ortigʻining qoʻlidagi mobil telefonigacha boʻlgan barchasi buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiyning matematika sohasidagi kashfiyoti bilan bogʻliqdir. “Xorazmiyning “Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala” (“Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) asari ham “Arifmetika”si singari juda mashhur boʻlib, u ham XII asrda lotin tiliga bir necha marta tarjima qilingan. Bu tarjimalarning dastlabkisini 1145 yili chesterlik Robert, keyingisini esa Gerardo va siviliyalik Ioann amalga oshirgan” [9.12 b.]. Xorazmiyning “Zij al-Xorazmiy” asari Yevropada XII asrning oʻzida ommalashib ketgan. Uning barcha asarlarining dunyoga tarqalgani umuman insoniyatga xizmat qilgani va bugun ham qilayotgani quvonarli holat. Bu bugungi kunda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarimizda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini uygʻotadi. Ammo, Xorazmiyning asarlari Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanayotgani va davlatimiz aynan ularning oʻzini emas nusxalarini sotib olishga majbur boʻlayotgani achinarli holdir.
Sharq va Gʻarbni ilm, madaniyat, maʼrifat va maʼnaviyat sohasidagi kashfiyotlari bilan tutashtirgan allomalardan yana biri Abu Rayhon Beruniy (973-1048)dir. U qadimiy Xorazmning poytaxti Qiyot shahrida tugʻilib, 150dan baʼzi manbalarda 160dan ortiq asarlar yaratgan. Uning butun insoniyatga qilgan xizmatlarini ikki guruhga ajratib oʻrganish toʻgʻri boʻladi. Chunonchi, uning “Hindiston”, “Minerologiya”, “Geodeziya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Foydali savollar va toʻgʻri javoblar” va boshqa asarlarida qilgan kashfiyotlarini birinchi guruhga kiritib, ularning dunyo fani, madaniyati, maʼrifati va maʼnaviyatining taraqqiyotidagi oʻrnini alohida oʻrganish mumkin. Bu asarlarida u astronomiya, matematika, geologiya, tarix, falsafadagi koʻplab masalalarning yechimlarini kashf qilgan desak xato boʻlmaydi. U oʻz asarlarida islomgacha boʻlgan davrda Sharq xalqlarining urf-odatlari, rasm-rusumlari, bayramlari, vaqtni hisoblashi va taqvim xronologiya toʻgʻrisida fundamental maʼlumotlarni bergan. Beruniyning “Avesto”ni Iskandar uni yoqib yuborgani va bundan koʻzlangan maqsad haqidagi fikrlari xalqimiz va dunyo madaniyati va tarixi uchun muhim manba hisoblanadi.
Beruniyning Sharq va Gʻarbni tutashtirishdagi ikkinchi xizmati uning Xorazm Maʼmun akademiyasini tashkil qilishi va u yerda sharq dunyosining mashhur olimlarini toʻplab ilm-fan, madaniyat va maʼrifatni rivojlantirishda karvonboshilik qilganidir. Uning bu xizmatlari natijasida Markaziy Osiyoda Ikkinchi uygʻonish davri yuzaga keldi. Bu dargohda qoʻlga kiritilgan kashfiyotlar nafaqat Sharq, balki Gʻarb taraqqiyotini ham yangi bosqichga koʻtarilishiga sabab boʻldi. Uning jahon xalqlariga qilgan xizmatlari haqida Fransiyaning sobiq prezidenti, marhum Fransua Mitteran quyidagi fikrlarni aytgan edi: “Gʻarbda “Al-Baron” deb nom olgan Sharqning buyuk mutafakkir olimi Abu Rayhon Beruniyning insoniyat oldidagi xizmati shu qadar buyukki, uning yoniga boshqa bironta millatning vakilini qoʻyib boʻlmaydi. U fanning barcha sohasida birinchi edi. Jahon ilm-fanining tarixini Abu Rayhon Beruniyning ilmiy ishlarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi” [10.33 b].
Haqiqatdan ham Beruniyning fanning barcha sohasida qilgan kashfiyotlari nihoyatda keng qamrovli boʻlib, ularning barchasi oʻz davridan to hozirga qadar fanlar taraqqiyotiga, xalqlarning farovonlikka erishishiga xizmat qilib kelmoqda. Uning bu xizmatlari nafaqat oʻz davri, balki bugungi kunda ham Sharq, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining oʻzaro hamkorlikda rivojlanishiga, intellektual va maʼnan boyishiga xizmat qilib kelmoqda. Dunyo olimlari Abu Rayhon Beruniyning dunyo fani, madaniyati va maʼrifatining rivojlanishiga qoʻshgan buyuk xizmatlarini eʼtirof etib, XI asrni “Beruniy asri” deb nomladi. Beruniy Sharq, xususan, Markaziy Osiyoni Gʻarb bilan tutashtirishda qilgan ulkan xizmatlari evaziga dunyo ilm-fani, madaniyati, maʼrifat va maʼnaviyati tarixida munosib oʻrin egallagan.
Sharq va Gʻarbni oʻzining kashfiyotlari bilan oʻzaro tutashtirgan allomalarimizdan yana biri buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sinodir. U Buxoroda (980-1037 yy.) tugʻilib, oʻzining birgina “Tib qonunlari” asari orqali nafaqat Sharqni, balki ilm-fan va maʼrifat markazlaridan biri boʻlgan Markaziy Osiyoni Gʻarb, qolaversa butun yer yuzi bilan tutashtirgan alloma desak mubolagʻa boʻlmaydi. Tibbiyot nazariyasi va amaliyoti uchun muhim manba boʻlgan bu asar yozilganiga ming yildan ortiq vaqt oʻtganiga qaramasdan butun insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Asardagi turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolashga doir aniq koʻrsatmalardan bugun ham dunyo tibbiyotida foydalanib kelinmoqda.
Ibn Sino Beruniy bilan hamkorlikda Maʼmun akademiyasida samarali mehnat qilgan va uning rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Ibn Sinoning Sharqni Gʻarb bilan tutashtirishdagi oʻrnini Gʻarb olimlari ham eʼtirof etgan. Jumladan, 1501-1576 yillarda yashagan italiyalik faylasuf, matematik va shifokor Djirolamo shunday yozgan: “Mening hamma gʻoyalarim oʻzimga emas, balki Ibn Sinoga taalluqlidir, chunki uning nazariyalari filosofik qarashlarning orasida haqiqatga yaqin yagona gʻoyalardir” [10.34 b.]. Ibn Sinoni Gʻarb olimlari, davlat va jamoat arboblari ham eʼtirof etgani va Gʻarb uning gʻoyalaridan foydalanib koʻp sohalarni rivojlantirgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. U dunyoda birinchi boʻlib, odamlar dardini yengillashtirish yoʻlida hozirgi farmakologiya va tibbiyotga asos solgan mutafakkir. Uning bu sohada amalga oshirgan kashfiyoti XI asrdan buyon dunyo xalqlarining salomatligiga xizmat qilib kelmoqda.
Sharqni Gʻarb bilan tutashtirgan allomalarimizdan yana biri – Abu Nasr Forobiy (873-950 yy.)dir. U “Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitgani va jahonga targʻib qilgani va zamonasining ilmini puxta oʻzlashtirib, fanlarning rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun “Al-Muallim as-soniy” (“ikkinchi muallim”, Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” nomlariga sazovor boʻldi” [11.288 b.]. Forobiy 160dan ortiq asar yozgan. U falsafa, musiqa, meditsina va boshqa fanlar bilan shugʻullangan. Uning ilmlarni tasniflash, “Fozil shahar aholisining fikrlari” va bir qator asarlari nafaqat Sharqda, balki Yevropada ham shuhrat qozongan. Forobiyning mantiq fanini rivojlantirishdagi xizmatlarini jahon faylasuflari eʼtirof etgan.
Forobiyning ilmiy merosini oʻrganish 20 asrning birinchi yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra De Vo Xorten, M.Alonsa, D.M.Donlan, A.Shtekl, T.U.Buur, B.M.Shtrenshteyder, G.Ley, R.Xammondi, R.De Erlanjer, I.Goldsiyer, F.Deteritsi, G.Farmer, N.Rishar va boshqalar [9.202 b.] tomonidan oʻrganilgan. Forobiyning koʻp sohalarda yangiliklar yaratgan alloma ekani oʻz davrida va hozirgi kunda ham Sharq va Gʻarbda eʼtirof etilgan. Forobiy fan, madaniyat, maʼrifat va maʼnaviyat sohasida qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan Sharqni, xususan Markaziy Osiyoni Gʻarb bilan tutashtirishga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan. Buni uning ilmiy merosini Gʻarb va Sharq olimlari bugungi kungacha oʻrganib kelayotgani haqidagi maʼlumotlar ham tasdiqlab turibdi.

3. Xizmatlar sohasining mazmun hamda mohiyatiga to‘xtalsak, xizmatlarning istе'molchisi sifatida ko‘pchilik uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunmaydi. Shuning uchun ―xizmatlar ― o‘zi nima -degan savolga javob topamiz. Adabiyotlarda xizmatlar tushunchasining bir nеchta ta'riflari mavjud: bu foydali harakatlar, ish yoki umuman olganda faoliyat; bu sotish maqsadida ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar; bu jarayon yoki bir qator harakatlar, ya'ni bu harakatlar qiymatni yaratish vositasi bo‘lishi mumkin. Ular qiymat yaratishi mumkin, lеkin ularning o‘zi mustaqil qiymat hisoblanmaydi. Xizmatlar bu istе'molchilarning (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini o‘zgartiradigan yoki tovarlar, xizmatlar yoki moliyaviy aktivlarni ayirboshlashda ko‘maklashadigan ishlab chiqarish faoliyati natijasidir. Xizmatlar sohasi – korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan jamlanma soha hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xizmatlar sohasi tijorat, kasbiy va maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari hisoblanadi. Xizmatlar sohasi moddiy ishlab chiqarishga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, tovarlardan farqli ravishda xizmatlar bir vaqtning o‘zida ishlab chiqariladi va istе'mol qilinadi hamda saqlanmaydi. Ikkinchidan, xizmatlar ko‘pincha mahsulotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi, vaholanki, sanoatda xizmatlarning ahamiyati oshib bormoqda, ya'ni bular uskunalarni ta'mirlash, sotishdan kеyingi xizmat ko‘rsatish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar. Aytish mumkinki, ko‘p hollarda xizmatlar mahsulotning elеmеnti bo‘lgani kabi, mahsulotni sotishda ham xizmat elеmеnti mavjud. Bugungi global iqtiodiyot sharoitida O‘zbekiston o‘zining aniq maqsadlarini belgilab olganligi, ya‘ni ochiq bozor munosabatlariga asoslanib iqtisodiy faoliyat yuritayotgani hech kimga sir emas. Yangi bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni mamlakatimizning o‘ziga xos urf-odatlari, shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va milliy mentalitetidan keelib chiqqan holda ro‘y bermoqda. Bunda jahon amaliyotida to‘plangan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar orttirgan ijobiy tajribalar ham hisobga olinmoqda. Jumladan, xizmatlar sohasining bu jarayondagi o‘rni ahamiyatga molik hisoblanadi. Xizmat bu birinchi navbatda mehnat mahsuli demakdir. Iste‘molchilarning mavjud aniq talablarini qondirish ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‗lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat – bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.Shulardan kelib chiqib, xizmatlar bu iste‘molchilarning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda davlatning ma‘lum bir extiyojini qondirishga tadbirkorlar tomonidan yo‗naltirilgan naf keltiradigan xizmat jarayoni bilan bog‘liq ongli ravishdagi faoliyati degan tushunchani anglatadi6 . Umumаn оlgаndа хizmаtning mоhiyаti quyidаgilаrdа nаmоyon bo‘lаdi:  хizmаt ko‘rsаtish shundаy sоhаki, u bilаn hаmmа to‘qnаsh kеlаdi vа shuning uchun hаm hаmmа o‘zini bu sоhаdа mutахаssis dеb hisоblаydi;  хizmаt ko‘rsаtish hаddаn tаshqаri individul yondаshuvni tаlаb etаdi;  bаjаrilgаn ishning yuqоri sifаtdаligi хizmаt ko‘rsаtish sifаti yuqоriligigа оlib kеlаdi, dеgаni emаs;  аksаriyаt хizmаtlаr hаm mоddiy, hаm nоmоddiy tаvsifgа egа bo‘lib, ulаr birgаlikdа ―хizmаtlаr pаkеti‖ dеb аtаlishi mumkin;  хizmаtlаr mijоz bilаn yаqin аlоqаdа ko‘rsаtilаdi vа u tоmоnidаn хizmаt ko‘rsаtish jаrаyonidа istе‘mоl qilinаdi; 6 Sh.Qobilov, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ Darslik. – T.: Toshkent moliya instituti, 2013. 159-bet. 9  хizmаt ko‘rsаtish sоhаsidа fаоliyаt yuritаyotgаn kоrхоnаni sаmаrаli bоshqаrish uchun mаrkеting vа tеgishli оpеrаtciyаlаrni chuqur bilish, хоdimlаr bilаn ishlаsh qоbiliyаtigа egа bo‘lish kеrаk;  хizmаt ko‘rsаtish jаrаyonini mijоzning sеrvis tаshkilоti bilаn аlоqаlаr kеtmаkеtligi ko‘rinishidа tаsаvvur etish mumkin. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida yalpi ichki mahsuloti tarkibida bevosita ishtirok etadigan sohadir. Xizmat sohasi birinchi galda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bevosita kichik biznes va hususiy tadbirkorlik subyektlariga mos keladi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlarning pirovard maqsadlari, bu eng avvalo, inson uchun munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratishdir. Bu esa, o‘z navbatida, xizmat ko‗rsatish sohasini yanada rivojlantirishni talab qiladi. Xizmatlar sohasining o‘sishiga nima ta'sir ko‘rsatdi? degan savol tug‘iladi. Turli xildagi xizmatlarga bo‘lgan talabning oshishini bir qator omillarning ta'siri bilan izohlash mumkin. Farovonlikning oshib borishi natijasida istе'molchilarning muntazam amalga oshiriladigan, masalan, yig‘ishtirish, tozalash, ovqat tayyorlash va h.k. kabi ishlarini еngillashtirishga bo‘lgan istaklari qulay xizmatlar sanoatining rivojlanishiga olib kеldi. Daromadlarning oshishi va qo‘shimcha bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi dam olish va sport bilan shug‘ullanish kabi bir qator xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirdi. Uy sharoitida yuqori tеxnologik mahsulotlardan (shaxsiy kopyutеrlar, multimеdiyali audio va vidеo uskunalari, xavfsizlik tizimlari) foydalanishning o‘sishi ularni o‘rnatuvchi va tеxnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi. Bozor xizmatlari to‘xtaladigan bo‘lsak, bozorlar va tеxnologiyalarning takomillashtirilishi kompaniyalarning bozor tadqiqotlari, markеting ishlanmalari va tеxnik maslahatlar bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga bo‘lgan ehtiyojlarini kuchaytiradi. Bundan tashqari, doimiy xarajatlarni qisqartirish zaruriyati 10 kompaniyaga maxsus xizmatlarni mustaqil bajarish bilan bo?liq qo‘shimcha xarajatlar qilgandan ko‘ra tayyor xizmatni sotib olishga majbur qiladi. Kompaniyalar bajonidil xizmatlarni sotib olishadi, chunki bu o‘zlarining ishlab chiqarishiga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar kiritilishini oldini oladi va shu bilan moslashuvchanlikni saqlaydi. Va nihoyat, ko‘plab kompaniyalar o‘z faoliyatlarini yuqori darajada ixtisoslashgan sohalarda jamlashga harakat qiladi. Ular yordamchi faoliyat turlaridan xususan, saqlash va tashishdan voz kеchishadi, shu tariqa xizmatlar sohasining kеngayishini ra?batlantiradi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, xizmatlar sohasining o‘sishiga olib kеladi. Xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va ta'sirining oshishi xizmatlarni tasniflash va xizmatlar sohasini tartibga solish darajasini aniqlash maqsadida tadqiqodlar o‘tkazish zarurligini talab qildi. Hozirgi kunda respublika YaIMda, umuman, iqtisodiyotida xizmatlar soxasi yetakchi o‗rin egallaydi. U milliy iqtisodiyot majmuining tarkibiy qismi sifatida qaralib, iqtisodiy munosabatlarning umumiy tizimi tarkibida yotadi. Hozirgi kunda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari asosan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z o‘rnini topayotgani hech kimga sir emas. Xususan, turizm xizmatlari, aholiga yuqori saviyadagi transport xizmatlarini ko‘rsatish (yo‘lovchilarni tashish), uy-xo‘jaliklarga zarur maishiy buyumlarni (mebelllar, qurilish materiallari, iste‘mol tovarlarini) yetkazib berish, kiyimkechaklarni yuvish va ta‘mirlash bo‘yicha va shu kabi ko‘plab xizmatlar ko‘rsatilayotganini sanab o‘tishimiz mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xizmatlar sohasining Respublika iqtisodiyoti uchun ko‘plab naf keltiruvchi tomonlari mavjud: - YaIM tarkibida katta hajmni egallaydi; - moddiy va nomoddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlari sifatida shakllanadi; - aholi turmush darajasini oshishiga xizmat qiladi; - mamlakatda tovar va pul aylanishini tezlashtirishga xizmat qiladi; 11 - mintaqada yangi xizmatlar bozorini shakllantiradi; - aholining ish bilan bandligi darajasini oshiradi; - hududiy infratuzilmaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi; - xizmat ko‘rsatish obyektlari isloh qilinadi; - mamlakatdagi investitsiya ichki va tashqi investitsiya hajmini oshiradi va hokazo.
Download 38.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling