3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi


Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davri tarixini o‘rganishda yozma manbalar asosiy o‘rinni egallaydi


Download 73.42 Kb.
bet3/14
Sana16.06.2023
Hajmi73.42 Kb.
#1504143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davron O\'zb (Автосохраненный)

1.1.Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davri tarixini o‘rganishda yozma manbalar asosiy o‘rinni egallaydi.
Olimlar manbalarning tasnifida ularning mazmuni, davri, muammosiga qarab guruhlashtiradilar. Amirlik tarixiga oid asarlar ko‘p bo‘lgani sababli faqat amirlik tashkil topishidan to qulagunigacha bo‘lgan davr (1756–1920-yillar)da yozilgan manbalarni quyidagi tizimga bo‘lib guruhlashni lozim topdik:
Birinchi guruh; Zamondosh va saroy tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan mahlliy manbalar.
Ikkinchi guruh; Sayohatchi, elchi, savdogar, shuningdek, shu davrda yashagan siyosiy arboblarning esdalik va xotiralari.
Uchinchi guruh ; Arxiv manbalari.
Birinchi guruhga mansub tarixiy manbalar tarixchi olim Muhammad Vafoyi Karminagiy (1685–1769)ning «Tuhfat ul-xoniy» («Xonning tuhfasi») yoki «Tarixi Rahimxoniy» («Muhammad Rahimxon tarixi») nomli asari, Muhammad Ya’qubning «Gulshan ul-muluk» («Podshohlar gulshani») asari, muallifi aniq bo’lmagan «Tarixi Amir Haydar» («Amir Haydar tarixi») asari, Muhammad Mirolim Buxoriyning«Fathnomayi sultoniy» («Sulton fathnomasi») asari. Mirzo Shams Buxoriy fors-tojik tilida «Bayoni baʼzi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar» («Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning ayrim voqea-hodisalari bayoni») kitobi, Ahmad Donishning «Mang‘it xonadoni tarixining maxtasar tarixi risolasi» asari kabi noyob va bebaho qo’lyozmalar mavjud ular mang’itlar davriga oid juda muhim ma’lumotlarni beradi2.Ulardan ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.
Muhammad Ya’qubning «Gulshan ul-muluk» («Podshohlar gulshani») asari ham mang‘itlar sulolasining dastlabki davri bo‘yicha muhim manbadir. Asar muallifi Doniyolbiy (1758–1785)ning o‘n ikkinchi o‘g‘li Muhammad Ya’qub (boshqa bir ismi Kenja Alibek) bo‘lib, uning tug‘ilgan yili va vafoti ma’lum emas (ayrim taxminlarga ko‘ra: 1771–1831-yillar). Uning «Gulshan ul-muluk» asari fors tilida yozilgan bo‘lib, Sharq tarixining islomning dastlabki yillaridan to amir Nasrullogacha (1827–1860), aniqrog‘i, 1831-yilgacha bo‘lgan davrini o‘zida aks ettiradi. Asarda shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar davriga mos ravishda boblar qo‘shilgan. Asosiy e’tibor mang‘itlar davrini yoritishga bag‘ishlangan. Tarixchi-manbashunos olim O‘.Sultonovning yozishicha, «Gulshan ul-muluk» asarining ikki tahriri ma’lum bo‘lib, birida amir Haydar hukmdor ekanligi muqaddimada keltirilgan. Ikkinchi tahrirda esa Buxoro hukmdori sifatida – amir Nasrullo tilga olinadi. Asarda Buxoroning mang‘it hukmdorlarining kelib chiqishi, ajdodlari, mang‘itlarning hokimiyatga kelishi bilan bog‘liq boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar, shuningdek, Buxoro amirlaridan Doniyolbiy, Shohmurod, Haydar va Nasrullo davridagi siyosiy voqealar muallifning ko‘rganlari asosida yozilgan. Mazkur asar ham hali o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan.
Buxoro amirligi tarixiga oid yana bir asar «Tarixi Amir Haydar» («Amir Haydar tarixi») bo‘lib, u XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o‘tgan buxorolik olimlar asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib kelgan bo‘lib, qo‘lyozma O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. «Tarixi Amir Haydar» kichik hajmdagi asar bo‘lib, jami 96 varaqdan iborat. Asar Buxoro xonligining ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Amir Haydar hukmronligi (1800–1826) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixni o‘z ichiga oladi. U 81 bob yoki dostondan iborat. 7–81-boblarda Buxoroning amir Haydar tug‘ilishidan to uning 1826-yil 6-oktabrda vafot etgunigacha bo‘lgan tarixi hikoya qilinadi. Kitob XX asrning 50-yillarida sharqshunos Aleksandr Semyonov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.
Mu’inning «Zikri te’dodi podshohoni o‘zbak» asari ham mang‘itlar davri tarixi bo‘yicha muhim manba hisoblanadi. Mazkur asar XIX asrning o‘rtalarida fors tilida yozilgan bo‘lib, uning muallifi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Asar o‘zida Muhammad Shayboniyxondan (1501– 1510) amir Nasrullogacha (1827–1860) bo‘lgan davrlardagi Movarounnahr va qisman Xurosonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni aks ettiradi. Unda shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar sulolasiga mansub hukmdorlar davridagi siyosiy voqealar hamda harbiy harakatlar qisqa bayon etilgan.
Manbashunos olim O‘ktam Sultonovning ma’lumot berishicha, asar ilmiy doiraga ilk bor Ahror Muxtorov tomonidan olib kirilgan. 1960-yilda uning Tojikistonda saqlanayotgan qo‘lyozmasining ilmiy tavsifi e’lon qilindi. Shundan so‘ng asardagi ayrim ma’lumotlardan foydalanib kelindi. Tadqiqotchi Juldiz Tulibayeva asardagi Qozog‘iston tarixiga oid ma’lumotlarni o‘rgangan va Toshkentdagi qo‘lyozmasi asosida 1709– 1826-yillar voqealarining qisqa tarjimasini e’lon qilgan. Hozirda «Zikri te’dodi podshohoni o‘zbak» asarining uchta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Asar hali o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan.3

Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling